2.Atrof-muhitni xalqaro huquqiy muhofazalash tamoyillari. Xalqaro ekologik huquqiy tamoyillari quyidagilardan iborat.
1.Tabiiy resurslarga davlat suvepenitetligi. Bu tamoyilga binoat har bir xalqaro huquq sub'yekti xalqaro munosabatlarda o`z tabiiy boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni milliy qonunchilik asosida olib borish huquqiga ega. Bu tamoyilga binoan har bir mustaqil davlat tabiiy boyliklarni nafaqat egallash,foydalanish,Balki tasarruf qilish huquqidan to`la foydalanish imkoniyatini ochib beradi.
2.Davlatlar o`z yuridiktsiyasidan tashqaridagi atrof-muhitga zarar yetkazmaslik. Bu tamoyil 1960 yillarda oddiy bir xalqaro xuquq meyori sifatida ishlatilgan bo`lsa 1972 yil Stokgolm konferentsiyasida xalqaro ekologik hamkorlikning asosiy qoidalari toifasiga kirgizildi.BMT ning Nizomiga binoan har bir davlat yoki xalqaro huquq sub'yekti o`z hududi yoki nazorat doirasidagi harakatlari o`zga hudud yoki nazorat doirasida tuogan davlatlarga zarar yetkazmasligi va bular uchun javobgardir.
3.Insonlarning ekologik huquqining afzalligi. Bu tmoyil bevosita inson huquqlaridan biridir.Chunki yer yuzidagi barcha insonlar, ularning irqiy,milliy,diniy,ijtimoiy kelib chiqishlaridan qat'iy nazar yashash huquqiga egadirlar.
4.Hamma bosqichda ekologik nazoratlash tamoyillari. Yuqorida sanab o`tilgan halqaro xuquqiy qoidalarni amaliy tadbig`ini ko`zatib borish va kafillovchi institutlar tizimini yoritishni talab qiladi.Agarda xalqaro ekologik hamkorlik meyorlarini amaliy tadbiqi uning qatnashuvchilari yoki uchinchi bir vakolatli idoralar tomonidan nazorat qilinmasa, har qanday xalqaro hujjat deklorativ kurinishda bo`ladi va ular qog`ozda qolib ketadi. Bunday xalqaro nazorat institutini universal tarzda BMTning EKOSOS,YuneP, YENESKO, TMXI,JSST,XDK hamda MAGATE kabi umumiy yoki maxsus masalalar bo`yicha to`zilgan tashkilotlar yoki regional tarzdagi-OBES , ADA, ABT,ADT,ASEAN kabi tashkilotlar olib borishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
5.Ekologik axborot almashuvi erkinligi tamoyili. Xalqaro hamkorlik qatnashuvchilaridan o`z milliy chegaralarida yuz berayotgan atrof-tabiiy muhitning salbiy o`zgarishlari haqida vaqtida axborot berib boishni nazarda tutadi.Chunki ekologik jarayonlar ma'muriyat chegarani “tan olmaydi”ular qushni mamlakatning ekologik xavfsizlik darajasiga salbiy ta'sir etishi mumkinligini e'tirof etadi. Tezkor olingan axborot ekologik xavfni oldini oladi.
6.O`zaro ekologik konsultattsiyalash tamoyili. Bundan oldingi axborotlash tamoyilini davomi desak bo`ladi. Konsultatsiyalash yoki maslahatlash tamoyili –yuzaga kelgan ekologik inqiroz holatini keng yoyilishini oldini olish va uni bartaraf qilishning xalqaro strategik maqsad va taktik vazifalarini ani qlab olish, unga qarshi kurashishning chora-tadbirlari ko`lami va yo`llarini aniqlashtirishga imkon beradi.
7.Ekologik inqirozli holatda davlatlarning o`zaro-yordam ko`rsatish tamoyili. Davlatlarning o`zaro gumanitar yordam ko`rsatish oqibatida o`z milliy xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan harakatlar toifasiga kiradi.
Markaziy Osiyoda vujudga kelgan “Orol muammosi” ning hal qilishda yuzdan ziyod davlat yoki nodavlat tashkilotlarning ishtirok etishi va keyingi un yil mobaynida ularning yuz millionlab AQSh dollori miqdorida bizlarga moddiy yordam ko`rsatishlari bunday olijanob tamoyili amalda qullanilayotganligi aniq bir misol bo`la oladi.
8.Huquqiy-ekologik nizolarni tinchlik bilan hal qilish tamoyili. Xalqaro huquq sub'yektlari orasida ushbu nizolar orqali atrof-tabiiy muhitga yanada ko`proq zarar yetkazuvchi “sovuq urush ”larni yoki harbiy tuqnashuvlarni oldini olishga qaratilganidir.Zvmon talabi har qanday salbiy jarayonlarni diplomatik vositalar orqali hal qilish va davlatlarning butun kuchini o`ar qanday urushlarga emas,balki insonlarga xavf solayotgan ekologik inqirozga sarf qilishlarini da'vat qiladi.