1. Voleybol turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish.(2 soat)



Yüklə 105,85 Kb.
səhifə12/15
tarix19.06.2023
ölçüsü105,85 Kb.
#132765
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
8-seminar Voleybol o‘yini bo\'yicha musobaqalar o\'tkazish va hakamlik

Murabbiyning noto‘g‘ri talablari:
- tanaffuslarni noto‘g‘ri talab qilish.
To‘p kiritish uchun hakam tomomudanhushtakchalingan vaqtda yoki chalingandan so‘ng tanaffus olishga ruxsat berilmaydi.Tanaffus olish huquqi yo‘q o‘yinchi tanaffusni talab qilishga haqli emas.Qoida bo‘yicha belgilangan taym-autlar va o‘yinchilarni almashtirish imkoniyati bo‘lmaganda, ularni talab qilish.Barcha noto‘g‘ri talab (tanaffus yoki o‘yinchini almashtirish bo‘yicha) o‘yinning cho‘zilishiga olib kelmasa yoki o‘yin jarayoniga salbiy ta’sir etmasa ham bu talab hakam tomonidan qondirilmaydi. Bu vaziyat jazolanmaydi. Lekin ushbu vaziyat bir partiyaning o‘zida yana qaytarilsa, jamoa jazolanadi.
O‘yinni cho‘zish.
O‘yinni cho‘zishning turlari.
Jamoaning o‘yinni cho‘zish bilan bog‘liq bo‘lgan harakati quyidagi vaziyatlar bilan ifodalanadi:
- o‘yinchini almashtirish vaqtini cho‘zish;
- talab qilib olingan taym-aut va “texnik taym-aut” tanaffuslarning belgilangan vaqtini cho‘zish;
- o‘yinchini almashtirish uchun qilingan noto‘g‘ri talab;
- shu noto‘g‘ri talabni bir partiyada qaytarish;
- o‘yinchining o‘yinni davom etirishini cho‘zishi.
O‘yinning davom etishi. O‘yinchini almatirish va barcha tanaffuslar vaqtini cho‘zishda qo‘llaniladigan tanbeh-jazolar.“Cho‘zish” uchun “ogohlantirish” yoki “tanbeh” jamoaga qaratilgan (qo‘llaniladigan) jazo bo‘lib hisoblanadi.O‘yinni cho‘zganligi uchun berilgan jazo uchrashuv oxirigacha o‘z kuchini saqlaydi.O‘yinni cho‘zilganligi uchun berilgan barcha jazolar (shu jumladan, “ogohlantirish” ham) bayonnomaga yoziladi.
Partiyada birinchi bor “cho‘zish”, “ogohlantirish” bilan cheklanadi.Bir uchrashuv davomida qayta yoki bir necha “cho‘zish” (istalgan o‘yinchi ishtirokida), qoidani buzgan jamoa “dakki” berilishi va o‘yin vaziyati mag‘lubiyat bilan tugaydi.
O‘yin davomida istisno tariqasida beriladigan tanaffuslar.
O‘yinchining jarohatlanishi. Agar maydonda jiddiy jarohatlanish – baxtsiz hodisa ro‘y bersa, bu holda hakam darhol o‘yinni to‘xtatib, maydonga shifokorlarni taklif qilishi lozim. Bunday hollarda to‘p qayta o‘ynaladi.Agar jarohatlangano‘yinchini qoidaga asosan yoki istisno tariqasida almashtirish imkoniyati bo‘lmasa, shu o‘yinchi tiklanishi uchun 3 daqiqa vaqt beriladi. Lekin bu imkoniyat shu o‘yinchi uchun bir o‘yin davomida bir martadan ortiq berilmaydi.Agar mazkur o‘yinchi tiklana olmasa, jamoa to‘liq tartibga ega emas deb e’lon qilinadi.
O‘yin jarayoniga tashqi ta’sir.O‘yin jarayoniga tashqaridan ta’sir ko‘rsatilsa va o‘yinni to‘xtalishi yuz bersa, o‘yin vaziyati yana qaytadan tiklanadi.
Tanaffus va maydon almashinuvi.
Tanaffuslar. Partiyalar oralig‘idagi tanaffuslar 3 daqiqa vaqtni tashkil etadi.Shu vaqt ichida maydon almashinish va maydonda o‘yinchilarninig joylashish tartibi bayonnomaga yoziladi.Tashkilotchiarning iltimosiga ko‘ra, 2- va 3-partiyalar oralig‘idagi tanaffus mutasaddi shaxs tomonidan 10 daqiqagacha uzaytirilishi mumkin.
Maydon almashish. Har bir partiyadan so‘ng jamoalar maydon almashadilar. Hal qiluvchi V partiya bundan istisno.Jamoaning zahiradagi o‘yinchilar ular ajratilgan tomonlarni almashadilar.Hal qiluvchi partiya jamoalardan biri 8 ochko to‘planganda jamoalar o‘yin vaqtini cho‘zmasdan darhol maydon almashishlari lozim. O‘yinchilarning joylashishi qanday bo‘lsa shunday saqlab qolinadi.Agar maydon almashish o‘z vaqtida (8 ochko) bajarilmay qolsa, ushbu xato aniqlangan zahoti bartaraf etiladi (maydon almashiniladi), lekin hisob qanday bo‘lsa, shundayligicha qoladi.

2.3.7. “Libero” o‘yinchisi


Libero” o‘yinchisi haqida.
Libero”ni tayinlash. Har bir jamoa o‘z tarkibidagi 14 o‘yinchi ichida 2 ta himoyada o‘ynovchi “libero” o‘yinchisini kiritish mumkin.“Libero” o‘yin bayonnomasida rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart va birinchi partiyadagi joylashishida raqami ko‘rsatilishi kerak.“Libero” jamoa sardori yoki o‘yinda sardor sifatida o‘ynashi mumkin emas.
Libero”ning kiyimi.“Libero”ning kiyimi boshqa o‘yinchilarnikidan ranggi yoki shakli bilan (yoki maxsus xalat) tubdan ajralib turishi shart.“Libero”ning kiyimi (futbolkasi) boshqa o‘yinchilar kiyimi kabi raqamlangan bo‘lishi lozim.
Libero”ning o‘yin harakati. “Libero” orqa zonadagi xohlagan o‘yinchining o‘rniga tushib o‘ynashi mumkin.“Libero” faqat orqa chiziqda himoyada o‘ynaydi, unga umuman hujum zarbasini berish (agar to‘p to‘r sathidan balandda bo‘lsa) taqiqlanadi.“Libero” to‘p kiritishda to‘siq qo‘yishda ishtirok etishi mumkin emas. “Libero” ishtirokida uzatilgan to‘p oldingi zonaga yo‘naltirilgan bo‘lsa, bu to‘pni to‘rdan yuqori holatda hujumda qo‘llash mumkin emas. Agar shu vaziyat orqa chiziq zonalarida ro‘y bersa bunday holda “Libero” uzatgan to‘pni hujum zarbasida qo‘llash mumkin.
Libero”ning o‘yinchi o‘rniga almashtirilishi. “Libero”ni almashtirish chegaralanmaydi, uning almashtirilishi qoidadagi almashtirish hisobiga kiritilmaydi. Lekin “Libero”ni almashtirishda kamida bir to‘p o‘ynalishi kerak. “Libero” bilan almashgan o‘yinchi faqat uning o‘zini o‘rniga tushishi mumkin.“Libero”ning o‘yinga tushishi to‘p kiritishga hushtak chalinishidan oldin ham o‘z ifodasini topishi mumkin:
a) har bir partiya oldidan 2-hakam o‘yinchilarning maydonda joylashishini nazoratdan o‘tkazganidan so‘ng; yoki
b) to‘p maydondan “tashqari”da bo‘lganida.
To‘p kiritishga hushtakchalinganidan so‘ng, lekin to‘pni kiritishdan oldin “libero”ning o‘yinga tushishi bekor qilinmaydi, ammo to‘p o‘ynalgandan keyin og‘zaki tanbeh beriladi. Agar shunday holat qaytarilsa, unda bu vaziyat jazo berish uchun asos bo‘ladi.“Libero” va almashadigan o‘yinchilarning maydonga kirish chiqishi o‘z jamoasining o‘rindig‘i oldidan hujum chizig‘ining yon chizig‘i bilan kesishgan joyidan amalga oshiriladi.

Yüklə 105,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin