1. Voleybol turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish.(2 soat)



Yüklə 105,85 Kb.
səhifə13/15
tarix19.06.2023
ölçüsü105,85 Kb.
#132765
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
8-seminar Voleybol o‘yini bo\'yicha musobaqalar o\'tkazish va hakamlik

Yangi “Libero”ni qayta ro‘yxatga olish. Ilk bor ro‘yxatga olingan “Libero” jarohat olsa, birinchi hakamning ruxsati bilan murabbiy o‘z jamoasi tarkibidagi hali maydonga chiqmagan biror o‘yinchisi yangi “Libero” sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.Jarohatlangan “Libero” ushbu o‘yin davomida qayta maydonga chiqish huquqiga ega emas.
Yangi “Libero” o‘yin oxirigacha “Libero” funksiyasini ijro etishi shart. Yangi “Libero”ning o‘yin raqami tanbehlar ustunida qayd etilishi va navbatdagi partiyaning maydonda joylashish varaqasiga yozilishi kerak.

2.3.8. Hakamlar, ularning burchlari va rasmiy ishoralari


Hakamlar va ularning faoliyati.
Tarkibi:
- birinchi hakam;
- ikkinchi hakam;
- kotib;
- to‘rtta (ikkita) chiziq hakamlari.
Ularning joylashishi 10 sxemada ko‘rsatilgan FIVBning rasmiy musobaqalarida kotib assistenti bo‘lishi shart.
Hakamlar va ularning ish faoliyati. O‘yin davomida hushtak chalish huquqi faqat birinchi va ikkinchi hakamga beriladi.Birinchi hakam to‘pni o‘yinga kiritishga ruxsat xushtagini chaladi.Birinchi va ikkinchi hakam yuz bergan xatoga aniq ishonch qilganlaridan so‘ng o‘yinni to‘xtatishga ko‘rsatma beradilar.Ular o‘yin davomida jamoaning biror iltimosini qondirish yoki rad etish bo‘yicha hushtak chalish bilan ko‘rsatma beradilar.Bu holda birinchi hakam ro‘y bergan xatoning mohiyatiga ham, xatoga yo‘l qo‘ygan o‘yinchiga ham ko‘rsatma bermaydi. U faqat o‘yinning davom ettiri-lishiga ishora qiladi.O‘yin vaziyati hakamning xushtagi bilan to‘xtatilgan zahoti mohiyali rasmiy ishora bilan izohlanadi.Birinchi hakam quyidagilarni rasmiy ishora bilan ko‘rsatadi:
a) to‘p kiritadigan jamoani;
b) xatoning turini;
c) xato qilgan o‘yinchini (agar zaruriyat bo‘lsa).
Ikkinchi hakam birinchi hakamning ishorasini kuzatib, uni takrorlaydi.
Agar xato ikkinchi hakam tomonidan belgilansa, u quyidagilarga ishora bilan ko‘rsatishi lozim:
a) xatoning turi;
b) xato qilgan o‘yinchi;
c) to‘p kiritadigan jamoani.
Bu holda birinchi hakam ishorasini qaytarmaydi.
Agar xato ikki tomondan baravariga ro‘y bersa, ikki hakam ham quyidagilarga ishora qiladi:
a) xatoning turi;
b) xato qilgan o‘yinchilarni (agar zaruriyat bo‘lsa);
c) to‘p kiritadigan jamoani.
Birinchi hakam.
Birinchi hakam joyi. Birinchi hakam o‘z faolyatini to‘r tortilgan ustun orqasida joylashadigan hakam o‘rindig‘ida tik turib yoki o‘tirgan holatda amalga oshiradi.
Birinchi hakamning faoliyati. Birinchi hakam o‘yin jaroyonini o‘yin boshlanishidan yakunlangungacha boshqarib turadi. U shu o‘yinda ishtirok etayotgan barcha hakam va o‘yinchilarga rahbarlik qiladi. O‘yin davomida uning qarori hal qiluvchi kuchga ega. Birinchi hakam qolgan hakamlar qarorini noto‘g‘ri deb topsa, ularning qarorini bekor qilish huquqiga ega. Agar biron-bir hakam o‘z vazifasini uddalay olamasa, birinchi hakam ularning vazifasini o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Birinchi hakam maydondagi boshqa ishchilar (to‘pni olib beruvchilar maydonni tozaluvchilar) faoliyatini ham nazorat qiladi. Birinchi hakam o‘yinga aloqador qoidadan tashqari masalalarni ham hal qilish huquqiga ega.Birinchi hakam o‘z qarorlarini muhokama qilishga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Lekin jamoa sardori iltimosiga ko‘ra, u o‘zining qaroriga izoh berishi lozim. Agar sardor mazkur izohdan qanoatlanmasa, unga o‘yindan so‘ng rasmiy shikoyat arizasini yozish huquqi berilishi kerak.Birinchi hakam maydon, uskunalar sharoitlarining qoidaga mos ekanligiga javob beradi.
Burchlari.
Birinchi hakam o‘yindan oldin:
- maydon, to‘p va boshqa uskunalar holatini nazoratidan o‘tkazadi;
- jamoalar sardorlari bilan qur’a tashlashini uyushtiradi;
- razminka qilayotgan o‘yinchilarni nazorat qiladi.
O‘yin davomida faqat birinchi hakam quyidagi huquqlarga ega:
- jamoalarni ogohlantirish;
- nomunosib xulq-atvor, odob hamda to‘pni o‘yinga kiritishni cho‘zish hollarini jazolash.
Quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
a) to‘p kirituvchining xatosi, to‘p kirituvchi jamoa a’zolarining joylashishidagi xatosi, kiritilayotgan to‘p yo‘nalishini to‘sish xatosi bo‘yicha;
b) to‘r va uning ustida ro‘y beradigan xatolar bo‘yicha;
c) orqa chiziq o‘yinchilari va liberoning hujum zarbasi;
d) liberoni oldingi zonadan barmoqlar bilan yuqoridan uzatilgan to‘g‘ri hujum zarbasini qo‘llashi;
e) to‘pni to‘r pastidan o‘tgan vaqtda.
O‘yin tugagandan so‘ng u bayonnomani ko‘zdan kechirib, imzo chekadi.
Ikkinchi hakam.
Joyi.
Ikkinchi hakam birinchi hakamning qarama-qarshi tomonidagi voleybol ustuni ortida birinchi hakamga qaragan holda tik turibjoylashadi.

Yüklə 105,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin