Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
5
bilmaydilar.
Izoh:
Bilol, Suhayb kabi qullar va boshqa ba'zi bechorahol kishilar imon keltirganlarida, munofiqlar ularga
haqorat nazari bilan boqib, ularning safiga qo'shilishdan or qilganlar.
14. Imon keltirgan kishilarga duch kelib qolganlarida: "Biz ham imon keltirdik", - deydilar. O'z
shaytonlari (boshliqlari) bilan xoli qolganlarida esa: "Biz, albatta, sizlar bilan birgamiz, faqat biz
(mo'minlarni) mazax qiluvchilarmiz, xolos", - deydilar.
15. Alloh ularni "mazax qiladi" va ularning shu (haddan oshgan) tug'yonlarida adashib yurishlariga
qo'yib beradi.
Izoh:
Allohning "mazax qilishi" ularning qilmishlariga yarasha jazo berishidir. Tug'yon holatlarida davom
etishlari esa berilajak jazoning ortishiga sabab bo'ladi. Alloh ularni shu holatda davom ettirishi ularning
zararigadir.
16. Hidoyat (to'g'ri yo'l) o'rniga zalolat (noto'g'ri yo'l)ni sotib olganlar o'shalardir, (lekin) bu savdolari
foyda qilmadi va haq yo'lga yuruvchi ham bo'lmadilar.
17. Ular bamisoli bir olov yoqqan kimsa (yo'lovchi)ga o'xshaydilar: olov uning atrofini yoritganida,
Alloh (bexos) nurlarini ketkazib, ularni zulmatlar ichra (hech narsani) ko'rolmaydigan holda qoldirgani
kabidir.
18. (Ular) kar, soqov va ko'rdirlar. Bas, ular zinhor (hidoyatga) qaytmagaylar.
Izoh:
Ularning karligi - haq gaplarni tinglamasliklari, soqovliklari - haq gapni gapirmasliklari, ko'rliklari esa
haq narsani ko'rib, tasdiq etmasliklaridir.
19. Yoki (yana bir o'xshatish) osmondan jala keltiruvchi bulut kabiki, unda zulmat, momaqaldiroq va
Dostları ilə paylaş: