Международный



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix28.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#150092
1   2   3   4   5   6   7   8

часть
1
 
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202

944 
mustaqillikka, fikrlashga, ko'rgan-kechirganlari va o'zlashtirganlarini baholashga, 
kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar o'rtasidagi sabab-natija bog'lanishni topishga, ularni 
qiyoslashga, xulosa chiqarishga o'rgatadi. Insho fikrni tartibga soladi, o'quvchilarda o'ziga, 
o'z kuchi va imkoniyatiga ishonch tug'diradi. Insho — ijodiy ish bo'lib, u o'quvchidan faollik, 
qiziqish, fikr biidirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho 
kompozitsiyasi va rejasi haqida o'ylash, mantiqiy bog'lanishni belgilash, so'z, so'z 
birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o'zaro bog'lash, imloni tekshirish kabi barcha 
murakkab ishlar o'quvchidan aqliy kuchini to'la ishga solish bilan birga, o'z m a’naviy 
faoliyatini boshqarish ko'nikm asini ham talab etadi. Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi 
bilan qo'shiladi. O'quvchi inshoni mustaqil, ijodiy xarakterda bo'lgani uchun, ,,o'ziniki“ ni 
yozgani uchun ham sevadi. Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalam ing mustaqil 
tuzgan hikoyasi — inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar o'quvchilar nutqini 
o'stirish, aqliy, ijodiy o'sishiga m oijallangan yangi dasturga o'tishi munosabati bilan uning 
ahamiyati yanada oshdi.Og'zaki va yozm a inshoga o'rgatish jarayonida o'quvchilarda 
mavzuni tushunish va yoritish, o'z inshosini aniq fikrga bo'ysundirish, material to'plash, uni 
tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq 
vaziyatiga m os ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish 
ko'nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, „texnik" vazifalar ham amalga oshiriladi, ya’ni 
matnni yozishda im lo qoidalari va husnixatga e ’tibor berish, matnni xatboshidan yozish, 
hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi. Og'zaki va yozm a insho material 
manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif 
qilinadi. Insho material manbaiga ko‘ra uchga bo'linadi: 1 ) o'quvchining o'zi ko'rgan-
bilganlari, eshitganlari haqidagi, kuzatishlar, ekskursiyalar, o'yinlar, o'z tajribasi va boshqa 
jonli m ateriallar asosidagi insho; 2 ) kitob materiali, rasmlar, film, spektakl, o'qituvchi 
hikoyasi va boshqa manbalar asosidagi insho; 3) turli manbalar materialidan 
foydalaniladigan insho. Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko‘rish metodiga ko‘ra insho ikki 
turli boiadi: 1 ) sinf o'quvchilari uchun um um iy bir mavzu asosida jamoaviy 
tayyorgarlikdan so'ng yoziladigan insho;. 2 ) alohida mavzu asosida yakka tayyorgarlikdan 
so‘ng yoziladigan individual insho. Janriga ko‘ra hikoya, tasvir, muhokama tarzidagi 
insholarga bo' linadi. Boshlang'ich sinflarda tasvir va muhokama elementlari mavjud 
bo'lgan hikoya tarzidagi inshodan ko'proq foydalaniladi. Inshoni tasnif qilish ta’limiy 
vazifalarni chuqur anglash va metodik vositalarni tanlashga, shuningdek, ish turlarini 
zaruriy yo'nalishda, baravar taqsimlashga yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda 
yozdiriladigan inshoning muhim turlaridan biri kichik yoshdagi o'quvchilam ing shaxsiy 
hayotiy tajribasiga asoslangan inshodir. 
Rasmlar va tabiatni kuzatish asosida yoziladiganinsholar maktablarda tez-tez 
o’tkaziladi,chunki 
rasmlar 
bolalar 
nutqiy 
ijodini,tasavvurini 
boyitishga 
xizmat 
qiladi.Rasmlarni tomosha qilish kabi sayohatlarga chiqish ham bolalar sezgisiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi.Hayotning bola tarbiyasida hali uchramagan qirralari ochiladi.Rasm 
o’quvchilarga tanish bo’lgan hodisalarni chuqurroq anglashga yordam beradi. 


Международный
научный
журнал

7
(100), 
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin