Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


O'lik ekaningizda sizni tiriltirgan, so'ng sizga (yana) o'lim beradigan, keyin sizni tiriltirgach, siz



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

28. O'lik ekaningizda sizni tiriltirgan, so'ng sizga (yana) o'lim beradigan, keyin sizni tiriltirgach, siz 
huzuriga qaytariladigan Allohni qanday inkor etasiz?!
 
29. U shunday zotki, sizlar uchun Yerdagi barcha narsalarni yaratdi. So'ngra samo sari "turdi-da," uni 
yetti osmondan iborat qilib qo'ydi. U barcha narsani biluvchi (dono)dir.  
30. Eslang, (ey, Muhammad,) Rabbingiz farishtalarga: "Men Yerda xalifa (Odam) yaratmoqchiman", - 
deganida, (ular) aytdilar: "Unda (Yerda) buzg'unchilik qiladigan, (nohaq ravishda) qonlar to'kadigan 
kimsani yaratmoqchimisan? Holbuki, biz Senga hamding bilan tasbehlar aytamiz va Seni muqaddas deb 
bilamiz. (Alloh) aytdi: "Men sizlar bilmagan narsani bilaman".  
Izoh: Odamzot yaratilsa, u yer yuzida buzg'unchilik ishlarini qilishini farishtalar qayerdan bilishdi, degan 
tabiiy savolga "Madorik" tafsirida shunday javob qilinadi: ularga Odam haqida Alloh taoloning o'zi xabar 
berib, uning sifatlarini ham bayon qilgan yoki "Lavhul-mahfuz" dan o'qib, bilib olganlar yoxud odamzotni ham 
jinlarga taqqoslashgan, zero, Odam Ato yaratilishidan ilgari jinlar yaratilganda, ular itoatsizlik bilan 
ko'pyovuz ishlarni qilgan ekanlar. Farishtalar insni jinga taqqoslab, mazkur e'tirozni bildirganlar.  
31. (Alloh) Odam (Ato)ga barcha nomlarni o'rgatdi. So'ng ularni farishtalarga (birma-bir) ko'rsatib 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
7
dedi: "Agar rostgo'y bo'lsangiz, ana u narsalarni nomlari bilan Menga aytib beringiz!"
 
32. (Ular) dedilar: "Zoti poking haqqi, bizda O'zing bildirganingdan o'zga ilm yo'qdir. Albatta, Sen ilm 
va hikmat egasidirsan".
 
33. (Alloh) aytdi: "Ey, Odam, ularga nomlari bilan aytib ber". Ularga nomlari bilan aytib berganida, (U) 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin