Международный



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix28.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#150092
  1   2   3   4   5   6   7   8


Международный
научный
журнал

7
(100), 
часть
1
 
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202

940 
yondashmoq lozim boʻladi. Birinchi va ikkinchi sinflarda bolalar maktab hayotida faoliyat 
koʻrsatishga tayyorlanadi. Oʻquv fanlaridan umumiy tushunchalar beriladi oʻqish, yozish, 
hisoblash, kuzatish va mehnat malakalari hosil qilishga savodxonlik toʻliq egallanishiga 
asosiy e’tibor qaratishdi. Uchinchi, to`rtinchi sinflarda esa bilim, koʻnikma va malakalar 
yanada mustahkamlanadi, dastlabki nazariy tushunchalar hamda tasavvurlar hosil qilinadi. 
Ma’lumki, odam hamisha oʻzining ogʻzaki va yozma nutq takomili bilan qiziqib kelgan. 
Aynan nutqiy imkoniyatlari orqali inson oʻz ichki olamini,tuygʻularini toʻliq namoyon etadi. 
Boshlangʻich sinflar oʻqituvchisi adabiy ta’lim amaliyotida oʻquvchilarning ijodiy nutqiy 
faoliyatini tizimga solish uchun har xil metod va usullardan foydalanishi mumkin. Oʻqish 
darslarida nutq oʻstirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri matnning oʻquv tahlili boʻlib, u har 
xil nutqiy vaziyatlarni hosil qilish, dialogik muloqot uchun vaziyat yaratish, adabiy 
mavzularda monologik nutq turlaridan foydalanishga oʻrgatish orqali amalga oshiriladi. 
Oʻquvchilar nutqining rivojlanganligini tekshirish mezonlari faol leksika, terminologiya, 
tasviriy ifodalarga egalik, nutqni mazmunli, ma’lumotlarga boy qilish, chiqishlarni mantiqiy 
aniqlik va xulosalarning mustaqilligi bilan boyitish va hokazolar bilan belgilanadi. Kichik 
oʻquvchilarning yozma va ogʻzaki nutqi darajasi bugungi kunda nafaqat metodik yoki 
pedagogik, balki jamiyat miqyosidagi ijtimoiy muammolardan biri boʻlib turibdi. 
Kommunikativ muloqot ishtirokchilarining koʻpchigi oʻz fikrini aniq va ravon 
ifodalashga,fikrlarini ma’lum bir tizimda bayon etish qobiliyatiga, balki ta’lim tizimining 
barcha bosqichlarida, barcha o’quv fanlari tizimida kuzatish mumkin. Ta’lim amaliyotida, 
asosan, adabiy ta’limda fikr ifodalashning nozik tomonlari, uning rang-barangligi va 
emotsionalligiga erishishga e’tibor qaratiladi. Nutq ifodalashda bunday koʻnikmalarni 
egallash va ogʻzaki nutqni takomillashtirish suhbat, muhokama, qayta hikoyalash, dialoglar, 
ma’ruzalar asnosida amalga oshiriladi. Maktabdagi barcha oʻquv fanlarini oʻzlashtirishda, 
xususan, boshlangʻich adabiy ta’limda ham oʻz maqsadidan kelib chiqqan holda birinchi 
sinfdan boshlab tasviriy san’at asarlariga murojaat qilinadi. Chunki Xalq ta’limi vazirligining 
2018-2019-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejasida tasviriy san’at darslariga 
boshlangʻich 
ta’limning 
1-sinfidan 
boshlab 
haftasiga 
bir 
soatdan 
vaqt 
ajratilgan.Demak,oʻquvchilar ta’limning dastlabki sinfidan boshlab moʻyqalam san’at 
namunalarini oʻrganadilar.Boshlangʻich adabiy ta’lim amaliyotida adabiy-badiiy asarlar 
qanday oʻqib tahlilga tortilsa, moʻyqalam mahsuli boʻlgan suratlarni ham huddi shunday 
oʻqish va tushunish, tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Chunki badiiy matnda ham, 
mo’yqalam asarida ham mavzu sujet, gʻoya, badiiy uslub, obrazlar, timsollar boʻlib, har ikki 
yoʻnalishdagi asarlarda tasvirlangan voqeaning davri, qahramonlari oʻz ifodasini topgan 
boʻladi.Ammo, shuni afsus bilan tan olish kerakki, birorta oʻqituvchi, nafaqat boshlangʻich 
sinflar, balki yuqori sinf muallimlari ham, san’at asarlarining yaratilishi, undagi mavzu
sujet, gʻoya, badiiylik haqida joʻyali ma’lumot bera olmaydi. Chunki milliy oliy pedagogik 
ta‘limda boʻlajak oʻqituvchilar bunga-tasviriy san‘at namunalarini oʻqishga oʻrgatmaydi. Shu 
boisdan tasviriy san‘at namunalaridan nechta darsda,qaysi sinfda foydalanishidan qat’i 
nazar, mohiyatiga kirilmay, tahlilga tortilmay qoldirilib ketilaveriladi. Sababi, oʻqituvchilar 


Международный
научный
журнал

7
(100), 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin