Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
1
Bismillahir rohmanir rohiym 
QUR’ONI KARIM 
Ma’nolari tarjimasi 
Tarjimon va izohlar muallifi: 
Abdulaziz Mansur 
TARJIMA HAQIDA 
Ma'lumki, Qur'oni karim Alloh taolo tomonidan Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga 23 yil mobaynida 
sura, oyat tarzida elchi farishta –Jabroil alayhissalom orqali ilohiy vahiy sifatida, arab tilida, og'zaki nozil 
qilingan. Islom dini ta'limotining asosiy manbalari (Qur'on, Sunnat, Ijmo', Qiyos)ning birinchisi sanalmish bu 
Kalomi sharifning til va bayon jihatidan ilohiy mo''jizaligi ham uni arab tilida o'qib, fikr yuritgandagina 
namoyon bo'ladi. Boshqa har qanday tilga o'girilganda Qur'on tiliga xos xususiyatlar, nazmiy uslub, maftunkor 
ohang va ruhiy ta'sir o'z kuchini yo'qotadi. Tarjimon har qancha mahoratli, tajribali lug'atga boy bo'lmasin, 
oyatlarning arabcha holidagi mazmunini boshqa tilda mukammal ifoda eta olmaydi. Bu inkor etib bo'lmas 
haqiqat.
Arab tilida o'qib anglash esa, hammaning ham imkon darajasida emas. Hatto arablarning o'zlari ham Qur'on 
oyatlarini to'la tushuna olmasliklarini tan oladilar. Ulug' sahobalar ham ko'pdan-ko'p oyatlar mazmunida 
bahslashib, bir yechimga kelisha olmay, Rosul alayhissalomning o'zlaridan so'rab, aniqlab olganlari to'g'risida 
sahih hadislar mavjud.
Qur'oni karimni boshqa tillarga tarjima qilish harakati ancha qadimdan boshlangan. Ayniqsa, arab bo'lmagan 
halqlarning islomga kirishlari bu harakatga asosiy sabab bo'lgan. Garchi islom ulamolari oyatlarni har qanday 
tilda sharhlab tafsir qilishga ruxsat bersalar-da, biroq so'zma-so'z tarjima qilib yozishga mutloqo izn 
bermaganlar, zero tarjimani yozib qo'yishlik bilan Qur'on mazmuni shundangina iborat degan iddao bo'ladi, deb 
uning mas'uliyatidan qo'rqqanlar. Shuning uchun ajdodlarimiz merosida o'zbekcha tafsirlar ko'p. Ammo sof ona 
tilimizdagi tarjimalarni deyarli uchratmaymiz.
Keyingi asrlarda Qur'oni karim jahon xalqlarining ko'pgina tillariga tarjima qilindi. Shuningdek, o'zbek tilida 
ham bir qancha tarjimalar paydo bo'ldi. Endilikda bu jarayon yanada kuchayib borishi tabiiy. Bas, shunday 
ekan, bu sohada kundan-kunga taraqqiyot sari intilish maqsadga muvofiqdir. Avvalgi tarjimalarda uchragan 
tarjimalarda uchragan kamchiliklarni takrorlamagan holda, tobora sifatli tarjima va tafsirlarni ta'lif etish yangi 
ulamolarining sharafli vazifalaridandir.
Binobarin, shu jarayonni davom ettirishdek mas'uliyatni zimmamizga olar ekanmiz, bunda mutlaqo xato 
nuqsonlar yo'q, degan fikrdan yiroqmiz. Beayb-Parvardigor.
Yangi tarjimaning o'ziga hos hususiyatlari asosan quyidagilardan iborat: 
1. Tarjima hanafiylik mazhabiga muvofiq holda tayyorlandi. Boshqa mazhablar bilan qiyosiy tafsirlar izohda 
ko'rsatib borildi.
2. Oyatlar mazmunini imkoni boricha so'zma-so'z ifodalashga harakat qilindi. Qo'shimcha, yordamchi so'z va 
iboralar qavs ichida berildi.


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin