7. Nominal yalpi ichki mahsulot qanday aniqlanadi? a) eksport narxlarida;
b) joriy yil bozor narxlarida;
c) o‘zgarmas narxlarda;
d) o‘tgan davr narxlarida;
e) jahon narxlarida.
8. Makroiqtisodiyot qaysi darajadagi iqtisodiyot? a) yaxlit milliy iqtisodiyot;
b) iqtisodiyotning davlat sektori;
c) iqtisodiyotning kooperativ sektori;
d) iqtisodiyotning xususiy sektori;
e) milliy va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyot.
9. Milliy iqtisodiyot tarmoq tuzilishining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil nima? a) fan-texnika taraqqiyoti;
b) mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
c) iqtisodiy integratsiya;
d) mehnat korporatsiyasi;
e) mehnat unumdorligining o‘sishi.
10. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida nimalar tahlil qilinadi? a) milliy ishlab chiqarish hajmi hisoblanadi;
b) milliy iqtisodiyot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlanadi;
c) yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari hisoblanadi;
d) milliy iqtisodiyotdagi muvozanat va bandlikka baho beriladi;
e) yuqoridagilarning barchasi tahlil qilinadi.
11. Bozor xo‘jaligi subyektlari bu – … a) ishlab chiqarish korxonalari;
b) uy xo‘jaliklari;
c) davlat tashkilot va muassasalari;
d) chet ellik jismoniy va yuridik shaxslar;
e) yuqoridagilarning barchasi.
12. Milliy ishlab chiqarishning umumiy natijasi qaysi ko‘rsatkichda to‘laroq ifodalanadi? a) turli tarmoqlar mahsuloti;
b) yalpi milliy mahsulot;
c) shaxsiy daromad ;
d) sof milliy mahsulot;
e) milliy daromad.
13. Yalpi milliy mahsulot tushunchasi bu – … a) yil davomida ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan barcha mahsulotlar qiymati;
b) yangidan vujudga keltirilgan qiymat;
c) oraliq mahsulotlar qiymati;
d) bir yil davomida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmi;
e) investitsion va iste’mol tovarlari qiymati.