1. Xo`jalik yurituvchi subyektning pul mablag`larini ko`paytirishI, ularning ko`payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishda tahlilniNg muhimligi va asosiy vazifalari



Yüklə 61,14 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü61,14 Kb.
#162374
  1   2
Pul oqimlari tahlili


Pul oqimlari tahlili

Reja:



1.Xo`jalik yurituvchi subyektning pul mablag`larini ko`paytirishI, ularning ko`payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishda tahlilniNg muhimligi va asosiy vazifalari.
2.Korxonaning pul mablag`lari bilan ta`minlanganligi va ular oqimini tahlil qilishning o`ziga xos xususiyatlari.
3.Pul oqimi to`g`risidagi hisobotning tuzilishi va asosiy elementlari.
4.Pul oqimlarining kirimi va chiqimini samarali boshqarishda moliyaviy tahlilning o`rni.
5.Asosiy faoliyatdagi pul oqimlari tahlili. Moliyaviy va investitsion faoliyatdan pul oqimlari tahlili.
6.Pul oqimlarini tahlil qilishning to`g`ri va egri uslubi.
7.Pul oqimlarini boshqarishning omilli tahlili. Pul oqimlari harakatini tezlashtirish imkoniyatlarini aniqlash.
8.Pul oqimlaridagi o`zgarish tendensiyalarini tahlili. Foiz stavkalari va ularni hisoblash usullari.
9.Valyuta mablag`lari harakatining tahlili.

Xo`jalik yurituvchi subyektning pul mablag`larini ko`paytirish, ularning ko`payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishda tahlilning muhimligi va asosiy vazifalari


Pul mablag`larini oqilona boshqarish masalasi doimo mulk egalari va menejerlar e`tiboridagi masala bo`lib kelgan. Negaki, jo`natilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlar bo`yicha hisob-kitoblarning o`z vaqtida amalga oshirilmasligi oqibatida xo`jalik yurituvchi subyektning qarshi tomon oldidagi majburiyatlari ham ortib boradi. Natijada xo`jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli va natijaviyligida salbiy holatlar kuzatila boshlaydi. Shu sababli, naqdlikni ta`minlash, ularni to`g`ri boshqarish masalasiga doimo ham muhim ahamiyat qaratilmog`i lozim.
Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chog`ida pul oqimlari to`g`risidagi hisobot, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo`jalik yurituvchi subyektning pul mablag`larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga asos bo`lib xizmat qilishi bilan foydalidir. Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot pul tushumlari va to`lovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi: operatsion faoliyat, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning pul mablag`iga birgalikda ta`siri hisobot davrida pul mablag`ining sof o`zgarishini belgilab beradi. Pul oqimlari harakati to`g`risidagi axborot bo`lajak pul oqimlari prognozi to`g`riligini tekshirish chog`ida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o`zgarishi ta`siri o`rtasidagi aloqalarni tahlil qilish chog`ida zarur bo`ladi.
Pul mablag`lari oqimi yuzasidan quyidagi muhim tushunchalarni tasniflash lozim:
Pul mablag`lari – kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek‚ bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi mablag`lar.
Pul ekvivalentlari – ma`lum pul mablag`iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o`zgarishlar tufayli biroz xatari bo`lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar (moliyaviy qo`yilmalar).
Pul oqimlari – pul mablag`lari hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat.
Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot – hisobot davrida pul mablag`i oqimlarini batafsil ko`rsatuvchi ko`rsatkichlar yig`indisi.
Operatsion faoliyat – xo`jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga oid bo`lmagan o`zga xo`jalik faoliyati.
Investitsiya faoliyati – pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish.
Moliyaviy faoliyat – xo`jalik yurituvchi subyektning faoliyati bo`lib, uning natijasida o`z mablag`i va qarz mablag`lari miqdori va tarkibida o`zgarishlar yuz beradi.
Pul mablag`i ekvivalentlaridan asosan investitsiyalar va boshqa maqsadlar uchun emas, balki faqat qisqa muddatli majburiyatlar bo`yicha to`lovlar uchun foydalaniladi. Investitsiyalarni pul ekvivalenti deb hisoblash uchun ular erkin ravishda naqd pulga aylantiriladigan bo`lishi va qiymatining o`zgarishida biroz xavf bo`lishi lozim. Shu sababli‚ investitsiya qisqa muddatda to`lanadigan bo`lsa, ya`ni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy ichida to`lanadigan bo`lsa, uni pul ekvivalenti deb hisoblash mumkin bo`ladi.
Bank zayomlari moliyaviy faoliyatga taalluqlidir, lekin talab qilingan paytda to`lanadigan bank overdraftlari korxonalar pul mablag`ini boshqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu munosabat bilan bank overdraftlari pul mablag`ining tarkibiy qismi yoki ularning ekvivalenti hisoblanadi.
Pul oqimi pul mablag`lari va pul ekvivalentlari moddalari o`rtasidagi harakatni o`z ichiga olmaydi, chunki ular operatsion, moliyaviy yoki investitsiya faoliyatiga kirmaydi yoki xo`jalik yurituvchi subyektning pul mablag`larini boshqarishga taalluqlidir. Pul mablag`larini boshqarish pul mablag`lari va pul ekvivalentlarining ortiqchasini ishga solishni o`z ichiga oladi.
Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot hisobot davri davomida operatsiya, investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida xo`jalik yurituvchi subyekt olgan pul oqimlari to`g`risidagi ma`lumotlarni taqdim etishi lozim bo`ladi.
Operatsion faoliyat. Xo`jalik yurituvchi subyektning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi xo`jalik yurituvchi subyekt amalga oshiradigan operatsion faoliyati natijasida olinadigan pul oqimlari harakati ssudalarni to`lash, xo`jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni to`lash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik yetarli ekanini aks ettiruvchi asosiy ko`rsatkich hisoblanadi. Operatsion faoliyatdan keladigan oldingi pul oqimining ayrim qismlari to`g`risidagi axborotdan operatsion faoliyatdan bo`lajak pul oqimlarini prognoz qilish uchun axborotning boshqa turlaridan qo`shib foydalanish mumkin bo`ladi.
Operatsion faoliyatdan pul oqimi xo`jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Odatda xo`jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati mahsulotni sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmat ko`rsatishga qaratilgan bo`ladi. Operatsion faoliyatdan asosiy pul oqimiga quyidagilar kiradi:
tovarlarni sotish va xizmat ko`rsatishdan tushgan pul;
royalti, badallar, vositachilik haqi va o`zga yo`llar bilan pul mablag`lari tushumi;
tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib beruvchilarga pul to`lovlari;
xodimlarga va xodimlar nomidan to`lovlar;
sug`urta kompaniyasining sug`urta polislari bo`yicha mukofotlari, talablari, yillik va o`zga to`lovlari bo`yicha pul tushumlari va to`lovlari;
soliqlar bo`yicha pul to`lovlari yoki uning o`rnini bosuvchi to`lovlar, agar ular investitsiya va moliya faoliyatiga taalluqli bo`lmasa;
savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo`yicha pul tushumlari va to`lovlari;
boshqalar.
Asosiy vositalar birliklarini sotish kabi ayrim operatsiyalar bo`yicha foyda kelishi va zarar ko`rilishi mumkin, ular sof foyda yoki zarar qatoriga kiritiladi. Lekin bunday bitimlar bo`yicha pul oqimi investitsiya faoliyatidan chiqadigan pul oqimlariga kiritiladi.
Korxona vositachilik yoki savdo maqsadlari uchun qimmatli qog`ozlar yoki ssuda olgan bo`lishi mumkin, bunday holatlarda ular qayta sotish uchun xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarga o`xshash bo`ladi.
Investitsiya faoliyati. Xo`jalik yurituvchi subyekt investitsiya faoliyatidan keladigan pul oqimi to`g`risidagi axborotni alohida ko`rsatib beradi. Investitsiya faoliyatidan pul oqimi to`g`risidagi axborot kelajakda daromad va pul oqimi miqdorini belgilaydigan resurslar bo`yicha qilingan xarajatlar darajasini ko`rsatadi. Investitsiya faoliyatidan olingan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
asosiy vositalarni, nomoddiy va o`zga uzoq muddatli aktivlarni xarid qilishga pul to`lovlari. Bu to`lovlar tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilgan sarmoyalashtirilgan xarajatlar, shuningdek‚ xo`jalik sudi bilan amalga oshirilgan qurilishlar bilan bog`liq bo`lgan to`lovlarni o`z ichiga oladi;
asosiy vositalarni, nomoddiy va o`zga uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olingan pul tushumi;
boshqa subyektlarning aksiyalari yoki qarz majburiyatlarini hamda qo`shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotib olishga doir pul to`lovlari, pul ekvivalentlari hisoblangan yoki dilerlik maqsadlariga yoki savdo maqsadlariga saqlab qo`yilgan to`lov hujjatlari bo`yicha to`lovlar (veksellar kabi hujjatlar bo`yicha to`lovlar) dan tashqari;
boshqa subyektlarning aksiyalari va qarz majburiyatlarini hamda qo`shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan kelgan pul tushumlari, pul ekvivalenti hisoblangan yoki dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun saqlanayotgan veksel kabi to`lov hujjatlari bo`yicha tushumlar bunga kirmaydi;
boshqa taraflarga berilgan bo`naklar va kreditlar (moliyaviy muassasalarga berilgan bo`naklar va kreditlardan tashqari);
boshqa taraflarga berilgan bo`naklar va ssudalar qaytarilishidan pul tushumlari (moliyaviy muassasalarga berilgan bo`naklar va kreditlardan tashqari);
fyuchers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop bitimlar bo`yicha to`lovlar, ular diler yoki savdo maqsadlari uchun mo`ljallangan holatlar bundan mustasno bo`ladi yoki to`lovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi va boshqalar.
Moliyaviy faoliyat. Xo`jalik yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyatidan bo`ladigan pul oqimlari to`g`risidagi axborotni alohida ko`rsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan bo`lajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur bo`ladi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
aksiyalar yoki o`z mablag`i bilan bog`liq boshqa vositalarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari;
subyektlar aksiyalarining haqini to`lash yoki sotib olish uchun ularning egalariga to`lovlar;
ta`minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan berilgan ssudalardan, garovga qo`yilgan va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari;
zayomlarni to`lash;
moliyaviy lizing bo`yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun ijarachilarning to`lovlari;
va boshqalar.
Pul oqimini tahlil etishni o`rganish maqsadi va vazifalari.
Tahlil maqsadi: moliyaviy hisobot ma`lumotlari asosida pul oqimini obyektlari, faoliyat turlari, shakli va davri bo`yicha o`rganish orqali xo`jalik yurituvchi subyektning pul mablag`larini ichki va tashqi omillarga bog`liq holdagi o`zgarishlarini retrospektiv va perspektiv tahlilini amalga oshirish orqali ularni maqsadli boshqarishni yo`lga qo`yishdan iborat.
Tahlil vazifalari:
- pul oqimi to`g`risidagi hisobotni tasniflash, pul oqimini tarkib qatorlari bo`yicha o`rganish;
- pul oqimini joriy tahlilini va istiqboldagi prognozlarini tashxislash;
- pul oqimining sof kirimi va chiqimiga baho berish orqali biznes samaradorligiga baho berish;
- pul oqimining moliyaviy holat va barqarorlikka ta`sir darajasini, ular naqdligining likvidlik va to`lovga qobillikka ta`sirini baholash;
- operatsion va moliyaviy richaglar orqali pul oqimini moliyaviy koeffitsiyentlarda baholash;
- pul oqimini taktik boshqarishning aniq chora-tadbirlarini belgilab berish va ularni amalga oshirish.
Tahlil uchun zarur bo`lgan ma`lumotlar va ularning kamchiliklari. Tahlil uchun zarur bo`lgan ma`lumot moliyaviy hisobotning 4-shakli bo`lgan “Pul oqimi to`g`risida”gi hisobotdan olinadi. Hisobot kassa usulida tuziladi. Tuzish davriyligi bo`yicha yarim yillik va yillik muddat belgilangan.
Inflyatsiya darajasi, moliyaviy hisobotlarni tuzish davriyligining uzoqligi, hisobga olish va kassali usulning muvofiq kelmasligi, pul oqimi to`g`risidagi analitik ma`lumotlarni olish imkoniyatlari cheklanganligi, axborotlarning ishonchligidagi muammoli jihatlar tahlilning eng muhim kamchiliklari hisoblanadi.

Korxonaning pul mablag`lari bilan ta`minlanganligi va ular oqimini tahlil qilishning o`ziga xos xususiyatlari


Xo`jalik yurituvchi subyekt pul mablag`lari va ularning ekvivalentlarini keltirib chiqarish, shuningdek‚ keltirib chiqarilgan pul mablag`lari va ularning ekvivalentlaridan maqsadli va samarali foydalanish juda qiyin jarayon. Ya`ni pulni topish qiyin uni ishlatish undanda qiyin.


Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida, xo`jalik jarayonlarida doimo pul mablag`lari va ularning ekvivalentlariga zaruriyat seziladi. Negaki barcha munosabatlar ushbu oqim harakati bilan boshlanadi va tugaydi. Barcha moliyaviy munosabatlar ham ushbu birlik orqali tartiblanadi.
Har bitta xo`jalik yurituvchi subyekt yetarli miqdorda pul va pul ekvivalentlari bilan ta`minlangan holdagina uning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyati uzluksizligi ta`minlanadi. Agar ta`minotda uzilish bo`ladigan yoki zaruriy likvid mablag`larga yetishmovchiliklar kuzatiladigan bo`lsa bunday subyektning nafaqat operatsion faoliyati‚ balki butun xo`jalik faoliyatida tanglik yuzaga keladi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi va uni boshqarish yanada murakkablashadi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarning daromad keltiruvchi faoliyat turlari, shakllari qanchalik farqli bo`lmasin, ularning pul mablag`lari va pul ekvivalentlariga bo`lgan ehtiyojlari bir xil sabablardan kelib chiqadi. Bu uzluksiz va davomli faoliyatni amalga oshirish aktivlarni sotib olish va joylashtirish, o`z majburiyatlarida amalga oshirish, investorlarga daromadlarini to`lash yuzasidan zaruriy amallarning bir xilligidan kelib chiqadi.
Pul mablag`larining manbalarida birinchi navbatda xususiy kapitalning shakllanishiga ahamiyat qaratish lozim. Xususiy kapital xo`jalik yurituvchi subyektning boshlang`ich kapitalidir. Ushbu kapital asosiy va aylanma kapital minimumini ta`minlab beradi.
Pul oqimlarining shakllanishi va ularning ishlatilishidagi umumiy jihatlar bilan bir qatorda albatta har bitta korxonaning ularning harakati, tezligi yuzasidan o`ziga xos jihatlari mavjud. Masalan: pul va pul ekvivalentlarining harakati savdoda, umumiy ovqatlanishda, qurilishda, sanoatda, qishloq xo`jaligida bir-biridan tubdan farq qiladi. Bu tarmoq va bo`g`inning, korxona faoliyatining o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Pul mablag`laridan samarali foydalanishni tashkil etish ko`p jihatdan korxonalarda pul mablag`larining harakatini optimal boshqarishni tashkil etilganligiga va ular ustidan nazoratni yo`lga qo`yilganlik darajasiga bog`liq. Biroq, ko`plab korxonalarda pul mablag`lari va pul ekvivalentlarini boshqarish va doimiy nazorat qilishdagi kamchiliklar tufayli moliyaviy natijaviylikdagi ijobiy holat, debitorlik majburiyatlarini oshirib yuborish, undirilmagan qarzdorlikning ko`payishi hisobiga moliyaviy holat yomonlashganligini ko`rish mumkin. To`g`ri bu holat keyingi faoliyatlar uchun manba sifatida qaralishi mumkin, lekin ularning doimiy aylanishdan chetlanishlari tufayli korxona ish faolligi, likvidligi sustlashadi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi. Shu sababli, pul mablag`larini boshqarishda har bitta korxonaning pul mablag`lari va pul ekvivalentlarining faoliyat uzluksizligini ta`minlash, majburiyatlarning ortib ketishiga yo`l qo`ymaydigan taktik boshqaruvini yo`lga qo`yish choralarini ko`rish lozim bo`ladi.
Pulni aylanish doiraviy aylanishlarini tarmoq va faoliyat turlari bo`yicha farqlanishini quyidagi jadval ma`lumotlaridan ham aniq ko`rish mumkin.

Pul mablag`lari va pul ekvivalentlarining faoliyat shakllari bo`yicha doiraviy aylanishlari






Aylanish muddati




0-1-kun

1-2-kun

2-3-kun ...










Savdo (chakana), umumiy ovqatlanish, aloqa

Naqd pul
50 mln

Tovar sotib olindi
50 mln

Tovar qayta sotildi
Naqdlik
75 mln

x

x

x




Aylanish muddati




0-1-oy

1-2-oy

2-3-oy

3-4-oy

4-5-oy ....




Sanoat, transport,

Naqd pul
50 mln

TMZ sotib olindi
50 mln

Boshqa xarajatlar
30 mln

Tovar zaxiraga olindi
80 mln

Tovar sotildi
100 mln

x




Aylanish muddati




0-1-yil

1-2 yil

2-3-yil

3-4-yil

4-5-yil

5-6-yil...

Qurilish, qishloq xo`jaligini ayrim bo`g`inlari

Naqd pul
50 mln

TMZ sotib olindi
50 mln

Xarajatlar
55 mln

Tugallanmagan ishlab chiqarish
25 mln

Tovar zaxiraga olindi
85 mln

Tovar sotildi
125 mln

Zaxiralar (tovarlar, tayyor mahsulotlar) ning pul mablag`lari va pul ekvivalentlariga aylanish davriyligining sotish shakllari bo`yicha ham farqlash mumkin.

Pul mablag`lari va pul ekvivalentlarining sotish shakllari bo`yicha farqlanishi



Ko`rsatkichlar

Aylanish muddati

Zaxiralarni naqdga va naqdsiz sotish

1-kun

2-kun

3-kun

4-kun

5-kun

6-kun....

Zaxiralarni kreditga sotish

1-oy,
(1-yil)

2-oy,
(2-yil)

3-oy,
(3-yil)

4-oy,
(4-yil)

5-oy,
(5-yil)

6-oy...,
(6-yil)...

Zaxiralarni chegirma va ustama asosida sotish

1 oygacha
20 foiz chegirma

2 oygacha
15 foiz chegirma

3 oygacha
10 foiz chegirma

4 oygacha
5 foiz ustama

5 oygacha
10 foiz
ustama

6 oygacha
15 foiz ustama

Tarmoq va bo`g`inlarda xo`jalik yurituvchi subyektlarning pul oqimida faoliyat turlarining salmoq darajalari ham turlicha bo`ladi. Buni bevosita quyidagi jadval ma`lumotlaridan ko`rib o`tish mumkin.


Pul mablag`lari va pul ekvivalentlarining faoliyat bo`g`inlari bo`yicha salmoq darajalari



Kirim / Chiqim

Operatsion faoliyatdan chiqim

Investitsion faoliyatdan chiqim

Moliyaviy faoliyatdan chiqim

Opreatsion faoliyatdan kirim

Sanoat, savdo, transport, qishloq xo`jaligi, qurilish, umumiy ovqatlanish

Sanoat, transport, qurilish

Sanoat

Investitsion faoliyatdan kirim

Sanoat, transport,qurilish

Sanoat, qurilish

Sanoat, qurilish

Moliyaviy faoliyatdan kirim

Sanoat

Sanoat

Sanoat

Balans

xxx

xxx

xxx

Pul oqimi to`g`risidagi hisobotning tuzilishi va asosiy elementlari


Korxona moliyaviy holatini tahlil qilish bilan shug`ullanayotgan har bir xodim moliyaviy hisobot shakllarini, shu jumladan, pul oqimi to`g`risidagi hisobot shaklini erkin o`qiy olishi, uning moddalarini tushunishi, shuningdek‚ xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishni bilishlari kerak.


Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotda pul mablag`lari harakati bilan bog`liq bo`lgan moliyaviy resurslardagi barcha o`zgarishlar aks ettiriladi.
Pul oqimi to`g`risidagi hisobotda operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan pul mablag`larining harakati aks ettiriladi.
Moliyaviy hisobotda kundalik xo`jalik faoliyati jarayonida sodir bo`lgan pul mablag`laridagi barcha o`zgarishlar shunday tartibda aks ettirilishi lozimki, u pul mablag`lari bilan ularga ekvivalent bo`lganlar o`rtasida, ya`ni, qisqa muddatli va yuqori likvid investitsiyalar, erkin ayirboshlanadigan pul mablag`lari o`rtasida o`zaro bog`liqlikni aniqlash imkonini ta`minlasin.
Pul oqimi to`g`risidagi hisobotga “Valyuta mablag`larining harakati to`g`risida ma`lumotnomaˮ ilova qilinib, unda davr boshi va oxiriga bo`lgan qoldiqlar, valyuta mablag`lari tushumi va harakati to`g`risidagi ma`lumotlar aks etadi.
Korxonaning moliyaviy ahvoli ko`p jihatdan real pul aylanmasiga bog`liq. Korxonaning hisob-kitob va o`zga hisob raqamlari orqali o`tadigan pul mablag`larining kelib tushishi va ularning sarflanishiga pul mablag`lari oqimi deyiladi.
Pul mablag`lari oqimini tahlil qilish uchun 4-shakl “Pul mablag`lari to`g`risidagi hisobotˮ moliyaviy hisoboti, shuningdek, 1-sh shaklidagi “Korxona (tashkilot) moliyaviy faoliyatining asosiy ko`rsatkichlari to`g`risidaˮgi statistika hisoboti asosiy ma`lumot manbai bo`lib xizmat qiladi.
Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot – moliyaviy hisobot hujjati bo`lib, unda joriy xo`jalik faoliyati jarayonida pul mablag`lari kelib tushishi, sarflanishi va ularning yil boshi va oxiridagi qoldig`i, shuningdek, investitsiya va moliyaviy faoliyatga yo`naltirilgan pul mablag`lari aks ettiriladi. Pul mablag`lari oqimiga so`m va valyutadagi pul mablag`lari kiritiladi.
Pul mablag`lari aylanma aktivlarning eng likvid qismi hisoblanadi. Xo`jalik faoliyati, moliya munosabatlari pul mablag`larini turli aktivlarga ishlatish va uning yakunida oldingi jarayonlarning yutug`i hisoblangan foydaga ega bo`lishni nazarda tutadi. Jarayonlar ishlab chiqarilgan mahsulot (ish va xizmat) lar o`z egalari tomonidan tan olingan va tasarruf etishga qabul qilingan holda ularga tegishli bo`lgan qiymatliklar sotuvchiga to`la to`lab berilsa yakuniga yetadi. Bu esa jarayonning yangi siklini boshlash uchun ham manba hisoblanadi.

Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot



Ko`rsatkichlar nomi

Satr kodi

Kirim

Chiqim

1

2

3

4

Operatsion faoliyat










Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan kelib tushgan pul mablag`lari

010

4 517 395,6




Material, tovar, ish va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to`langan pul mablag`lari

020




1 725 282,9

Xodimlarga va ular nomidan to`langan pul mablag`lari

030







Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlar va to`lovlari

040

1 921 254,7

4 320 200,4

Jami: operatsion faoliyatning sof pul kirimi / chiqimi (satr 010-020-030+/-040

050

6 438 650,3

6 045 483,3

Investitsiya faoliyati










Asosiy vositalarni sotib olish va sotish

060

1 484,1




Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish

070







Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish

080

349 357,3




Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to`lovlari

090







Jami: investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (satr 060+/-070+/-080+/- -090



100

350 841,4




Moliyaviy faoliyat










Olingan va to`langan foizlar

110

374 998,1




Olingan va to`langan dividendlar

120







Aksiyalar chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog`liq bo`lgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlari

130







Xususiy aksiyalar sotib olingandagi pul to`lovlari

140







Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar bo`yicha pul tushumlari va to`lovlari

150







Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo`yicha pul tushumlari va to`lovlari

160







Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to`lovlari

170







Jami: moliyaviy faoliyatning sof pul kirim / chiqim (satr 110+/-120 +130-140+/-150+/-160+/-170)

180

374 998,1




Soliqqa tortish










To`langan daromad (foyda) solig`i

190




565 531,2

To`langan boshqa soliqlar

200




16 210,7

Jami: to`langan soliqlar (satr 190+200)

210




581 741,9

Jami: moliyaviy-xo`jalik faoliyatining sof pul kirimi / chiqimi (satr 050+/-100+/-180-210)

220

7 164 489,8

6 627 225,2

Yil boshidagi pul mablag`lari

230

240 164,7




Yil oxiridagi pul mablag`lari

240

777 429,3




Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot, boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda foydalanilganda, foydalanuvchilarga xo`jalik yurituvchi subyektning sof aktivlaridagi o`zgarishlarni, ularning moliyaviy strukturasi (likvidligi va to`lov qobiliyati) ni va o`zgarayotgan imkoniyatlar va sharoitlarga moslashish maqsadida o`zining pul oqimlari summasi va muddatlariga ta`sir ko`rsata olish qobiliyatini baholash uchun ma`lumot bilan ta`minlaydi. Pul oqimlari to`g`risidagi ma`lumotlar xo`jalik yurituvchi subyektning pul mablag`lari va ularning ekvivalentlarini keltirib chiqarish imkoniyatlarini baholashda foydalidir, hamda foydalanuvchilarga har xil xo`jalik yurituvchi subyektlarga tegishli kelgusi pul oqimlarining keltirilgan (diskontlangan) qiymatini baholash va solishtirish modellarini ishlab chiqish imkonini beradi. U, shuningdek, turli xil xo`jalik yurituvchi subyektlarning operatsion faoliyati ko`rsatkichlari haqidagi hisobotlarining qiyoslanuvchanligini oshiradi, chunki u bir xil operatsiya va hodisalarning turlicha hisobga olinishi oqibatlarini bartaraf qiladi.


Oldingi davrlardagi pul oqimlari to`g`risidagi axborotdan ko`pincha kelgusi pul oqimlarining summasi, muddati va aniqligining ko`rsatkichi sifatida foydalaniladi. U, shuningdek, kelgusi pul oqimlari bo`yicha oldingi baholarning to`g`riligini tekshirishda, hamda foydalilik va sof pul oqimlari orasidagi bog`liqlikni va o`zgaruvchan narxlarning ta`sirini o`rganishda foydalidir.
Korxona menejerlarining eng muhim e`tibori pul tushumlarini ko`paytirishga va xarajatlarni kamaytirishga qaratiladi. Bu borada birinchi navbatda ishlab chiqarish va sotish jarayonlarida debitorlik majburiyatlarini doimiy nazorat qilish, zaxiralarni tartiblash, kreditorlik majburiyatlari va qarzlarga bog`lanmaslik siyosatini yuritilishi talab etiladi. Shu sababli, pul oqimini quyidagi yo`nalishlar bo`yicha doimiy o`rganib turish talab etiladi.

