Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

3. (U) mehribon, rahmli 
 
4. va jazo kuni (qiyomat)ning egasidir.
 
5. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so'raymiz! 
 
6. Bizni shunday to'g'ri yo'lga boshlaginki,
 
7. (u) Sen in'om (hidoyat) etganlarning yo'lidir  
Izoh: Alloh in'om etgan kishilar - payg'ambar, siddiq va shahidlardir.  
g'azabga uchragan va adashganlarning emas! 
Izoh: Allohning g'azabiga uchraganlar - Muso qavmining itoatsizlaridir (Baqara surasi, 61-oyatga qaralsin). 
Adashganlar esa - Iso qavmining, "Allohning farzandi bor" deydiganlaridir.  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
4
BAQARA SURASI 
Baqara sigir demakdir. Surada Muso alayhissalom qavmi orasida noma'lum shaxs tomonidan bir kishi 
o'ldirilganda, Alloh taolo bir sigir so'yib, uning bir bo'lagi bilan o'likni ursinlar, deb buyuradi. Shu buyruqni 
bajarishganda murda tirilib, o'z qotili kimligini aytib beradi. Shu sababli sura sigir nomi bilan atalgan. Bu 
Qur'ondagi eng yirik sura bo'lib, unda e'tiqod (Islom mafkurasi), ibodat, muomala, axloq, nikoh, taloq va idda 
kabi masalalar bayoni bilan bir qatorda Muso alayhissalom, Fir'avn va Isroil avlodi o'rtasidagi mojarolar o'z 
aksini topgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  
1. Alif, Lom, Mim.  
Izoh: Alif, Lom, Mim. Qur'onda 27 ta sura shu kabi hijo (alifbo) harflari bilan boshlanadi. Ularni "Hurufi 
muqattaot", ya'ni, tarkibdan ajratilgan harflar deb ataladi. Bu harflarning mazmuni yoki nimalarning alomati 
ekanligi to'g'risida bahs yuritish man etilgan. Ularning ma'nosini faqat Allohning O'zi biladi deb e'tiqod qilish 
zarurdir. Lekin ba'zi mufassirlar o'z tafsirlarida ularni izohlashga ham uringanlar.  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin