Jahon iqtisodiyotning globallashuv muammolari va ularning guruhlanishi Mundarija Kirish 1. Jahon iqtisodiyotida global muammolarning paydo bо‘lishi 2. Global о‘zaro bog‘liqlik jarayonining ziddiyatlari 3. Global energetik muammo va uni hal etish yо‘llari 4. Moliyaviy va iqtisodiy inqirozlar 5. Antiglobalizm fenomeni Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish Ma’lumki, mamlakatlararo iqtisodiy bog‘liqlikning kuchayishi, tashqi iqtisodiy aloqalarning milliy iqtisodiyotlarga ta’sirining ortishi, katta-kichik davlatlarning xalqaro munosabatlardagi ishtirokining faollashuvi xо‘jalik faoliyatining baynalminallashuvidir. Iqtisodiyot baynalminallashuvining dastlabki bosqichi xalqaro iqtisodiy hamkorlik hisoblanadi. Baynalminallashuvning keyingi bosqichi “xalqaro iqtisodiy integratsiya” bilan izohlanadi. Bu davr xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, kapital harakati jо‘shqinligining kuchayishi, ilmiy-texnik rivojlanish umumbashariy xarakterga ega bо‘lganligi, milliy iqtisodiyotning ochiqligi va erkin savdo darajasi ortishi bilan izohlanadi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi deb, turli mintaqa, mamlakat tarmoq va sohalarda kechayotgan jarayonlarning bir-biriga bog‘liqlik darajasining kuchayishi tufayli bosqichma-bosqich jahon xо‘jaligining yagona tovar, xizmatlar, kapital, ish kuchi, ma’lumot va bilimlar bozoriga aylanib borayotganligini tushunamiz.
Texnologiyalar bilan ta’minlanganligi nuqtai nazaridan, mamlakatlar orasidagi farq oshib borayotganligi sababli jahon iqtisodiy muhiti xilma-xilligicha qolmoqda.
Globallashuvning zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi asosiy ziddiyatli jihati belgisi integratsiya va avtonomizatsiya jarayonlarning uyg‘unlashuvidir
Globallashuv jarayonlari inson salohiyatini oshirishda ham qulay sharoitlar yaratib bermoqda. U izlanish va tadqiqotlar, ta’lim va tajriba sohasida xalqaro malaka oshirish, qо‘shma loyihalar va xorijda tajriba almashinishning jadallashuvi natijasida о‘zini milliy iqtisodiyotning muhim innovatsion omili sifatida namoyish etmoqda. Bozor ishtirokchilari kо‘pchilik mamlakatlarda tarqalgan biznes yuritish tamoyillarini qayta shakllantirmoqdalar. Ular faoliyat maydonida gо‘yoki о‘zlarining tashkiliy va texnik tо‘rlarini yoyib tashlamoqdalar. Oxirgi ellik yil davomida bir necha rivojlanish bosqichlarini, ya’ni avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, biologizatsiya kabilarni boshidan kechirgan ilmiy-texnikaviy inqilob global jahon bozorida tamomila yangi segmentning - axborotlar va texnologiyalar bozorining paydo bо‘lishiga olib keldi.