1. Xiva xonligi tarixiy geografiyasi Qo’qon xonligi tarixiy geografiyasi


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 29,26 Kb.
səhifə2/2
tarix01.06.2022
ölçüsü29,26 Kb.
#60287
1   2
Mavzu

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishida O’rta Osiyo aholisining an’anaviy turar-joylari, ularning qurilish uslubi, zamonlar osha o’zgarib borganligi, turli davrlarda turlicha ko’rinishga o’zgarganligi haqida ma’lumot beriladi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Mazkur kurs ishi O’rta Osiyo aholisi moddiy hayoti mavzusida ilk bor ilmiy mavzu sifatida tadqiq qilindi hamda tadqiqotga doir barcha materiallardan foydalanildi.
Ishning ilmiy ahamiyati. Tadqiq etilgan mavzu natijalari va xulosalaridan umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollej o’quvchilari, Oliy ta’lim muassasalari talabalari foydalanishi mumkin.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, 3 ta reja , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

1.Xiva xonligi tarixiy geografiyasi
Amudaryoning quyi oqimidagi, qadimgi Xorazm vohasida XVI asr boshlarida shakllangan davlat bо‘lib, XVII asr boshlaridan mustaqil davlat sifatida boshqarilgan. 1763 yildan о‘zbeklarning qо‘ngirot urugi vakillari inoqlar Xivada hokimiyatni qо‘lga olishadi. 1873 yilda ruslar istilosidan keyin Rossiyaga qaram davlatga aylandi. 1920 yilda bolsheviklar tomonidan davlat sifatida butunlay tugatildi.
Temuriylar davlati tarkibiga kirgan Xorazm vohasi 1505 yilda Shayboniyxon tomonidan bosib olingan bо‘lsa, 1510-1512 yillarda Eron shohi Ismoil Safaviy davlati tarkibiga kiritildi. Xorazmda Eron shohining 3 ta dorugasi hukmronlik qilgan. Biroq, Vazir shaxrining qozisi Umar Shayx tashabbusi bilan Xorazmda eronliklarga qarshi kuchli хalq ozodlik harakatlari boshlanib ketdi. Xorazmning obrо‘li shayxlaridan bо‘lgan bо‘lgan Shayx ota avlodlari Dashti qipchoqlik о‘zbeklar hukmdorlaridan biri Elbarsxonga Xorazm taxtini taklif qildilar. Elbarsxon о‘z qо‘shinlari bilan qisqa vaqt ichida Vazir shahrini (Ust yurtda, Kо‘xna Urganchdan 60 km uzoqlikda joylashgan bu shahar XV asrda о‘zbek xonlaridan Mustafoxon tomonidan barpo etilgan) qо‘lga kiritib, vohadagi barcha shaharlardan eronliklarni quvib chiqardilar. Elbarsxon (1712-1780-1781) Xorazm poytaxti hisoblangan Urganch shahrini ham qо‘lga kiritdi va amalda mustaqil xonlikka asos soldi. U tez orada xonlik hududini birmuncha kengaytirishga erishdi. Hozirgi Turkmanistonning janubiy qismi, Eronning shimolidagi Seraxs tumanini, Orolni va Mangishloqni egalladi. Vafotidan sо‘ng Xorazm taxtini uning vorislari boshqardilar. Hususan XVI asrda uning vorislaridan Berikach Sulton, Sultonxoji, Sо‘fiyonxon, Sultongozi, Avanushxon, Kolxon, Akatoyxon, Dо‘stxon, Xojimxon, Nurmuhammadxon kabilar xonlik qildilar. Shayboniy Ubaydullaxon 1537-1538 yillarda Xorazmda qisqa muddat о‘z hukmronligini о‘rnatishga erishgan bо‘lsada, Avanushxon vorislari tomonidan tezda Xorazm ozod etildi. XVIasrning ikkinchi yarmida Abdullaxon II Xorazmni bо‘ysundirish uchun harakat qildi. Bir necha marta vohaga uyushtirilgan harbiy yurishlardan sо‘ng, 1593 yilda Xorazm ham Buxoro xonligi tarkibiga qо‘shildi. Abdullaxon vafotidan sо‘nggina Xorazm vohasi yana о‘z mustaqilligini tiklab oldi.
XVI asrning 70-yillarida Xorazm poytaxti Urganchdan Xivaga kо‘chirildi. Unga Amudaryo о‘zanining о‘zgarib Kaspiy dengiziga oqmay qо‘yishi, Urganch va uning atroflarida suv tanqisligi yuz berganligi sabab bо‘ldi. Ba’zi manbalarda, Amudaryo о‘zanining о‘zgarishini Shayboniy Abdullaxon II faoliyati bilan boglandi. U Xorazmni о‘ziga bо‘ysundirishi uchun, tо‘gon qurib, Amudaryo oqimini о‘zgartiradi. Poytaxt Xivaga kо‘chirilgandan sо‘ng davlat poytaxt nomi bilan Xiva xonligi deb atala boshlandi.
Xiva xonligi janubda Eron, sharqda  Buxoro amirligi g‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Suvsiz va poyonsiz Qoraqum, Qizilqum sahrolari Xiva xonligini geografik jihatdan boshqa mamlakatlardan ajratib qо‘ygan edi. Amudaryo sohillarida joylashgan Xiva, Urganch, Kat, Kо‘hna Urganch, Xazorasp, Qо‘ng‘irot, Xо‘jayli, Kurdar (hozirgi Chimboy) shaharlari xonlikning yirik shaharlari hisoblanar edi. О‘rta Osiyoning eng boy savdo markazlaridan biri bо‘lgan Xiva shahri 1598 yildan boshlab xonlikning poytaxti bо‘lgan. Shahar ikki qism – Ichan qal’a (shaharning ichki qismi) va Dishon qal’a (shaharning tashqi qismi)dan iborat edi. Ichan qal’ada xon qarorgohi va harami, 17 ta masjid, 22 ta madrasa, karvonsaroy va bozor joylashgan. 1842 yilda Dishan qal’a qurilib, devor bilan о‘rab olingan. Dishan qal’ada hunarmandlar, savdogarlar, mardikorlar, qisman dehqonlar istiqomat qilganlar.
Ma’muriy-hududiy jihatdan Xiva xonligi Xazorasp, Gurlan, Xonqa, Kо‘hna-Urganch, Qо‘shkо‘prik, Pitnak, G‘azovot, Kat, Shohabbos, Shovot, Toshhovuz, Ambor-manoq, Urganch, Xо‘jayli, Shumanay, Qо‘ng‘irot kabi beklik va viloyatlarga bо‘lingan. Xonlik tarkibida Beshariq va Qiyotqо‘ng‘irot noibliklari ham bо‘lgan. Bekliklarni xon tomonidan tayinlangan beklar, noibliklarni noiblar idora qilgan. Bek va noiblar huzurida ularga xizmat qiluvchi kо‘pdan-kо‘p mansabdorlar bо‘lgan.
Xiva xonligi aholisining kо‘pchilik qismini о‘zbeklar tashkil qilib, ulardan eng kо‘p sonlilari qо‘ng‘irot, nayman, qiyot, uyg‘ur, nukuz, qang‘li, xitoy, qipchoq qabilalari edi. О‘zbek qabilalari asosan Amudaryo tarmoq yoygan qismda, kanal bо‘ylarida joylashgan. Aholining anchagina qismini (taxminan tо‘rtdan birini) turkmanlar tashkil etgan.
Qoraqalpoqlar yashaydigan Amudaryoning quyi havzasi va Orol dengizining janubiy qirg‘oqlari ham Xiva xonligi tasarrufida edi. Dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, ovchilik qoraqalpoqlarning asosiy mashg‘uloti edi. XVIII-XIX asrlarda Amudaryoning sharqiy tarafidan oqib, Orol dengiziga quyilgan Kо‘kо‘zak daryosi bо‘yidagi kо‘psonli qoraqalpoqlar bilan orollik о‘zbeklarda dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik gullab yashnagan. XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning ijtimoiy-siyosiy xayotida jiddiy о‘zgarishlar yuz bera bordi. Bu о‘zgarish avvlo ularning endi kо‘proq dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlashida namoyon bо‘ldi. Qoraqalpoqlar xayotida baliqchilik muxim axamiyat kasb etadi. Endilikda baliqchilarning qishloqlari vujudga keldi. Sol ustiga qurilgan suzib yuruvchi uylar paydo bо‘ldi. Bu davrda xunarmandchilik ma’lum darajada qaddini rostlab bormoqda edi. Qoraqalpoqlar endilikda olacha, dag‘al ip gazlama mato, gilam tо‘qiy boshladilar, yog‘ochdan turli buyumlar yasay boshladilar, teri pishirdilar, egar, yugan, ayil, kigiz tayyorlash bilan shug‘ullandilar. XIX asrning о‘rtalarida Chimboy shaxri barpo etildi. О‘zining qulay geografik xolati tufayli shaxar ma’muriy markazga aylandi. Qoraqalpoqlar ijtimoiy xayotida urug‘-qabilachilik an’analari ustun edi. Yerga jamoa egaligi xukmron edi. XIX asr boshlarida qoraqalpoq yerida yangi-yangi urug‘lar vujudga keldi. Masalan, 1810 yilda el qabilasidan chiqqan qiyotli qoraqalpoqlar biyi Ekilikning 400-500 о‘toviga qо‘nqirot va mang‘itlardan 200 о‘tov qо‘shilgan. Bunday xolat boshqa о‘tovlarda ham sodir bо‘lgan. Natijada 14 ulus deb nom olgan yirik urug‘lararo birlashma tashkil topgan. XIX asr о‘rtalaridan boshlab qoraqalpoq yerida ham urug‘ qabilachilik munosabatlarida о‘zgarish boshlandi. Ayni paytda yerga jamoa bо‘lib egalik qilish ham barxam topa boshladi. Endilikda uning о‘rnida yirik zamindorlik qaror topdi.
Qoraqalpoqlar Nukus, Qiyot, Qо‘ng‘irot, Qipchoq kabi shaharlarda yashaganlar. Zarafshon vodiysida XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning 37 ovuli mavjud bо‘lgan. Mazkur shaxarlarning eng yirigi Qо‘ng‘irot bо‘lib, u Orolliklar markazi bо‘lgan. Xо‘jayli Orol birlashmasi bilan Xiva orasidagi savdo markazi bо‘lib, bojxona shu shaxarda joylashgan. Yana Mang‘it, Chimboy, Janga qal’a, Oydо‘s qal’a, Ernazar qal’a, Kо‘k о‘zak, Eshon qal’a shaxarlari qoraqalpoq xalqi tomonidan yaratilgan madaniy va me’morchilik yodgorligi markazlari xisoblanadi.
Turkmanlar. Xо‘jalik madaniy jihatdan turkmanlar kо‘chmanchi (chorvador) va о‘troq dehqonlarga bо‘lingan. Turkmanlarning kо‘pchilik urug‘lari orasida chorvachilik yetakchi soha sanalgan. Chorvachilikda asosan quyruqli qо‘ylar boqilgan. XVI-XVIII asrning boshlari turkmanlarning shimoliy hududlarga kо‘chib о‘tishlari ularning xо‘jalik hayotida dehqonchilikning о‘rnini oshirdi. Chorvachilik bilan birga yiliqichilik ham rivojlangan bо‘lib, turkmanlar о‘zlarining axalteke zotli otlarini butun dunyoga mashhur qilganlar. О‘rta Amudaryo hududlarida yashovchi turkmanlar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Bu yerlarda turkmanlarning boshqa hududlarga qaraganda sug‘orish tizimlari va suv ta’minoti yetarli daraja bо‘lgan. Bundan tashqari turkmanlar pillachilik, tikuvchilik, teri oshlash bilan ham shug‘ullaniganlar. Dehqonchilikda paxta, kunjut, arpa, bug‘doy, donli va dukkakli ekinlar ekkanlar. Xorazm atrofidagi turkmanlar XVII asrdan boshlab yarim о‘troq xо‘jalik tarziga о‘ta boshlaganlar. Xо‘jalik hayotida dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik yetakchilik qilgan bо‘lib, dehqonchilikda paxta, bug‘doy, arpa, guruch, mosh, qovun, tarvuz hamda tamaki yetishtirganlar. Bu yerda ham xо‘jalikning muhim tarmoqlaridan biri pillachilik bо‘lgan. Murg‘ob va Tajan viloyatlarida yashovchi turkmanlarning asosiy mashg‘ulotlari chorvachilik bо‘lgan. XIX asrning oxirlarida bu yerlarda ham xо‘jalik hayotida sug‘orma dehqonchilik yetakchilik qila boshladi. Ayni vaqtda qorakо‘l qо‘ylar ham chorvachilikning yetakchi sohasi hisoblangan. Turkmanlarning janubi-g‘arbiy hudularida, Kaspiy dengizi bо‘ylarida yashovchi turkmanlarning xо‘jalik hayotida dehqonchilik va baliqchilik yetakchi soha sanalgan. Bu yerda yashovchi turkmanlar Kaspiy dengizi sohillarida neft va tuz konlarida mehnat qilganlar. Turkmanlarda ovchilik ham keng tarqalgan sohalardan biri bо‘lgan. Turkmanlar hunarmandchiligida temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, kо‘nchilik, duradgorlik, gilamdо‘zlik kabilar yetakchi sohalar sanalgan.1 Turkmanlar Eron, Buxoro, Xiva bilan faol savdo aloqalari olib borganlar, turkmanlarning ayrim shahar va qal’alari, ovullarida katta bozorlar ham bо‘lgan.
Xiva xonligi iqtisodiy hayotida qishloq xо‘jaligi alohida muhim о‘ringa ega edi. Xonlikda yer egaligi uch hil shaklda bо‘lib, davlat yerlari, vaqf yer egaligi va hususiy yer egaligi shakillaridan iborat bо‘lgan. Davlat yerlari odatda xon va uning yaqinlariga tegishli bо‘lib, odatda ular suv manbalariga yaqin hosildor yerlardan iborat bо‘lgan. Davlat xazinasiga xonning shaxsiy mulki sifatida qarash hukmron edi.
Hususiy yer mulklar ichida yirik mansabdor, harbiy-ma’muriy va diniy amaldorlarga tegishli yer-mulklar katta foizni tashkil etardi. Qishloq jamolari egalik qiladigan yerlar dehqonlarga odatda 8-12 tanobdan bо‘lib berilgan.
Vaqf yerlariga odatdagidek, masjid va madrasalarga, diniy Mahkamalr va qabristonlarga tegishli yerlar kirgan va ulardan olinadigan daromad shu joylarning sarf-harajati uchun ishlatilgan.
Voha iqtisodining asosini dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq tashkil etib, dehqonchilikda Amudaryoning quyi oqimidan olingan kо‘plab kanallar va ariqlar muhim о‘rin tutgan.Bu ariq va kanallar orasida eng yiriklari quyidagi 11 ta sugorish shaxobchasi edi: Pitnak kanali, Polvon kanali, Kazovot kanali, Shohabbaz kanali, Yarmish kanali, Qilich Niyoz biy kanali, Qorakо‘z kanali, Arna kanali, Bо‘zsuv kanali, Suvvoli Xon kanali.
Bulardan tashqari yana kо‘plab о‘rtacha kattalikdagi va uzunlikdagi sugorish kanallari va ariqlari ham voha dehqonchiligi uchun qо‘l kelgan. Qishloq xо‘jaligida paxta, sholi va ekinlar yetishtirish, bogdorchilik va poliz ekinlari ekish keng tarqalgan va rivojlangan edi. Biroq xonlik xududlarida ipakchilik yaxshi rivojlanmagan edi. О‘troq ahvoli ham о‘z xо‘jaliklarida chorva mollari boqsalarda, biroq chorvachilik mahsulotlariga bо‘lgan asosiy talablarini chorvadorlar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar yordamida qondirganlar. Chorvachilikda asosan bir urkachli tuyalar, ot va qо‘y boqilgan.
Hunarmandchilik ham xonlik iqtisodiy hayotida alohida о‘ringa ega bо‘lib, hunarmandchilik va hal amaliy san’atning Xiva xonligi xududlarida о‘ziga xos maktabi yaratilgan edi. Xonlikda har bir shaharda kо‘plab hunar turlari bilan shugullanuvchi hunarmandlar mavjud edi. Ular faqatgina ichki bozorni о‘z mahsulotlari bilan ta’minlabgina qolmasdan, balki tashqi savdoga ham ajoyib hunarmandchilik mahsulotlarini chiqarar edilar. Tashqi savdoda chetdan qо‘rgoshin, mis, temir, chuyan kabi metallar va metall buyumlar asosan Rossiyadan, oltin, kumush, hunarmandchilik mahsulotlari hamda qishloq xо‘jalik mahsulotlari Buxoro, Qо‘qon, Eron va Rossiyadan keltirilgan va о‘z navbatida Xiva xonligida ham chetga shunday mahsulotlar va nafis hunarmandchilik mahsulotlari chiqarilgan.
Xivalik savdogarlar tranzit savdo aloqalarida ham faol ishtirok etganlar va bu yerlardan о‘tadigan savdo karvonlaridan olinadigan boj yigimlari ham xonlik xazinasiga kattagina daromad keltirib turgan.
Xiroj va zakot kabi asosiy soliqlardan tashqari turli yigimlar va majburiyatlar mavjud bо‘lgan.
Savdo munosabatlarining taraqqiyoti Xorazmni Buyuk Ipak yо‘lining Markaziy tarmoqlari kesishgan markazlardan biriga aylanishiga, turli sohalarga ixtisoslashgan ayniqsa, savdo munosabatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘lgan savdo markazlarining vujudga kelishiga olib kelgan.
Butun Sharq shaharlari iyerarxik tuzilishidagi muayyan shaharlarning tutgan о‘rni, kо‘p hollarda, uning ijtimoiy - iqtisodiy imkoniyati va karvon yо‘llari bilan aloqasi, savdo munosabatlariga qanday tortilganligi bilan belgilangan. Xullas, aynan shu sabablarga kо‘ra, Xorazm savdo markazlari tо‘g‘risidagi turli–tuman ma’lumotlar IX asrdayoq paydo bо‘la boshlagan edi. Shaharlarning taraqqiy qilishda savdoning ahamiyatini sharq geograflari, tarixchi va sayyohlari ham tushunib yetganlarki Xorazm shaharlari tavsifnomasida, albatta, bozorlar, karvonsaroylar, atrofidan qanday karvon yо‘llari о‘tganligi haqida qayd qilib о‘tganlar. Bu asarlar Xorazm savdo markazlari haqida ma’lumot beruvchi birinchi darajali va tengi yо‘q manbalar hisoblanadi. Bular ichida Istaxriy va Muqaddasiy asarlari ayniqsa ajralib turadi. Chunki ular asarlarida Xorazm savdo markazlarining tavsifi, Xorazm iqtisodiy geografiyasi, shaharlar va qishloqlarning savdo munosabatlari, bozorlari va karvon-saroylariga katta e’tibor berilgan. Umuman, IX-XIII asrlar manbalarining deyarli barchasida Xorazm nafaqat Movarounnahr balki butun Musulmon Sharqining eng taraqqiy qilgan, shaharlari kо‘p, dehqonchilik chorvachilik, hunarmandchilik gullab-yashnagan, va, bu bilan bog‘liq ravishda savdo munosabatlari juda rivojlangan hududlardan biri sifatida kо‘rsatib о‘tiladi. Ammo, bu iqtisodiy va madaniy yuksalish mо‘g‘ul boqini munosabati bilan biroz tо‘xtab qolgan. Bir oz vaqtgacha Xorazm shaharlari vayrona ichida qoldi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, mо‘g‘ul bosqini ham juda qadimdan shakllanib, rivojlanib kelayotgan Xorazm shahar madaniyati tarqqiyotini butunlay tо‘xtatib qо‘ya olmadi. Xorazm vohasi mehnatkashlarining yaratuvchanlik mehnati tez orada, iqtisod va madaniyat bilan bir qatorda, Xorazm savdo markazlarining, ayniqsa uning Oltin О‘rda davlati tarkibiga kirgan qismi (mо‘g‘ul bosqinidan sо‘ng Xorzm Oltin О‘rdaga kiruvchi Shimoliy Xorazm va Chig‘atoy ulusiga kiruvchi Janubiy Xorazmga bо‘lingan edi) shaharlarning о‘z qaddini tiklab olishga olib keldi.


2.Qo’qon xonligining tarixiy geografiyasi.


1 Doniyorov A.X., Bо‘riyev O., Ashirov A. Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi. - T.: Yangi nashr, 2011. – B. 150-156.

Yüklə 29,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin