Italiyadagi noriziliklar va qo’zg’olonlar.XIV asr boshlarida Shimoliy Italiyada yirik dehqonlar qo’zg’oloni bo’lib, unga sobiq monaxDolchino boshchilik qiladi. Dolchino qo’zg’oloni 1303-yildan Parm viloyatida boshlanib 1307-yilgacha davom etadi.Dolchino harakati o’rta asrlardagi bir dahriylik harakati bilan bog’langan edi, bu dahriylik harakati muhlislari “Apostollik aka-ukalar” degan nom bilan yuritadilar.Dolchino xususiy mulk bilan boylik dunyoda hukmronlik qiluvchi yovuzlikning sababidir deb ta’lim berardi.Eng kambag’al dehqonlarning patriarxal- jamoatchilik kayfiyatlarini aks ettirib, yer-mulkni umumlashtirishga chaqiradi. U yer yuzida ‘ming yillik xudoyi taolo hukmronligi’ boshlanib, unda ijtimoiy adolat to’la to’kis hukmron bo’ladi deb karomat ko’rsatardi. Ammo Dolchino ham zo’ravonlik tadbirlarini rad etmasdi. Yer yuzida “xudoyi taolo hukmronligi” nimazlumlarning o’zlari boshlashlari lozim edi.Dolchino tarafdorlari faqat Parm viloyatidagina emas Shimoliy Italiyaning bir qancha viloyatlarida ham mavjud edilar. Dehqonlar harakati shu qadar keng qulichyoydikiAvinon papasi Kliment V harakatga qarshi Salib yurishini boshlashga davatetdi.Feodallarning qo’shinlari qo’zg’olonchilarni toqqa surib, o’sha yerda qirib tashlaydilar.Dolchinoning o’zi esa og’ir qiynoqlardan so’ng qat etiladi.
XIV-XV asrlarda Papalik. Italiya tarixida papalik o’rta asrlarning ikkinchi qismida ham katta rol o’ynayverdi. Ammo fransuz qirollari tazyiqi ostida papalar Avinonga ko’chib o’tkach papalarning obro’yi ancha pasaydi.1347-yilda Rimda Respublika tashkil etilib, unga Kola de Rientso degan odam boshchilik qila boshladi. Rim shaharlarining asosiy ommasiga tayan Kola de Rientsomahaliybaronlsrni tinchitib qoloq-feodal- klereal davlatini tartibga solgan bir qancha moliyaviy-ma’muriy reformalar o’tkazdi.Ammo Kola de Rientsoning Italiyada Rim boshchiligida shaharlar federatsiyasini tuzish orzusi natijasiz tugaydi. Rim baronlari bilan yangidan boshlanib ketgan kurashda Kola de Rientsomag’lub bo’ladi. Uni Italiyadan chiqarib yuborishadi Rientso Germaniyaga boradi va nemis imperatori yordamida Rim erkinligini tiklamoqchi bo’ladi.
Ammo Germaniya imperatori Karl IV Kola de Rientsoga yordam bermaydi, uni tutib olib papaga topshiradi.Papaning ishonchini qozongan Rientsoning gunohi kechiriladi hattoki Rimning noibligiga qayta tayinlanadi. Lekin bu ko’pchilikka yoqmaydi. Soliq siyosati zaminida Rientso va shaharliklar o’rtasida muajorokelib chiqadi. 1354-yilda bo’lib o’tgan qo’zg’olonda u o’ldiriladi.Kola de Rientsoning Rimni va Rim viloyatini ozod qilish harakati amalga oshmadi, lrkin papalar rezdensiyasi bundan keyin ham Avinonda qoladigan bo’lsa, ular “absdiy shahar” ning qo’ldan ketishiga ochiq-oydin ishondilar.YettinchiAvinon papasi Grigoriy XI 1377-yilda Rimga ko’chib keldi vs 1378-yilda Rimda vafot etdi. Yangi papa saylash mahalida kordinallarning fikri bo’lindi. Italiyalik kordinallar italiyalik UrbanVI nipapalikka sayladilar. Fransuz kordinallar esa fransiyalik KlimentVII nipapalikka sayladi. Shu katolik cherkovining birligi buzildi. Bir vaqtda papalar ikkita bo‘ldi biri- Rimda ikkinchisi- Avinonda turardi. Urban VI va Kliment VII vafotidan keyin ularning vorislari ham shu tariqa saylandilar. Cherkov birligini qayta tiklash uchun 1409-yilda Piza shahrida cherkov sobori chaqirildi. Avtonom papasi ham Rim papasi ham o'zhokimiyatlaridanixtiyoriy voz kechmaganliklari sababliAleksandr V yangi papa etib saylandi.Lekin u tez orada u vafot etadi. Shundan keyin uning o’rniga Ioann XXIII saylandi. Ammo uning obro’si unchalik yo’q edi. Shu tariqa Pizasobori papalar sonini bittaga ko’paytirdi xolos. Shundan keyingi 1414-1418- yillardagi KonstantsSobori katolik cherkovini birlashtirdi. Uch papa hukmronligi ag’darilib Martin V (1417-1431) papa etib qo’yildi. Shundan keyinginaRim papalarning doimiy rezidensiyasi bo’lib qoldi va “BuyukAjralish” ga chek qo’yildi. Papa hokimiyatini cheklashga va mahalliy katolik cherkovlariga ko’proqavtonimiya berish Tendensiyasi XV asrda Bazel shahrida o’tkazilgan uchinchi yirik soborida ochiq-oydin namoyon bo’ldi. Bazelsobori 16 -yil(1431-1447) majlis chaqirdi. U sobor papadan yuqori turadi va papani sud qilishi va uni o’rnudan tushirishi mumkin bo’lgan qarorni qabul qilishga urindi. Papa TYevgeniyIV (1431-1447) boshchiligida papalik “yeretiklar” bilan kurash olib bordi.Sobortaraqitgan degan xabar berildi, lekin sibor a’zolari papaga bo’ysunmay uni chetlatib Feliks V ni yangi papa qiladilar. XV asrning birinchi yarmida katolik cherkovi bag’rida yuzaga kelgsnsobor harakati Yevropadagi bundan keyingi Reformatsiyaning muqaddimasi edi, guschilar harakati esa ularning dastlabki bosqichi bo’ldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Semyonov – jahon tarixi.
2.T.O. Salimov jahon tarixi. Yevropa mamlakatlariV-XV asrlarda. Tosh-2014.