B1 darajadagi o’quvchilarning lug’at boyligini oshirishda jismoniy harakatlardan foydalanish (B1 darajadagi o’quvchilar misolida
3. CHET TILLARINI O’RGATISHDA O’YINLARNING ROLI . Bugungi kunda maktablarda interfaol o’yinlar orqali dars o’tish an’anaga aylanib bormoqda. Ma’lumki, darsning turli xil o’yinlar asosida o’tilishi o’quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko’nikmalarini oshirish va kuchli bo’lishlarini ta’minlaydi. O’yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o’quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda barqaror o’rnini topish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday o’yin zamirida umumiy qabul qilingan ta’lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O’quv o’yinlariga o’quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O’yinlar jarayonida o’quvchi oddiy darsga qaraganda bu mashg’ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat ko’rsatadi. Ta’kidlash lozimki, o’yin eng avallo, o’qitishning bir usulidir. O’quvchilar o’yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g’alaba qozonishga intiladilar, o’qituvchi ular orqali o’quvchiga ta’lim-tarbiya ham beradi. O’quvchi inglizcha o’yin o’ynab, gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi
− “Rolli o’yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo’llanilishi mumkin. Hunarga o’rgatish uchun “Interpretter”, “Translator”, “Writer”, “Poet” kabi kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib o’quvchilar bilan suhbatlashishlari mumkin; − “Allomalar yig’ini” (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi shoirlar va yozuvchilarni “taklif qilish” mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan hikmatli so’zlardan darsda foydalanish yoshlarni komil inson bo’lib tarbiyalanishiga yordam beradi; − “Rasmlar so’zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo’lib, ingliz tilini o’rgatishda, talaba, o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim; − Kviz kartochkalari (quiz cards) o’quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi [4]. Ko’rib chiqqnimizdek, har bir innovatsion texnologiya o’ziga xos afzallik jihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi hamkorlik, o’quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko’zda tutiladi [5]. Xulosa qilib aytganda, Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi.Bunday usullar o’quvchida bilimga ishtiyoq uyg’otadi. O’quvchi darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi. Bu esa o’quvchilarni ta’lim jarayonining faol sub’yektlariga aylantiradi.
Ingliz tili fanini o’qitishda turli xil o’yinlar orqali o’rgatishning o’rni beqiyosdir. Dars davomida har xil o’yinlar o’ynatib turish sinfda fanni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni yanada oshiradi, passive o’quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi, sinfda o’quvchilar o’rtasida raqobat, ayni paytda jamoadoshlik muhitini hosil qiladi. Shuningdek, o’quvchilarning ustozlariga bo’lgan hurmatini oshiradi. Quyida Sizga ingliz tili darslari davomida o’qitish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi o’yinlarni taqdim etiladi.