Pul oqimining yo`nalishlari (cash flow)



Pul oqimi

Mazmuni

Kirimi va chiqimi

Asosiy faoliyatdan

Xo`jalik yurituvchi subyekt amalga oshiradigan operatsiya faoliyati natijasida pul mablag`lari kirimi va chiqimi

+sof foyda
+amortizatsiya ajratmalari

+zaxiralar va debitorlik majburiyatlarning qisqarishi

-zaxira va debitorlik majburiyatlarining ortishi

-majburiyatlarning kamayishi +majburiyatlarning ortishi

Investitsion faoliyatdan

Kelajakda daromad va pul oqimi miqdorini belgilaydigan resurslar yuzasidan pul mablag`lari kirimi va chiqimi

+oborotdan tashqari aktivlarning chiqib ketishi (uskunalarning sotilishi)

-oborotdan tashqari aktivlarning o`sishi

+hissali qatnashishning sotilishi

-hissali qatnashishning sotib olinishi

Moliyaviy faoliyatdan

Moliyaviy faoliyatdan pul mablag`lari kirimi va chiqimi (operatsion va investitsion faoliyatdan o`zga faoliyatdan pul mablag`lari kirimi va chiqimi)

+yangi kreditlarning olinishi
-kreditlar yuzasidan foiz to`lovlarining qoplanishi

+yangi aksiyalarning chiqarilishi

+obligatsiyalarni sotib olish va qoplash yuzasidan to`lovlar

+aksiyalar emissiyasi
- dividend to`lovlari

Sof kirim va chiqim

OF+IF+MF




Korxonada pul oqimini quyidagi qatorlarini berib o`tish mumkin: shakllanishi; faoliyat yo`nalishlari; pul oqimini natijaviyligi; hisoblash usuli, sof qiymati, davriyligi bo`yicha.

Pul oqimining tarkiblanishi





Pul oqimi

Tarkib qatorlari

1

Shakllanish doirasi bo`yicha

Korxona bo`yicha umumiy pul oqimi

Tarkibiy bo`limlar, filiallar bo`yicha pul oqimi

Xo`jalik faoliyati turlari bo`yicha pul oqimi

Alohida xo`jalik jaryonlari bo`yicha pul oqimi

2

Faoliyat yo`nalishlari bo`yicha

Operatsion faoliyatdan

Investitsion faoliyatdan

Moliyaviy faoliyatdan

3

Natijaviyligi bo`yicha

Ijobiy pul oqimi

Salbiy pul oqimi

4

Hajmni hisoblash usuli bo`yicha

Yalpi pul oqimi

Sof pul oqimi

5

Sof qiymati bo`yicha

Ortiqchalik

Yetishmovchilik

6

Davriyligi bo`yicha

Joriy pul oqimi

Kelgusi pul oqimi

Korxonalarning pul oqimlarini moliyaviy hisobot ma`lumotlari asosida jamlangan qatorlari bo`yicha tahlil qilish ularning umumiy o`zgarishlariga gorizontal va vertikal usullarda baho berishdan boshlanadi.

Sof pul oqimining gorizontal va vertikal tahlili





Ko`rsatkichlar

O`tgan yilning shu davrida

Hisobot davrida

O`zgarishi

O`sish darajasi, %

O`sish darajasi, %

Summa, ming so`m

Salmog`i, %

Summa, ming so`m

Salmog`i, %

Summa, ming so`m

Salmog`i, %

1.

Asosiy faoliyatdan sof pul oqimi

195,0

487,5

192,0

274,3

-3,0

-10,0

98,5

-1,5

2.

Investitsion faoliyatdan sof pul oqimi

-115,0

-287,5

-212,0

-302,9

-97,0

-323,3

184,3

84,3

3.

Moliyaviy faoliyatdan sof pul oqimi

-40,0

-100,0

90,0

128,6

130,0

433,3

-225,0

-325,0

4.

Natijaviy sof pul oqimi

40,0

100,0

70,0

100,0

30,0

100,0

175,0

75,0

Tahlil etishda pul mablag`lari va pul ekvivalentlarining jamlangan qatorlari har bitta faoliyat turidan pul mablag`lari va pul ekvivalentlarini baholash bilan pul oqimining ichki o`zgarishlari va ularning tendensiyalariga baho beriladi.


Asosiy faoliyatdan pul oqimini tarkibiy tahlili



Ko`rsatkichlar

O`tgan yilning shu davrida

Hisobot davrida

O`zgarishi

O`sish darajasi, %

O`sish darajasi, %

Summa, ming so`m

Salmog`i, %

Summa, ming so`m

Salmog`i, %

Summa, ming so`m

Salmog`i, %

1.

Asosiy faoliyatdan pul mablag`lari kirimi:

4 426,0

100,0

5 466,0

100,0

1 040,0

100,0

123,5

23,5

1.1.

Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan pul mablag`lari

4 342,0

98,1

5 361,0

98,1

1 019,0

98,0

123,5

23,5

1.2.

Boshqa kirimlar

84,0

1,9

105,0

1,9

21,0

2,0

125,0

25,0

2.

Asosiy faoliyatdan pul mablag`lari chiqimi:

4 231,0

100,0

5 274,0

100,0

1 043,0

100,0

124,7

24,7

2.1.

Material, tovar, ish va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to`langan pul mablag`lari chiqimi

3 095,0

73,2

3 796,0

72,0

701,0

67,2

122,6

22,6

2.2.

Xodimlar va ular nomidan to`langan pul mablag`lari

580,0

13,7

792,0

15,0

212,0

20,3

136,6

36,6

2.3.

Dividendlar va foizlar to`lovi

222,0

5,2

198,0

3,8

-24,0

-2,3

89,2

-10,8

2.4.

Soliqlar va yig`imlar bo`yicha chiqim

210,0

5,0

284,0

5,4

74,0

7,1

135,2

35,2

2.5.

Boshqa xarajatlar

124,0

2,9

204,0

3,9

80,0

7,7

164,5




Pul oqimlarini bashoratlash


Bashoratlash - (grekcha prgognoses – oldindan ko`rish) moliyaviy menejmentda uzoq istiqbolga moliyaviy holatni bir butun holda va turli qismlarini o`zgartirishni ishlab chiqish tushuniladi. Bashoratlash – bu obyektni yoki hodisani kelajakdagi me`yoriy yoki maqbul holatlari, ularga erishish va ularni ro`yobga chiqarishning alternativ yo`llari to`g`risidagi ehtimolga yaqin tasavvurni ishlab chiqishdir. Bashoratlash – boshqarishning iqtisodiy usullaridan biri bo`lib, iqtisodiy tizimning kelgusidagi holatini aniqlab beruvchi rejalar ishlab chiqish va amalga oshirish yo`llari, usullari va vositalari yig`indisidir.
Naqd pul oqimining bashorati biznes rejaning muhim jihatlaridan biridir. Bu orqali naqd pul oqimini nazorat qilish, yuzaga kelayotgan muammolarni oldini olish yoki mavjud imkoniyatlardan foydalanish mumkin bo`ladi.
Naqd pul oqimi bashorati qachon daromad olishni va qachon xarajatlarni qoplash zarurligini ko`rsatadi.
Naqd pul oqimi bashoratlari o`z ichiga quyidagilarni olishi shart: sotuvlardan tushgan barcha tushumlar va xaridorlardan olingan naqd pullarni; barcha xomashyo, qimmatli qog`ozlar, ko`chmas mulk va boshqalar uchun to`lovlarni; boshqa xarajatlar uchun to`lovlarni; oylik maosh, mukofot va boshqalar bo`yicha chiqimlarni; uskuna va texnologiyalar xarid qilishni; kredit, grant yoki korxonaga jalb qilinayotgan boshqa resurslarni; kredit bo`yicha to`lovlarni; soliqlar va majburiy to`lovlarni, ular bo`yicha qarzlarni.
Bashoratlashda o`ta aniqlikni ta`minlash qiyin jarayon. Lekin bu aniqlikni risklarni to`g`ri baholash orqali oshirish imkoni albatta mavjud.
Pul oqimini bashoratlash aniq olingan muddatlarga (kelgusi oylar, choraklar, yillar kesimida amalga oshiriladi. Uning metodik jihatlarini quyida berib o`tishimiz mumkin:
1. Davr oralig`ida pul kirimini bashoratlash. Pul kirimini asosiy manbasi bu mahsulot (ish va xizmat) larni sotishdan tushadi. Bu borada tayyor mahsulot (ish va xizmat) larni sotishdan pul kirimini o`rtacha ko`rsatkichi (koeffitsiyenti, davri) aniqlanadi. Ushbu birlik orqali yaqin oylarda va yil davomida kelishi kutilayotgan pul mablag`lari kirimini aniqlash mumkin. Shuningdek, balans usuli asosida mahsulot (ish va xizmat) larni sotishdan sof pul kirimini aniqlash yuzasidan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining davr boshi va oxiriga qoldiqlari farqi sotish hajmiga qayta hisob-kitob qilish orqali naqd pul mablag`lari kirimi ham aniqlanadi.
Bashoratlashda aniqroq hisob-kitoblarni amalga oshirishda debitorlik majburiyatlarining oldingi chorakliklar bo`yicha o`zgarishlarini ham asos sifatida olish mumkin.
Boshqa faoliyat turlari bo`yicha pul mablag`lari kirimi oldingi oylar va choraklar natijasiga qarab belgilanadi va asosiy faoliyatdan pul mablag`lari kirimiga qo`shiladi.
2. Davr oralig`ida pul mablag`lari chiqimini bashoratlash. Birinchi navbatda naqd pul chiqimi belgilanadi. Uning muhim tarkibiy birligi mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo`lgan kreditorlik majburiyatlarini qoplash hisoblanadi.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga bo`lgan kreditorlik majburiyatlarining to`lov muddatlarini kechiktirilishi korxona uchun boshqa moliyalashtirish manbasi ham bo`lishi mumkin. Shu sababli‚ ko`pincha xo`jalik subyektlari ushbu majburiyatlarni imkon qadar kechiktirishga harakat qiladilar.
Kreditorlik majburiyatlarining salmoq ulushi ish haqi bo`yicha majburiyatlarga, soliq va majburiy to`lovlar bo`yicha majburiyatlar qatoriga ham to`g`ri keladi.
3. Sof pul oqimini aniqlash. Bashorat qilinadigan sof pul oqimi ularning kirim va chiqimini farqlash asosida aniqlanadi. Natija ijobiy (ortiqchalik) va salbiy (yetishmovchilik) shaklida bo`lishi mumkin
4. Pul mablag`lariga bo`lgan qisqa muddatli moliyalashtirishning umumiy hajmini aniqlash. Moliyalashtirish yuzasidan ko`pgina xo`jalik yurituvchi subyektlari qisqa va uzoq muddatli bank kreditlari, ssudalarini jalb etishni maqbul ko`rishadi. Uning hajmi albatta bashoratlangan sof pul oqimiga qarab belgilanadi.
Pul oqimlarini bashorati

Ko`rsatkichlar nomi

1-chorak

2-chorak

3-chorak

4-chorak

1

3

4

5

6

1.Operatsion faoliyat













Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan kelib tushgan pul mablag`lari

160.0

185.0

195.0

205.0

Material, tovar, ish va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to`langan pul mablag`lari

100.0

105.0

115.0

125.0

Xodimlarga va ular nomidan to`langan pul mablag`lari

25.0

28.0

32.0

35.0

Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to`lovlari

15.0

15.0

15.0

15.0

Jami: operatsion faoliyatning sof pul kirimi / chiqimi (satr 010-020-030+/-040

100.0

123.0

127.0

140.0

Investitsiya faoliyati













Asosiy vositalarni sotib olish va sotish

-135.0

-125.0

-150.0

-150.0

Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish

-10.0

-10.0

-10.0

-10.0

Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish

25.0

25.0

25.0

25.0

Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to`lovlari

15.0

15.0

15.0

15.0

Jami: investitsion faoliyatning sof pul kirimi / chiqimi (satr 060+/-070+/-080+/-090

-105.0

-95.0

-120.0

-120.0

Moliyaviy faoliyat













Olingan va to`langan foizlar

10.0

15.0

15.0

15.0

Olingan va to`langan dividendlar

-

-

-

-

Aksiyalar chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog`liq bo`lgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlari

-

-

-

-

Xususiy aksiyalar sotib olingandagi pul to`lovlari

-

-

-

-

Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar bo`yicha pul tushumlari va to`lovlari

25.0

25.0

25.0

25.0

Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo`yicha pul tushumlari va to`lovlari

35.0

35.0

35.0

35.0

Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to`lovlari

10.0

5.0

5.0

5.0

Jami: moliyaviy faoliyatning sof pul kirim / chiqim (satr 110+/-120+130-140+/-150+/-160+/-170)

70.0

65.0

65.0

65.0

Soliqqa tortish













To`langan daromad (foyda) solig`i

35.0

35.0

35.0

35.0

To`langan boshqa soliqlar

10.0

10.0

10.0

10.0

Jami: to`langan soliqlar (satr 190+200)

45.0

45.0

45.0

45.0

Jami: moliyaviy-xo`jalik faoliyatining sof pul kirimi / chiqimi (satr 050+/-100+/-180-210)

100.0

138.0

117.0

130.0

Asosiy faoliyat, moliyaviy va investitsion faoliyatdan pul oqimlari tahlili


Operatsion faoliyatdan pul mablag`lari kirimi va chiqimida: hisobot davrida sotilgan mahsulot (ish va xizmat)lar uchun korxonaning bank hisobvaraqlari va kassasiga kelib tushgan pul mablag`lari summasi; mahsulot yetkazib beruvchilarga materiallar, tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to`langan pul mablag`lari summasi; xodimlarga mehnatga haq to`lash ko`rinishida to`langan pul mablag`lari summasi, shuningdek‚ davlat maqsadli jamg`armalariga to`langan mablag`lar summalari, byudjetga jismoniy shaxslar daromad solig`ini to`lash, kasaba uyushmasiga ajratmalar, alimentlar, uy-joy fondiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari bo`yicha to`lash, xodimlarga ko`rsatiladigan xizmatlar uchun korxonaning haq to`lashi, kassadan va bank hisobvaraqlaridan xodimlar bilan va ular nomidan operatsiyalarga doir boshqa sarflar; operatsion faoliyatga doir boshqa pul tushumlari va chiqimlari (royalti, turli xil taqdirlashlar, komission yig`imlar va boshqa operatsion faoliyatdan to`langan pul mablag`lari kirimi va chiqimi); operatsion faoliyatning sof pul kirimi yoki chiqimi aks etadi.
Investitsion faoliyatdan pul mablag`lari kirimi va chiqimida: asosiy vositalarni xarid qilganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchilarga to`langan pul mablag`lari summalari, asosiy vositalarni sotishdan kelib tushgan mablag`lar summalari; nomoddiy aktivlarni xarid qilganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchiga to`langan pul mablag`lari, nomoddiy aktivlarni sotganlik uchun kelib tushgan mablag`lar summalari; qimmatli qog`ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini xarid qilish uchun to`langan pul mablag`lari summasi, shu jumladan vositachilarga komission taqdirlashlar va birjada to`langan foizlar, qimmatli qog`ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini sotishdan kelib tushgan pul mablag`lari summasi aks ettiriladi; boshqa investitsion faoliyatga oid to`langan pul mablag`lari kirim va chiqimi; investitsion faoliyatning sof pul kirimi yoki chiqimi aks etadi.
Moliyaviy faoliyatdan pul mablag`larining kirimi va chiqimida: olingan (kirim) va to`langan (chiqim) foizlar summalari; olingan (kirim) va to`langan (chiqim) dividendlar summalari; hisobot yilida chiqarilgan (sotilgan) aksiyalar yoki o`z sarmoyasi bilan bog`liq boshqa dastaklar uchun aksiyadorlardan kelib tushgan pul mablag`lari summasi; sotib olingan xususiy aksiyalarni sotishdan kelib tushgan pul mablag`lari summalari, shuningdek‚ korxonada bo`lgan xususiy aksiyalar, hissalar va paylar uchun, ularni keyingi sotish yoki yo`q qilish (bekor qilish) maqsadida, egalariga to`langan pul mablag`lari summasi; hisobot davrida kelib tushgan kreditlar va qarzlar (kirim) summasi, kreditlar va qarzlar bo`yicha to`lovlar summasi (chiqim); ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to`langan pul mablag`lari, ijarachidan (lizing oluvchidan) kelib tushgan pul mablag`lari summasi; boshqa moliyaviy faoliyatga oid to`langan va olingan pul mablag`lari summasi; moliyaviy faoliyatdan sof pul mablag`lari kirimi yoki chiqimi aks etadi.
Soliqqa tortish pul mablag`lari chiqimi qatorida: to`langan daromad (foyda) solig`i, to`langan boshqa soliqlar va jami to`langan soliqlar yuzasidan chiqimlar aks etadi.
Pul oqimlarini tahlil qilishning to`g`ri va egri uslubi
To`g`ri usulda tahlilning metodologik asoslari.
To`g`ri usul – xo`jalik faoliyatidan pul mablag`lari harakatini ijobiy va salbiy farqlanishlarini aniqlashning kassa usulida hisob-kitob qilinishidir.
Pul mablag`larini to`g`ri usulda tahlil etishning metodologik asosi balans usuli hisoblanadi. Uning mazmunini quyidagilar tashkil etadi:
- pul qiymatliklarining davriy qiymatini hisobga olmaslik
- pul mablag`larini qoldiq qismini aniqlash quyidagi tenglikka teng:
PMdb + PMk - PMch = PMdo
Bu yerda:
PMdb, PMdo – pul mablag`larining davr boshi va oxiriga qoldig`i;
PMk – pul mablag`lari kirimi;
PMch – pul mablag`lari chiqimi.
-jadval
Pul oqimi to`g`risidagi hisobot qatorlari

Ko`rsatkichlar

Kod

Pul mablag`larining davr boshiga qoldig`i

010

Asosiy (joriy) faoliyatdan pul mablag`larining harakati




Xaridor va buyurtmachilardan olingan pul mablag`lari

120

Boshqa kirimlar

130

Mahsulot (ish, xizmat)larni, xomashyo va boshqa aylanma aktivlarni olib kelishga yo`naltirilgan pul mablag`lari

150

Ish haqiga

160

Dividendlar, foizlar to`loviga

170

Soliqlar va turli yig`imlarga

180

Boshqa xarajatlarga

190

Asosiy (joriy) faoliyatdan pul mablag`larining sof kirimi

020

Investitsion faoliyatdan pul mablag`larining kirimi




Asosiy vositalar va boshqa oborotdan tashqari aktivlarni sotib olishdan tushumlar

210

Olingan foizlar

240

Asosiy vositalar olib kelishga, moddiy va nomoddiy aktivlarga daromadli qo`yilmalar

290

Qimmatli qog`ozlar va boshqa moliyaviy qo`yilmalarni olish

300

Boshqa korxonalarga berilgan qarzlar

310

Investitsion faoliyatdan sof pul mablag`larining harakati

340

Moliyaviy faoliyatdan pul mablag`larini harakati




Boshqa korxonalardan olingan qarz va kreditlar

420

Qarz va kreditlarni qoplash (foiz to`lovisiz)

430

Moliyaviy faoliyatdan sof pul mablag`lari harakati

040

Pul va pul ekvivalentlarining sof o`sishi (kamayishi)

050

Pul mablag`larining davr oxiriga qoldig`i

060

Pul oqimini asosiy faoliyat bo`yicha ijobiy natijasi moliyaviy salohiyatning yaxshiligini ifoda etadi

Faoliyat turlari bo`yicha pul oqimi





Ko`rsatkichlar

O`tgan yilning shu davrida

Hisobot davrida

O`zgarishi (+,-)

O`sish darajasi, %

Summa, ming so`m

Salmog`i, %

Summa, ming so`m

Salmog`i, %

Summa, ming so`m

Salmog`i, %

1

Davr boshiga pul mablag`lari qoldig`i

124.5

-

171.9

-










2

Pul mablag`larining jami kirimi:

4 828.0

100

6 280.0

100

1 452

-

130.0




Shu jumladan faoliyat turlari bo`yicha:
-asosiy faoliyatdan

3 062.0

63.4

4 821.0

76.7

1 759.0

13.3

157.4




-investitsion

1 260.0

26.0

889.0

14.2

-370

-11.8

175.6




-moliyaviy

506.0

10.6

570

9.1

64

-1.6

112.6

3

Pul mablag`larining jami chiqimi

4 780.7

100

5 983.0

100

-

-

125.1




Shu jumladan faoliyat turlari bo`yicha:
-asosiy faoliyatdan

2 180.4

45.6

3 168.0

52.9

987.6

9.2

145.3




-investitsion

1 767.2

37.0

2 256.0

37.7

488.8

-2.3

127.6




-moliyaviy

833.1

17.4

559.0

9.4

274.1

-8.9

67.1

4

Davr oxiriga pul mablag`lari qoldig`i

171.9

-

468.9

-

297.0




273.6

Korxonada pul oqimini tahlilidan shuni qayd etish lozimki, joriy davrda pul oqimining davr boshiga qoldigi 171.6 ming so`mni, pul mablag`lari kirimi (operatsion, investitsion, moliyaviy faoliyatdan) 6 280 ming so`mni, pul mablag`lari chiqimi 5 983.3 ming so`mni tashkil etgan. Pul mablag`larining davr oxiriga qoldig`i 468.9 ming so`mni tashkil etgan. Pul mablag`lari kirimi va chiqimida asosiy ulushni asosiy faoliyatdan daromad va xarajatlar, investitsion faoliyatdan xarajatlar tashkil etgan.


