Международный



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix28.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#150092
1   2   3   4   5   6   7   8

часть
1
 
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202

941 
oʻzlari bilmagan narsani oʻquvchilariga oʻrgata olmaydilar.Boshlangʻich sinflar adabiy ta’limi 
jarayonida har xil sujetli rasmlar mazmuni asosida ogʻzaki hikoya tuzish, insho yozish bilan 
bogʻliq ishlar oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini oʻstirish maqsadida tashkil etiladi, 
albatta. Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga oliy maktabda bu haqida tasviriy san’at 
darslarini tashkil etish maqsadida ma’lum bilimlar qisqacha boʻlsada beriladi. 
Oʻquvchilarni insho yozishga oʻrgatish davomida insho haqida, yozma nutqning 
qonun-qoidalari haqida ma’lumot berib borish zarur. Ogʻzaki nutq bilan yozma nutq 
oʻrtasidagi farq haqida har bir oʻquvchi tasavvur hosil qilishi kerak. Ogʻzaki nutqda 
soʻzlovchi oʻz mulohazalarini aytish davomida qoʻl harakatlari bilan fikrining osonroq 
tushunilishiga erishadi. U nutqning mazmuniga koʻra ohang tanlay olish imkoniyatiga 
ega.Insho haqida ma’lumot berganda “insho” soʻzining ma‘nosini sharqlash yaxshi natija 
beradi. “Insho” arabcha soʻz boʻlib, uning maʻnosi “yaratish”, “bino qilish” , “qurish”, 
“boshlash” demakdir. Tilimizda bu soʻzning ma’nosi ancha torayib, asosan, oʻquvchi va 
talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ish ma’nosida qoʻllanadi.Insho oʻquvchining 
ma’lum bir mavzuni mustaqil ravishda ochib bera olish, oʻz fikirlarini yozma shaklda toʻgʻri, 
ravon, savodli bayon qila olish koʻnikma va malakalarini, shu mavzu boʻyicha bilimlarini 
namoyish etuvchi ijodiy matn – kichik bir asardir. Yozuvchi va shoir, olim va muxbir oʻzi 
yozadigan asar, ilmiy ish, maqolaga katta ma’suliyat bilan qaragani kabi o’quvchi ham insho 
yozishdan oldin unga har tomonlama tayyorlanishi lozim. Zero insho oʻquvchi ma’naviyati 
va marifati koʻzgusidir. Unda oʻquvchining bilimlari, his-tuygʻulari, fikrlarini bayon etish 
koʻnikma va malakalari oʻz aksini topadi. 
Insho asosan 3 turlidir:Adabiy insho,Adabiy-ijodiy, inshoErkin insho.Bizga birinchi 
sinfdan tanish boʻlgan oddiy yozma tasvirlar, rasm asosidagi hikoya turli xil maktublar ham 
inshoga o’xshaydi. Lekin ularni tom ma’noda insho deb boʻlmaydi. Chunki bunday yozma 
ishlarda o’quvchining mustaqilligi va ijodiyligi chegaralangan bo’ladi.1.Adabiy mavzudagi 
insholarga oʻqituvchi tomonidan dars mashgʻulotlarida tushuntirilgan va adabiyot 
darslarida qayd qilingan mavzular kiradi.2.Adabiy-ijodiy mavzudagi insholarni yozishda 
esa,bir tomondan, darsda alohida mavzu sifatida olingan ma’lumotlar,ikkinchi 
tomondan,sinfdan tashqari oʻquvchi oʻzlashtirilgan materiallar haqida fikr yuritish talab 
qilinadi. Birinchi turdagi insholarni yozishda oʻquvchining mustaqil fikrlashi nisbatan 
chegaralangan bo’ladi. Ammo bu mulohaza ularda mustaqil fikrlash talab qilinmas ekan, 
degan xulosaga olib kelmasligi lozim. Ikkinchi turdagi insholarda oʻquvchining mustaqilligi 
yorqinroq seziladi.Chunki ularni yozishda o’quvchining mavzuga munosabati yetakchi 
ahamiyat kasb etadi.3.Erkin insholar bevosita adabiyot darslarida qayd etilmagan 
mavzularda yoziladi. Oʻquvchilar oʻzlari yoqtirgan mavzularda erkin tanlagan holda yozishi 
mumkin. Masalan: Orzular, kasb tanlash, Vatan haqida va yana boshqa mavzular yoritib 
berilishi mumkin. 
O’quvchilar insho yozish malakasini hosil qilishlari davomida mavzu, reja, epigraf, 
tezis, dalil kabi terminlarning ma’nosini ham oʻzlashtirib olishlari kerak. 
MAVZU 


Международный
научный
журнал

7
(100), 
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin