|
Axborotdan foydalanish shartlari
|
tarix | 02.01.2022 | ölçüsü | 16,14 Kb. | | #37526 |
| axborotdan foydalanish
Axborotdan foydalanish shartlari
Mualliflik huquqi va undan foydalanish shartlari
Mualliflik huquqi to’g’risida bildirish
BMTning O’zbekistondagi idorasi axborot markazining mualliflik huquqi ©, 2003 yil. Barcha huquqlar saqlangan.
Ushbu veb saytda keltirilgan birirta ham material, “BMT veb saytidan foydalanish shartlari va qoidalari”da nazarda tutilgan holatlarni istisno etganda, noshirning oldindan bergan yozma ruxsatisiz, biron-bir shakl yoki qandaydir usulda, bu mexanik yoki electron usuli bo’ladimi, shu jumladan fotonusxa klish, magnit tasmaga yozish yoki axborot saqlovi yoki izlashning har qanday tizimidan foydalanish yo’li bilan to’la hajmda yoki qisman takrorlanishi yoki berilishi mumkin emas.
BMT veb saytlaridan foydalanish shartlari
Ushbu veb saytdan foydalanish quyidagi shartlar va qoidalarga rozi bo’lishni taqozo etadi:
(a) BMTning O’zbekistondagi idorasi axborot markazi ushbu veb saytni (keyingi o’rinlarda “Sayt” deb ataluvchi) ushbu Saytni tanlab olishni istaydiganlar (“Foydalanuvchilar”) tomonidan beg’araz foaydalanilishi uchun saqlab turadi. Bu yerda berilgan axborot faqat xabardor qilishga mo’ljallangan. BMT axborot markazi Foydalanuvchilarga ushbu Saytga kirish va Foydalanuvchi tomonidan sotish yoki keyinchalik tarqatish yoxud ulardan, quyida keltirilgan “Shartlar va qoidalar”ga muvofiq, shuningdek ushbu Saytdagi ayrim Materiallarga nisbatan qo’llanilishi mumkin bo’lgan juda o’ziga xos bo’lgan cheklashlarga muvofiq hosila ishlar tuzish yo yaratishga bo’lgan hech qanday huquqsiz shaxsan notijorat maqsadlarida foydalanish uchun Saytdan axborot, hujjatlar va materiallard (umumlashma holda “Materiallar”) ni olish va ulardan nusxa ko’chirish huquqini beradi.
(b) Ushbu Saytni ma’muriy yo’lga qo’yish BMT axborot markazi tomonidan amalga oshiriladi. BMT ushbu Saytidagi barcha Materiallar mazkuz “Shartlar va qoidalar”ga muvofiq e’lon qilinadi.
(c) Ushbu Saytdagi Materiallarda ifodalangan barcha kashfiyotlar, talqinlar va xulosalar, agar boshqa narsa nazarda tutlilmagan bo’lsa, ushbu ishni tayorlagan va BMT yoki BMTga a’zo davlatlar fikrini ifodalashi shart bo’lmagan BMT turli bo’linmalari xodimlariga, konsultantlariga va maslahatchilariga tegishlidir.
Ma’suliyatdan voz kechish
Ushbu Saytda keltirilgan Materiallar biron-bir maqsadga yoki tajovuzga yaroqliligi to’g’risidagi ochiq yoxud nazarda tutilgan hech qanday kafolatsiz, shu jumladan cheklov bo’lmagan tijoriy kafolatlarsiz “ushbu lahzadagiday” berilgan. BMT axborot markazi har qanday usbu Materiallarning aniqligi yoki to’laligi borasida hech qanday kafolatlar yoki vakolatlarni ataylab bermaydi. BMT axborot markazi ushbu Sayt Materiallarini ogohlantirishsiz davriy ravishda to’ldirib, o’zgartirib, yaxshilab yoki yangilab boradi. BMT axborot markazi Saytdan foydalanish natijasi bo’lgan har qanaqa yoqotish, ziyon, majburiyat yoki qilingan xarajat borasida bildirilishi mumkin bo’lgan da’volar, shu jumladan ular (xarajatlar) borasidagi har qanday kamchilik, xato, nuqson, to’siq yoki kechikishlar bo’yicha hech qanday vaziyatda javobgar bo’lmaydi. Ushbu Saytdan foydalanishdagi tavakkalchilik to’lig’icha Foydalanuvchining zimmasiga tushadi. BMTning O’zbekistondagi idorasi yoki uning bo’linmalari hech qanday bevosita, bilvosita, tasodifiy, maxsus yetkazilgan yoki keyingi ziyon uchun, hatto BMT idorasi bunday ziyon yetkazilishi mumkinligi to’g’risida xabardor qilingan bo’lsa ham, hech qanday holatda, shu jumladan pala-partishlik bilan cheklanmagan holda, javobgar bo’lmaydi. Foydalanuvchi BMT axborot markazi har qanday Foydalanuvchining har qanaqa xatti-harakati uchun javobgar bo’lmasligini alohida e’tirof etadi va shunga rozidir.
Usbu Saytda turli axborot provayderlarining maslahatlari, fikrlari hamda bayonotlari mavjud. BMT axborot markazi biron-bir maslahat, fikr, bayonot bermaydi yoxud ushbu Saytning har qaysi axborot provayderi, har qanday foydalanuvchisi yoki boshqa jismoniy yo yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan maslahat, fikr, bayonot yoki boshqa axborotning aniqligi yoxud ishonchliligini tasdiqlamaydi. Shuningdek, Foydalanuvchi xavf-xatarni o’z zimmasiga olgan holda bu kabi har qanday maslahat, fikr, bayonot yoki boshqa axborotga ishonch bildiradi. Na BMTning O’zbekistondagi idorasi, na uning bo’linmalari, na ularning boshqa tegishli agentlari, xodimlari, axborot provayderlari hech qanday mazmun provayderlari hech qanday Foydalanuvchi oldida yoki kim bo’lishidan qat’i nazar hech kimning oldida hech qanday noaniqlik, xato, kamchilik, to’siq, yo’qotib yuborilganlik, buzilish, o’zgarish yoki ularning mazmunidan foydalanganlik, yoxud ularning o’z vaqtida berilishi yoki to’liqligi uchun hech qanday javobgar bo’lmaydi, shuningdek ishdagi buzilish, kimpyuter virusi yoki kommunikatsiya liniyasi ishidagi sababidan qat’i nazar, uzilish uchun yoxud shular natijasida yuzaga kelgan ziyon uchun javobgar bo’lmaydi.
Foydalanuvchi ushbu Saytdan foydalanish sharti sifatida BMTning O’zbekistondagi idorasini va uning bo’linmalarini Foydalanuvchining ushbu Saytdan foydalanishi natijasida yuzaga kelgan barcha xatti-harakat, da’vo, yo’qotish, ziyon, majburiyatlar va xarajatlar (hu jumladan suddagi vakil gonorarining oqilona summasi) uchun, shu jumladan, tasdiqlangan taqdirda Foydalanuvchi tomonidan ushbu “Shartlar va qoidalar” buzilganligi to’g’riligini ko’rsatuvchi faktlarga havola qilib, har qanday da’volar bilan chegaralanmay, javobgarlikdan ozod qilishga rozilik beradi. Basharti Foydalanuvchi ushbu Saytdagi biron-bir Materialdan yoki uning foydalanish to’g’risidagi bironta sharti yoxud qoidalaridan qoniqish his qilmagan bo’lsa, u holda ushbu Saytdan foydalanishni to’xtatish Foydalanuvchining yagona va mutloq huquqi hisoblanadi.
Ushbu Sayt uchinchi tomon veb saytiga yoki ma’lumotlarga havola qilishi mumkin. Havola qilingan saytlar BMT axborot markazi tomonidan nazorat qilinmaydi va axborot markazi ushbu har qanaqa saytlar mazmuni uchun yoki ularda mavjud bo’lgan boshqa havola uchun javobgar bo’lmaydi. BMT axborot markazi ushbu havolalarni qulaylik sifatida taqdim qiladi va havolaning uoxud ma’lumotlarning kiritilishi BMT tomonidan keltirilgan sayt ma’qullanganini bildirmaydi.
Agar ushbu Saytda e’lonlar taxtasi, chat xonasi, pochta ro’yxatidan foydalanishimkoniyati yoki boshqa pochta yoki kommunikatsiya vositalari (umumlashma holda “Forumlar”) bo’lsa, Foydalanuvchi ushbu Forumdan faqat maktublar hamda aynan shu Forumga muvofiq va aloqador bo’lgan materiallardan foydalanishga rozilik beradi. Faoydalanuvchi, misol tariqasida, biroq bu bilan cheklanmagan holda, Forumdan foydalanishda quyidagi xatti-harakatlardan birortasini ishga solmaslikka rozilik beradi:
(a) boshqalarni badnom qilmaslik, suiiste’mol qilmaslik, qo’yarda-qo’ymay majbur qilmaslik, ta’qib qilmaslik, taqdid somaslik yoki ularning qonuniy huquqlarini (shaxsiy hayotga va oshkoralikka bo’lgan huquq singarilarni) boshqacha usulda buzmaslik;
(b) badnom qiluvchi, kamsituvchi, beadab, nomunosib yoki noqonuniy axborot yoxud materialni e’lon qilmaslik, pochta orqali jo’natmaslik, taqsimlamaslik yoki tarqatmaslik;
(c) dasturiy ta’minotga ega bo’lgan fayllarni yoki intellectual mulk to’g’risidagi qonunlar (yoxud shaxsiy hayotga va oshkoralikka tegishli bo’lgan huquqlar) bilan himoyalangan boshqa materiallarni, agar Foydalanuvchi ushbu juquqlarga ega bo’lmasa yoki ularni nazorat qilmasa yoxud qonun bo’yicha talab qilib olinishi mumkin bo’lgan barcha tegishli ruxsatlarni olmagan bo’lsa, kiritmaslik yoki biriktirmaslik;
(d) virusi bo’lgan fayllarni, buzilgan fayllarni yoki boshqa shaxsning kompyuteri ishiga ziyon yetkazishi mumkin bo’lgan dassturiy ta’minotni yoki dasturni kiritmaslik yoxud biriktirmaslik;
(e) qanaqa bo’lmasin mualliflik alomatlarini, qonuniy bildirishlarni yoki mulkchilik huquqi (firma) belgilarini yoki yorliqlarini, qanday faylga kiritilgan bo’lishidan qat’I nazar, o’chirib tashlamaslik;
(f) dasturiy ta’minot yoki kiritilgan faylda mavjud bo’lgan boshqa material manbaining kelib chiqishini soxtalashtirmaslik;
(g) qanday bo’lmasin tovarni yoki xizmatni reklama qilmaslik yoki tavsiya etmaslik, yoxud so’rovlar (tekshirishlar), musobaqalar o’tkazish yoki ularnining natijalarinin yo maktublar tizimini jo’natish, yoxud Forumning boshqa Foydalanuvchisi tomonidan joylashtirilgan biron-bir faylni ko’chirib olmaslik, uning tarqatilishi noqonuniyligi Foydalanuvchiga shu tariqa ma’lum bo’lishi yoki buni u o’z aql-idroki bilan bilib olishi.
Barcha Forumlar va munozarali guruhlar yopiq xususiy aloqa vositalari emas, balki jamoatchilik uchun ochiq ekanligini Foydalanuvchi e’tirof etadi. So’ng Foydalanuvchi boshqa Foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan chatlar, joylashtirilmalar, konferensiyalar, electron maktublar va boshqa aloqa vositalari BMT tomonidan tasdiqlanmasligini e’tirof etadi. BMT axborot markazi Foydalanuvchilardan olingan Forumlar mazmunini har qanday sabab bilan va ogohlantirmay, shu jumladan electron maktublar va e’lonlar taxtasiga joylashtirilgan maktublar bilan cheklanmay, chiqarib tashlash huquqini o’zida saqlab qoladi.
Immunitetni saqlab qolish
Bunda hech narxa alohida ravishda qayd etib o’tilgan afzalliklar (dahlsizlik huquqi) yoki BMT immunitetining cheklanishi yoki ulardan voz kechishni bildirmaydi yoki shunday deb hisoblanmaydi.
Umumiy qoidalar
BMT axborot markazi mutlaqo o’z ixtiyori bilan va har qanday sababga ko’ra SAyt (faoliyati)ni o’zgartirish, cheklash yoki to’xtatib qo’yish yoki istalgan Materialni chiqarib tashlash borasida eksklyziv huquqni o’zida saqlab qoladi. BMT axborot markazi, yuqoridagilar bilan bog’liq ravishda, biron-bir Faoydalanuvchining ehtiyojini e’tiborga olish bo’yicha hech qanday majburiyatga ega emas.
BMT axborot markazi hech qanday Foydalanuvchiga ushbu Saytdan yoki uning har qanday qismidan foydalanishni, uni xabardor qilmagan holda, o’z ixtiyori bilan rad etish huquqini o’zida olib qoladi.
Yozma ravishda qayd etilgan va tasdiqlangan hamda uning vakolatli vakillari tomonidan tegishli ravishda imzolanganlarini istisno etganda, BMT tomonidan ushbu”Shartlar” qoidalarining har qanday rad etilishi majburlovchi hisoblanmaydi.
Shaxsiy hayotga aralashganlik to’g’risida xabardor qilish
Ushbu SAytni baholashda Foydalanuvchi to’g’risidagi Internet protokol (IP) mazillari, Sayt bo’yicha navigatsiya, foydalanilgan dasturiy ta’minot va sarflangan vaqt boshqa shu kabi axborotlar qatorida BMTidorasi serverlarida saqlanib qoladi. Ular alohida Foydalanuvchini aynanlashtirish (aniqlash) imkonini bermaydi. Ushbu axborot veb sayt yo’lini tahlil qilish uchun faqat ichki ehtiyojlar uchun foydalaniladi. Agar Foydalanuvchi ismi, manzili singari va ushbu SAytdasaqlanayotgan boshqa shakllar bo’yicha bo’lakcha nodir aniqlovchi axborot bergan bo’lsa, bunday axborotdan faqat statistic maqsadlarda foydalaniladi va umumiy foydalanish uchun e’lon qilinmaydi. Biroq BMT axborot markazi ushbu axborotning xavfsizligi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.
© BMTning O`zbekistondagi Vakolatxonasi Axborot markazi
Axborotdan foydalanish shartlari
Dostları ilə paylaş: |
|
|