To`g`ri usulda tahlil etishning imkoniyatlari. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ma`lumotlar asosida pul mablag`larining kirimi va chiqimini hisoblashni nazarda tutadi. Ya`ni, joriy manbasi buxgalteriya hisobining schyotlar rejasidagi axborotlar hisoblanadi. Pul mablag`lari schyotidagi debet va kredit aylanmalari hajmi tahlilning zaruriy manbasi hisoblanadi.
Barcha schyotlar bo`yicha debet va kredit aylanmalari hajmi faoliyat turlari bo`yicha qayta tarkiblanadi.
To`g`ri usulda pul mablag`larini tahlil etish quyidagi savollarga aniq javob topish imkonini beradi:
- joriy faoliyatdan keladigan pul mablag`larini faoliyat uzluksizligini va rejalashtirilgan investitsion faoliyatni ta`minlashga yetarlimi yoki yetishmasligini baholash;
- moliyaviy faoliyatdan keladigan pul mablag`larining balanslangan sifatiga erishish uchun qancha mablag`;
- asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyatdan xarajatlar va ularning kelish manbalarini korxona bo`yicha jamlangan holda baholash;
- pul mablag`lari kirimi va chiqimining ularning davr oxiriga qoldiq summalariga qay darajada ta`sir etishini baholash;
- faoliyat turlari bo`yicha pul mablag`lari tarkibiga, har bitta faoliyat turi bo`yicha sof pul mablag`lari sof kirimi (chiqimi)ni baholashga imkon beradi.
Joriy faoliyatdan sof pul mablag`lari kirimi (chiqimi) ijobiy va salbiy holatlari kuzatiladi.
Ijobiy holat – korxona faoliyatining va kelgusidagi rivojlanish strategiyasining o`z mablag`lari hisobiga to`g`ri yo`lga qo`yilganligidan dalolat beradi. Investitsion faoliyatdan pul mablag`larining salbiy holati uzoq muddatli aktivlarga investitsiya kiritish holatlarida kuzatiladi. Bu holat samaradorligi va natijaviyligida strategik qarorlar to`g`ri belgilangan bo`lsa, joriy davr bo`yicha xarajatlarni ko`paytiradi va kelgusi davrlar bo`yicha pul tushumlarining oshishiga olib keluvchi holat sifatida baholanadi. Moliyaviy faoliyatdan pul mablag`larining sof harakatida ijobiy holat korxonaning kengaytirilgan faoliyatini tashqi manbalar hisobiga moliyalashtirilayotganligini bildiradi. Yuqoridagilarning aksi salbiy holatni ifoda etadi.
Pul mablag`larini egri usuldagi tahlili. Egri usulda pul mablag`larini tahlil etishning axborot ta`minoti sifatida buxgalteriya balansi, metodologiya asosi tahlilning balans usuli hisoblanadi.
Mazkur usulda pul mablag`larining kirimida balans passivi moddalarining o`sishi va aktiv moddalarning kamayishi, pul mablag`lari chiqimida balans aktiv moddalarining ko`payishi va passiv moddalarining kamayishini xarakterlaydi.
Pul mablag`lari ko`payishida asosiy manba joriy davr foydasi va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi.
Umumiy ko`rinishda pul mablag`lari harakatini, hisob-kitobini quyidagi formula asosida topish mumkin
SPX = SF + AA - (ΔA + AA) + (ΔP - SF)
Bunda:
SF – joriy davr sof foydasi;
AA – amortizatsiya ajratmalari;
ΔA – aktivlarning o`zgarishi;
ΔP – passivlarning o`zgarishi.
1. Joriy faoliyatdan pul mablag`larining sof harakati hisob-kitobi:
PMj.f. = SF+ AA - ΔZ - ΔDM + (ΔKjamg`. -SF) + ΔKM
Bunda:
ΔZ – zaxiralarning o`sishi;
ΔDM – debitorlik majburiyatlarining o`sishi;
ΔKM – kreditorlik majburiyatlarining o`sishi
(ΔKjam. - SF) – jamg`arilgan kapitalning o`sishi (taqsimlanmagan foyda va rezerv kapitalining) joriy davr foydasidan farqi (farq – joriy davrda ishlatilgan foyda summasi) ni xarakterlaydi.
Joriy faoliyatdan sof pul mablag`lari harakati:
“+” sof foyda summasi amaortizatsiya, kirimga olingan schyotlardagi kamayish, kelgusi davr xarajatlarining o`sishi, nomoddiy aktivlarni sotishdan zararlar, soliqlar bo`yicha majburiyatlarning ortishi qo`shiladi.
“-” qimmatli qog`ozlarni sotishdan tushumlar, avans to`lovlari ortishi, TMZ o`sishi, to`lovga qabul qilingan schyotlarning kamayishi, majburiyatlarning kamayishi, bank kreditlarining kamayishi.
2. Investitsion faoliyatdan sof pul mablag`lari harakati hisob-kitobi:
ChDPi.d. = - (Δ OTA + AA)
Bunda:
Δ OTA – oborotdan tashqari aktivlar o`sishi.
Investitsion faoliyatdan sof pul mablag`lari harakati:
“+” moddiy aktivlar va qimmatli qog`ozlarni sotishdan pul mablag`lari kirimi;
“-” moddiy aktivlar va qimmatli qog`ozlarni sotishdan pul mablag`lari chiqimi.
3. Moliyaviy faoliyatdan pul mablag`lari sof harakati hisob-kitobi:
PMm.f. = ΔKinv + Δ Mu + Δ Mq
Bunda:
Δ Kinv – investitsiyalangan xususiy kapitalning o`sishi (sotib olingan aksiyalar va qo`shilgan kapital summasiga farq etuvchi ustav kapitali);
ΔMu – uzoq muddatli majburiyatlarning o`sishi;
ΔMq – qisqa muddatli kreditlar va qarzlar summasining o`sishi.
Moliyaviy faoliyatdan sof pul mablag`lari harakati:
“+” oddiy aksiyalarning emissiyasi;
“-” qarzlarni qoplash va dividendlar to`lovi

Yüklə 61,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin