часть
1
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202
3
942
Mavzu inshoning nima haqida yozilishini belgilaydi.Mavzu o’quvchiga tushunarli
tarzda tushunilishi lozim.Odatda,insho mavzusi sodda va atov gaplardan tuziladi.Uning aniq
va izchil tarzda tuzilishi inshoning ijobiy natijasini ta’minlaydi.Mavzu bilan tanishgan
o’quvchi inshoning kompozitsiyasini,tuzilishini,nimalar haqida fikrlash lozimligini tasavvur
etishi kerak.Aks holda,insho mavzusidan tashqari masalalarga bag’ishlanib qolishi mumkin.
PLAN Inshoning planini tuzish uni yozish jarayonida eng muhim bosqichlaridan
biridir.Ma’lumki,o’rta maktabdagi insho plani xarakter jihatdan ikki xil bo’ladi:a) sodda
plan; b) murakkab plan.O’quvchi plan turini yozilayotgab mavzuning xususiyatiga qarab
tanlaydi.
EPIGRAF Epigraf adabiy asarning yoki uning biror qismi (bobi)ning mazmunini
ifodalaydigan,asosiy g’oyasini ochib beradigan ibora,maqola yoki matal,aforizm,hikmatli
so’z va hokazolar bo’ladi.Epigrafdan o’quvchilar insho yozishda ham foydalaniladi.
TEZIS Tezis inshoda bayon qilinadigan asosiy fikrdan iborat.Tajribali o’qituvchilar o’z
o’quvchilarida inshoning tezisini tuzish malakasini hosil qilishga alohida e’tibor bilan
qaraydi.Odatda,planda keltirilgan moddalar biroz sharhlanganda insho tezisiga aylanadi.
DALIL O’quvchilar
o’z
fikrlarini
dalillashni
og’zaki
savol-javob
qilishda
o’rganadilar.O’quvchining o’tilgan mavzu haqidagi fikri albatta adabiy materialdan misol
keltirilgan holda dalillanadi.Dalil keltirishning zarurligi o’quvchida bevosita birinchi
manbaga murojaat qilish majburiyatini yuklaydi.O’qituvchi ish faoliyatida dalilash san’atini
yaxshi egallagan bo’lsa,o’quvchilarni tahlilash usullari bilan tanishtirib borsa,yozma ishni
yozishga o’rgatish ancha osonlashadi.
Shu terminlar bilan insho yozilsa,insho yaxshi yoritib beriladi.Boshlang’ich sinf
o’quvchilarining og’zaki nutqi bilan bog’liq holda ularning yozma nutqini rivojlantirish ham
muhim ahamiyat kasb etadi.Ma’lumki,yozma nutqning o’ziga xos xususiyatlari mavjud.U
kommunikativ jarayonda bevosita ishtirok etmaydi.Agar o’zaki nutqda jumla yoki
so’zlarning to’liq ifodalanmasligi,ayrim qo’shimchalarning tushirib qoldirilishi,almashinishi
singari holatlar yuz berishi mumkin bo’lsa,yozma nutqda fikr ifodalashda mantiqiy
izchillik,so’z va iboralarning tizimliligi taqozo etiladi.O’quvchi yozma nutqini
takomillashtirishning keng tarqalgan usuli turfa janrlarda va har xil adabiy mavzularda
insholar,esselar,bayonlar yozdirishga undashdir.O’quvchilarning boshqa turdagi mustaqil
ishlari,yozma shaklda bajariladigan uy vazifalari ham yozma nuttqining rivojlanishiga
ko’maklashadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinflarida insholar erkin mavzular (asosiy
materialning olinajak manbasi,janri,hajmi,bajarish yo’li va usuliga,qo’shimcha topshiriqlari
mavjudliliga ko’ra) da,maqsadiga ko’ra ta’limiy hamda nazorat shaklida tashkil
etiladi.Dastlabki-alifbegacha va alifbe (taxminan,12-13 hafta), hali bolalar o’qishni ham,