1. Jahon iqtisodiyotida global muammolarning paydo bо‘lishi Global о‘zaro bog‘liqlik jarayonining ziddiyatlari



Yüklə 57,46 Kb.
səhifə4/12
tarix29.11.2023
ölçüsü57,46 Kb.
#169732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Документ Microsoft Word (2)

Demografik muammo. Ma’lumki, jahon iqtisodiyotida demografik muammolarning mavjudligiga birinchi bо‘lib XVIII asrning oxirida ilk bor ingliz olimi T.R.Maltus о‘z e’tiborini qaratgan edi. Bu muammoning mazmuni va mohiyati shundaki, oziq-ovqat mahsulotlari va insonlar hayoti uchun zarur bо‘lgan boshqa moddiy noz-ne’matlar ishlab chiqarishga nisbatan aholi sonining nazorat qilib bо‘lmaydigan darajada oshib borishidan iboratdir. Mutaxassislarning bashorat qilishicha, 2020 yilga borib jahon aholisi soni 8 milliard kishiga yetib, uning 80 foizi Osiyo, Afrika hamda Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlarida yashaydi. Kо‘z oldimizda yuz berayotgan bunday «demografik portlashlar» keyinchalik tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarishni va insonlarni xо‘jalik faoliyatidagi muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu esa о‘z navbatida jahonning kо‘plab mamlakatlarida rо‘y berayotgan kambag‘allikni yengish, ochlikni kamaytirish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasidagi bir qator muammolarni yanada chuqurlashtirib yuborishi mumkin. BMT va hududiy tashkilotlar demografik xavfga yetarlicha ahamiyat berib kelmoqda, ya’ni oilani rejalashtirish dasturlarini, aholi migratsiyasi va rivojlanayotgan mamlakatlarda urbanizatsiya (Urbanizа́siya (ot lat. urbanus — gorodskoy) — protsess povisheniya roli gorodov, gorodskoy kulturi i «gorodskix otnosheniy» v razvitii obshestva, uvelicheniye chislennosti gorodskogo naseleniY...) jarayonlarini moliyalashni amalga oshirmoqda. Yuqorida qayd etilgan barcha global muammolarni hal etish uchun jahon ekspertlari iqtisodiy tizimni qayta qurishni amalga oshirishni tavsiya etishmoqda. Buning uchun asosan uch yо‘nalishda (sayyoramiz aholisi sonini barqarorlashtirish, energiya olishning muqobil manbalariga о‘tish, utilizatsiyaga bо‘ysunuvchi sanoat materiallaridan keng foydalanish) harakat qilish zarurligini kо‘rsatishmoqda.

2. Global о‘zaro bog‘liqlik jarayonining ziddiyatlari
Globallashuv kо‘pchilik mamlakatlar tomonidan ularning milliy manfaatlariga tahdid sifatida qabul qilinmoqda. О‘zbekiston ham globallashuv natijasida ochilayotgan imkoniyatlar bilan bir qatorda jiddiy xavf-xatarlarga duch kelmoqda.
Sо‘nggi yillarda turli davlatlarning iqtisodiy globallashuvga moslashuvida turli muammolar vujudga kelmoqda. Bu muammo rivojlanayotgan mamlakatlarning, shu jumladan о‘tish iqtisodiyotga ega mamlakatlarning jahon xо‘jaligi tizimiga tо‘liq integratsiyasida namoyon bо‘lmoqda.
Globallashuv borgan sari о‘z faoliyatini kengaytirayotgan va mustaqil xarakterga ega bо‘layotgan moliyaviy bozorlarning rivojlanishi bilan bog‘liq bо‘lib bormoqda. Globallashuv farovonlik keltirish bilan birgalikda kо‘p imkoniyatlardan maxrum ham etishi mumkin.
Globallashuv jarayonidan ancha uzoq bо‘lgan yer kurrasining yarim aholisi, ya’ni 3 milliard kishi, kuniga 2 AQSH dollaridan kam pulga yashashga majbur. BMTning sobiq Bosh kotibi Kofi Annan ta’kidlaganidek, "Globallashuv butun insoniyatga foyda keltirishi mumkinligiga men ishonaman. Ammo kо‘rinib turibdiki, ayni kunlarda millionlab odamlar, balki, insoniyatning kо‘pchilik qismi bundan yuz о‘girmoqda. Ular hayotlarida globallashuv mevalarining kо‘pligi tufayli emas, balki ozligi yoki butunlay yо‘qligi tufayli kambag‘aldirlar" .
Hozirda tabiiy ravishda faqat bir mamlakat miqyosida hal qilib bо‘lmaydigan va samarali hal qilinishi lozim bо‘lgan bir qator muammolar vujudga keldi. Mintaqaviy darajadagi texnogen va ekologik salbiy oqibatlarga Chernobil va Orol fojiasini kо‘rsatish mumkin.
Texnika va texnologiyaning rivojlanishi va shu jarayonga moslashmaganligi tufayli ishchilarning bо‘shatilishi va ishsizlikning о‘sishi, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda keskin tus olmoqda. Kambag‘allik, etnik tо‘qnashuvlar va boshqa lokal fojialar tufayli aholining ommaviy ravishda migratsiyasi rо‘y bermoqda (Afg‘oniston, Osiyo va Afrikaning alohida mamlakatlari).
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi natijasida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tashqi ta’sir omillari iqtisodiy sohada yoki makrodarajadagi xavflarni yuzaga keltirmoqda.
Tashqi iqtisodiy omillar keltirib chiqarishi mumkin bо‘lgan xavflardan biri mamlakatning tashqi qarzlari paydo bо‘lishi va uning kuchayishidir. Ma’lumki, tashqi qarzlarning salmog‘i mamlakat YAIMning 1/2 qismidan ortishi xavfli hisoblanadi. Qarzni meyoridan ortishi esa, kelajakda nafaqat mazkur qarzni qaytarishda qiyinchilik tug‘diradi, balki investitsiya qilish va iqtisodiy о‘sish imkoniyatlarining qisqarishi, valyuta zahiralarining kamayib ketishi va tо‘lov balansi inqirozi kabi hodisalarga sababchi bо‘ladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlar, ayniqsa, AQSH davlat tashqi qarzi miqdorining о‘sib borganligi va uni YAIMga nisbatan salmog‘i о‘sganligi 2008 yildagi moliyaviy inqirozni kuchayishining asosiy omillaridan biri bо‘ldi. Keyingi 4 yil mobaynida xususan, AQSH va ayrim MDH davlatlari (Qirg‘izistondan tashqari) tashqi qarzlarining YAIMga nisbatan salmog‘i ortib borgan. Xususan, 2008 yilda AQSH tashqi qarzlarining YAIMga nisbatan salmog‘i qariyb 90% ni tashkil qilgan. Bu kо‘rsatkich Rossiyada 37% ni, Qozog‘istonda 102% ni, Ukrainada 64% ni tashkil etgan. Qirg‘izistonda esa keyingi 3 yil mobaynida pasayish tendensiyasi kuzatilib, 2008 yilda 81% ni tashkil qilgan.
Axborot texnologiyalari va global moliya bozorlarining taraqqiy etishi kapitalning qisqa muddatda yer sharining turli joylarida joylashgan bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga о‘tib ketishiga sabab bо‘lmoqda. Bu kabi jarayonlar ham keskin iqtisodiy vaziyatga, qolaversa inqirozga ham olib kelishi mumkin.
Ma’lumki, portfelli investitsiyalar va qisqa muddatli kreditlar yuqori mobillik darajasiga ega. Doimiy makroiqtisodiy barqarorlik sharoitida bu kabi qо‘yilmalarning xorijdan kо‘p miqdorda kirib kelishi о‘ziga xos tavakkalchilik tug‘diradi. Bunday vaziyatda makroiqtisodiy mutanosiblikning ichki siyosatga bog‘liq bо‘lmagan о‘zgarishi turli salbiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi moliyaviy inqirozga olib keladi.
Shuningdek, globallashuvning xavflaridan biri bu real turmush darajasining pasayishidir. Globallashuv jarayonida boy va kambag‘al davlatlar о‘rtasidagi farq tobora kuchaymoqda. Jahonning boy bо‘lgan 1/5 qismi va uning kambag‘al bо‘lgan 1/5 qismi daromadlaridagi farq 1913-yillarda 11/1, 1960 yillarda 30/1 va 1997 yillarda 74/1 ga teng bо‘lgan.
Rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzining YAIMdagi ulushi 1997 yillarda Afrikaning Sahroi Kabirdan pastki qismida 108 foiz, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada - 46 foiz, Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasida - 33 foiz, Shimoliy va Janubiy Amerikada - 34 foizga teng bо‘lgan.
Globallashuvni salbiy jihatlarini bilishning ortishi sо‘nggi yillarda uning salbiy tomonlarini yо‘qotish yoki yumshatish borasidagi turli xil takliflar bilan bog‘liq bо‘lib kelmoqda. Globallashuvning xavf-xatarlari oldini olish borasidagi jahon hamjamiyatining harakatlari quyidagilarda namoyon bо‘lmoqda:
• rivojlangan mamlakatlarda axborot-texnologiya inqilobiga asoslangan «yangi iqtisodiyot» haqidagi tezisning vujudga kelishi;
• 1999 yil Florensiyadagi Konferensiyada Amerika va Yevropaning rivojlangan mamlakatlari hukumat boshliqlari va vakillari tomonidan taklif etilgan «uchinchi yо‘l» konsepsiyasi va «inson kapitaliga investitsiyalar» asosida jamiyat, davlat va bozorlar о‘rtasidagi samarali balansini kо‘rib chiqilishi;
• «tо‘g‘ri boshqarish» («good governance»), «qonun ustuvorligi» («rule of law»), iqtisodiy islohotlar, transparentlik (shaffoflik), demokratik saylovlar, inson huquqlarini himoya qilish, ekologik standartlarni nazorat qilish va boshqa shu kabilarni amalga oshirishni rivojlanayotgan mamlakatlardan talab qilish hisobiga «katta sakkizlik», XVF, Jahon banki ularga moliyaviy va boshqa turdagi yordamlarni berish taklifi, ya’ni «rivojlanish» muammosi; globallashuvning salbiy taraflarini va uning insonlarga ta’sirini kamaytirish.
Jahonning turli nuqtalarida hamon davom etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar saqlanib qolayotgani, davlatlararo, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasida ta’kidlanganidek, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar о‘limi, epidemiyalar va insoniyatning boshqa muammolariga qarshi kurash borasidagi eng jiddiy tо‘siqlar bо‘lib qolmoqda. 
Bu muammolarni hal etishda 2000 yilda bо‘lib о‘tgan BMTning Mingyillik Sammitida “Mingyillik Deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur muhim tarixiy xujjat XXI asrga mо‘ljallangan Global kun tartibini belgilab berdi hamda Mingyillik rivojlanish maqsadlari (MRM) sifatida ma’lum bо‘lgan sakkizta aniq maqsadga erishishga qaratilgan vazifalarni qо‘ydi:
1-maqsad - О‘ta qashshoqlikka va ochlikka barham berish;
2-maqsad - Umumiy boshlang‘ich ta’limga erishish;
3-maqsad - Ayollar va erkaklar tengligini rag‘batlantirish va ayollarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish;
4-maqsad - Bolalar о‘limini qisqartirish;
5-maqsad - Onalar salomatligini yaxshilash;
6-maqsad - OIV/OITSga, bezgak va boshqa kasalliklarga qarshi kurash;
7-maqsad - Ekologik barqarorlikni ta’minlash;
8-maqsad - Rivojlanish maqsadida global hamkorlikni shakllantirish;
MRM jahon hamjamiyatining 2015 yilgacha bо‘lgan davr uchun global loyiha bо‘lib, u jahondagi barcha mamlakatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Shunday qilib, yuqorida kо‘rsatilgan muammolarni barcha mamlakatlar va ularning guruhlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, turli xil jamiyatlar, siyosiy kuchlar va harakatlar ishtiroki orqali tahlil qilish va hal etish dolzarb masala bо‘lib qolmoqda.


Yüklə 57,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin