shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir.
Bundan kelib chiqqan holda kasbiy psixologiya – bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir, – deb aytish mumkin.
bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o‘z ichiga olib, u kasbiy maqsadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy hayotning tugallangungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu geteroxron jarayondan optatsiya, ya’ni kasbiy ta’lim va tayyorgarlik, profadaptatsiya, professionalizm hamda mahorat bosqichlarini ajratish mumkin. Kasbiy psixologiyaning asosiy konseptual qoidalari quyidagi jadvalda aks ettirilgan.