Arab harflari yozilishiga ko'ra doira ichidagi uchburchak, kvadrat va beshburchak shakllaridan foydalangan. Dol, of, mim va vov harflarini yozishda uchburchakdan foydalansalar, jim harfining boshi va shunga o'xshash harflarni yozishda beshburchak andoza sifatida xizmat qilgan. Ba'zan bu murakkab sistema o'rniga oddiy usul –nuqtalar hisobi qo'llangan. Masalan, suls yozuvida alif harfi yetti nuqtaga, muhaqqaq yozuvida sakkiz nuqtaga, tavqe' yozuvida oiti nuqtaga, "be" harfi esa suls yozuvida olti nuqtaga, muhaqqaqda yetti, tavqe'da besh-nuqtaga, "jim" va "ayn" harflarining xatdan pastgi qismi suls yozuviga o`n yarim muhaqqaq va tavqe' yozuvlarida to'qqiz nuqta hajmida belgilangan va yozilgan.
Xattotlik san'atini rivojlantirishda Ibn Muqla, Ibni Tavvob va Yoqut Musta'simiybilan bir qatorda XV asrning mashhur xushnavisi Sultonali Mashhadiyning hamxizmatlari kattadir. Uning "Odob ul-mashq" risolasida birinchi bor chiroyli yozuvga o'rgatishning ikki usuli - nazariy va qalamiy usuilari bayon etilgan. Nazariy usul o'tgan ustozlar yozuvini o'rganish vamushohada etishni taqozo etsa, qalamiy usul-chiroyli nusxaga qarab payvasta mashq qilishni talab etadi.
Xushnavislar aksaran ikki tarzda jalliy va xafiy tarzida yozardilar. Odatan xafiy mashqi kunduzi, jalliy mashqi kechasi amalga oshirilar edi. Chunki xafiy xati kichik yozilsa, jaliy yozuvi katta - katta yozilar edi. Ko'pgina kitoblarning hoshiyalarida xafiy xatida kitobat qilingan yozuvlarni ko'ramiz. O'rta asrlarda har bir xushnavis hech bo'lmaganda uch xil yozuvda - suls, nasx, nasta'Iiq yozuvlarida mashq qilib bilar edi. Aksariyat oltilik va nasta'liq yozuvida juda yaxshi va chiroyli yozar edi. Xushnavislarning asosiy qurollari siyoh, rangli jo'shalar, oq va rangli qog'oz, nayqalam, qalamtarosh, mistar, qalamdon, siyohdon, mehrak

va qalamqat edi. Sultonali Mashhadiyning "Risolai xat", Mirall Hiraviyning "Midod ul-xutut" Mirimodi Qazviyning "Odob ul-mashq", Majnun ibn Kamoliddin Mahmudi Rafiqiyning "Risolai xati manzum", Shafyoniyning "Risolai xat", Fathulloh Ahmad ibn Muhammadning "Risola dar usul va qavoidi xututi sitta" kabi risolalarida siyohni tayyorlash texnologiyasi, nayqalam qog'ozning sifatini bilish usullari, umuman yozish qurollari borasida qimmatli ma'lumotlar berilgan.