Tashkil etish metodologiyasi



Yüklə 383,51 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.06.2023
ölçüsü383,51 Kb.
#129930
5540-Текст статьи-13770-1-10-20220329



 
TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA FAOLIYAT TURLARINI 
TASHKIL ETISH METODOLOGIYASI 
Xudoyberdiyev Pardaboy
JDPI Tasviriy san‟at va muxandislik 
grafikasi kafedrasi mudiri 
 
Annotatsiya: Xar bir sohaning faoliyat qonuniyatlari, amal qiladigan 
tendensiya, qo‟llaniladigan texnologiya hamda yondashuvlari mavjud. San‟at 
soxasi bundan mustasno emas. San‟atning barcha turlarida bo‟lganidek, 
tasviriy san‟atda ham o‟zining xususiyatlarini tavsiflovchi omillar, 
xususiyatlar hamda parametrlari mavjud. 
Kalit so’zlar: Tasviriy san‟at, manzara janri, Didaktik, Perspektiva, tur va 
janrlari, rangtasvir, idrok etish 
 
Manzara san‟atshunoslik termini sifatida, asosan, “peyzaj” 
(fransuzcha “paysage” - joy, makon, tabiat ma‟nosini anglatadi) tarzida 
qo`llaniladi. Uning janr sifatidagi ifoda vositalarining rang-barangligi bois 
rangtasvir soxasida asarlar yaratiladi. Chunki tabiat manzarasining go‟zalligi 
undagi detallarning guzalligi bilan bir qatorda ranglarning turli-tumanligida 
namoyon bo‟ladi. Bu omil o‟quvchilarda rangshunoslikka oid nazariy 
bilimlarni amaliy qo‟llash uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Shunday 
bo‟lsada, grafik rassomlar ham grafikaning turli texnikalarida jozibali 
manzara asarlari yaratganlar. Grafik rassomlar Marat Sodiqov, Iskandar 
Vaxitov, Georgiy Chiganov, Medet Kagarov kabi rassomlarning grafika 
texnikasidagi manzaralari diqqatga sazovordir. Ularning tajribalari, 
asarlaridan o‟quvchilarning manzara janrida rasm ishlashning qalamtasvir 
asoslarini egallashlari uchun o`ziga xos na`muna sifatida foydalanish 
ularning ranggasvirda manzara ishlashlarida tasviriy san‟at qonuniyatlari 


nuqtai nazaridan ishning belgilangan tartiblar darajasida bo‟lishini 
ta‟minlaydi. 
Umumiy o‟rta ta‟lim maktablarida amalga oshiriladigan tasviriy san‟at 
ta‟limi mazmunida o‟quvchilarni manzara chizishga o‟rgatish murakkab 
mavzular sirasiga kiradi. Bu murakkablikni quyidagi omillar bilan izohlash 
mumkin. 
Birinchidan, o‟quvchilarning manzara chizish yuzasidan dars 
maqomidagi amaliy mashgulotlarini tashkil etish imkoniyatlari cheklangan. 
Ikkinchidan, ochik tabiat quynida, bevosita ob‟ektdan, naturadan rasm 
ishlash sinf sharoitidagi vaziyat, xolat, tartib va uning imkoniyatlaridan 
keskin fark qiladi. Agar sinf shiroitida o‟quvchilar statik vaziyatdagi aniq 
naturadan rasm chizsalar, tabiatda xar tomonlama, ayniqsa, kunning xarakati 
natijasida yorug-soya xolatlarini o`zgaruvchanligi tufayli ob‟ektning 
rangshunoslik yechimlarini tez va to‟g‟ri xal etish, ob‟ektlarni umumiy 
aloqadorlikda tasvirlash borasida qiyinchiliklar yuzaga keladi. Qolaversa, 
tabiatda ranglarning o‟zaro ta‟siri ham boshqacha ko‟rinishga ega bo‟ladi. 
O‟quvchilarni manzara janrida rasm ishlashga oid nazariy bilim va 
amaliy malakalarini shakllantirishda quyidagi komponentlarga e‟tibor 
qaratiladi: 

manzara janrini tasviriy san‟atning mustaqil janr sifatida shakllanishi 
va taraqqiy etish bosqichlari, uning tarixiy ildizlari; 

mashxo`r manzarachi rassomlarning ijodi (milliy va jaxon tasviriy 
san‟atining qiyosiy tahlili misolida); 

manzara janrida amal qilinadigan qonuniyatlarning nazariy va amaliy 
asoslari (rang, kolorit, gamma, chiziqli va xavo (rang) perspektivasi, 
kompozitsiya, natura va boshqa elementlarni manzara ishlashdagi o‟rni va 
mohiyati)* 

manzara ishlashda yordamchi vositalardan foydalanish tartibi 


(qalamda ishlangan qoralamalar, rangda ishlangan qisqa muddatli 
ranglavxalar 
va 
ularni 
yaxlit 
kompozitsiyaga 
birlashtirishga 
oid 
kombinatsiyalar va x.k.); 

o‟quvchilarni manzara maqomlarini (industrial manzara, qishloq 
manzarasi, togli manzara. shaxar manzarasi va x.k.) anglashga o`rgatish; 

manzara kompozitsiyasining mazmuni va motivlari (ulugvor 
romantik, lirik, ijtimoiy-falsafiy va b.), talqin etilayotgan voqeliqning 
xususiyatlari. 
O‟quvchilarni manzara janrida tasviriy faoliyat kursatishga o`rgatish 
gizimida ularni mazkur janrni tasviriy san‟atning aloxida janri sifatida 
shakllanishi va taraqqiy etishi haqidagi ma‟lumotlar bilan tanishtirish, 
shuningdek, manzara janrida yaratilgan kartinalarning xususiyatlari ga, 
jumladan, ularning mazmuni, asarda ilgari surilgan motivlarga ko‟ra 
maqomini aniqlash, mustaqil ijodiy faoliyatda unga amal qilish malakalarini 
shakllantirish alohida ahamiyatga molik ta‟limiy vazifalar sirasiga kiradi. Bu 
omil o‟quvchilarda manzarachi rassomlarning asarlarini badiiy-estetik idrok 
etish, ularning ijodidagi uziga xoslikni anglashga oid bilimlarini 
shakllantirish hamda olingan tasavvurlarni shaxsiy tasviriy-ijodiy faoliyatga 
tatbiq etish malakalarini shakllantirish va rivojlantirishda muhim, ro‟l 
o‟ynaydi. 
Perspektiva barcha ob‟ektlar, buyumlarning konstruksiyalari, shakli 
ularning makondagi to‟g‟ri tasvirlashni ta‟minlaydi. Faoliyat(janrlar)ning 
boshqa turlariga nisbatan manzarada perspektivaning ikki ko`rinishi - 
chiziqli va rangli perspektivaga amal qilinishi yaqqol namoyon bo‟ladi. 
Masalan, natyurmort yoki portret janrlariga tatbiqan bu qonuniyat 
o‟quvchilar tomonidan har doim ham to‟g‟ri bajarilmasligi mumkin. Chunki 
bu holat mazkur janrlarda yaqqol kuzga tashlanmaydi. Manzara janriga 
mansub asarning shartli ravishda uch o`lchovli bo‟lishini ifodalovchi 


illyuzionistik talqin zamirida tasvir ob‟ektidagi borliq, undagi detallarning 
joylashuvini belgilab beradi. Demak, tasviriy san‟at o‟qituvchisining 
pedagogik 
faoliyatida 
o‟quvchilarda bu yunalishdagi malakalarni 
shakllantirishga oid kursatmalari o‟quvchilarning tasviriy savodxonligini 
oshirishning yetakchi omillaridan biri xisoblanadi. Shuning uchun ham 
tasviriy san‟at darslarida o‟quvchilarda manzara ishlashga oid malakalarni 
shakplantirish va rivojlantirishda ularning perspektivaga oid nazariy bilimlari 
va amaliy-ijodiy malakalarini tarkib toptirishga ustuvor tarzda qaralishi talab 
etiladi. Chunki tasviriy san‟atning bu janrida mazkur qonuniyatga amal 
qilmaslik natijasida detallarning uzoqlashgan sari qisqarib borishi (chiziqli 
perspektiva), ranglarni esa xiralashib, umumiy tusga aylanib borishi (xavo 
(rang) perspektivasi) kabi qonuniyatlarga amal qilmaslik manzara janrining 
muhim ko‟rsatgichi - ob‟ekt (manzarining planliligini buzilishiga olib keladi. 
Shuning 
uchun 
ham 
o‟quvchilarda manzara ishlash malakalarini 
shakllantirishda perspektiva qonuniyatlarini tushuntirish tasviriy san‟at 
ta‟limining dolzarb masalalaridan biri sifatida e‟tirof etiladi. 
Tasviriy san‟at o‟qituvchisining pedagogik faoliyatida o‟quvchilarning 
ishlarida kuzatilayotgan xatolarni tahlil qilib borish va ularga mos metodik 
yo`nalish va yordam berib borish tasviriy san‟at ta‟limining barcha sohalari 
(faoliyat turlari) buyicha ta‟lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim 
omilidir. Shuningdek, kamchiliklarning faoliyat turlari, janrlar buyicha 
klassifikatsiyalab 
borish 
mavjud 
kamchiliklarni 
batratarf 
etishga 
yunaltirilgan metodikani to‟g‟ri tanlash imkonini beradi. 
O‟quvchilarning ishlarida kuzatiladigan elementar xatoliklar sirasiga 
ularning manzara tasvirida xavo perspektivasi qonuniyatlariga amal 
qilmasliklarini kiritish mumkin, ya‟ni chiziqli perspektiva qonuniyatiga kura 
kurish nuqtasidan uzoqlashgan detalning nafakat o`lchamlari qisqaradi, balki 
ranglari ham umumiyga qarab boradi va uni to‟g‟ri tasvirlay olish o‟rta va 


orqa planlardagi detallarni yaxlit tarzda tasvirlash imkonini beradi. Bu 
talablarni e‟tiborga olmasdan to‟g‟ri manzara tasvirini hosil qilib bo‟lmaydi. 
Tasviriy san‟at o‟qituvchisinipg o‟quvchilarda manzara ishlash 
malakalarini 
shakllantirish 
jarayonida 
qullaydigan 
metodikasida 
o‟quvchilarda tasvirlanayotgan manzaraning maqomini to‟g‟ri belgilashga 
yunaltirish, ijodiy topshiriq; mazmunini shunga monand tanlash tavsiya 
etiladi. Shundagina aniq maqom (kurinish)dagi manzara, masalan, lirik 
kayfiyatdagi (erta tong, charogon kun, sokin okshom, kun botishi va xk. 
mavzular) 
manzara 
ishlashda 
boshqa 
ko‟rinishdagi 
manzara 
kompozitsiyalariga nisbatan uzgacha detallar 
qo‟llaniladi. Manzara 
ishlashning bu omillarini o‟qituvchi professional rassomlar tomonidan 
ishlangan manzara janriga oid tasviriy san‟at asarlarining reproduksiyalari - 
illyustrativ materiallarni namoyish etish 
hamda o‟quvchilar bilan 
utkaziladigan savol-javoblar vositasida rassom tomonidan qo`llanilgan 
badiiy-tasviriy vositalarni tahlil qilish orqali tushuntirib berishi tavsiya 
etiladi, ya‟ni nazariy asos bilan amaliy tatbiqni alokadorlikda qo`llash 
malakalarini shakllantirish orqali o‟quvchilarda manzara ishlashga oid 
amaliy-tasviriy kompetansiyalarini rivojlantirib borish mumkin. 
Maktab 
o‟quvchilarining yoshi, tasviriy-ijodiy malakalarining 
shaklanganlik va rivojlanganlik darajasiga ko`ra kup detalli manzara ishlash 
tavsiya etilmaydi. Chunki detallarning ko`pligi ularning kompozitsion 
yaxlitligini, tasvirning umumiy xolati (kompozitsiyasi, kolorita va boshqa 
ko`rsatgichlari)ni ta‟minlash imkoniyatlarini cheklab quyadi. 
Bu turdagi manzara asarlarining e‟tiborli jixati shundaki, ularda yirik 
planlar asosiy ob‟ekt sifatida tanlanmaydi, balki oddiygina kucha, uyning bir 
kismini muayyan vokelik bilan alokadorlikda tasvirlanishi bilan ajralib 
turadi. Ularda oddiy vokelikka poetik ruh berish asosiy motiv sifatida 
tasvirlanadi. 


Manzara janrida ishlashda rasomlar tomonidan alohida e‟tibor 
qaratiladigan uchinchi element sifatida manzara detallari (daraxt, tog ‟, tosh, 
suqmoq, jilga, jonli mavjudod figuralari va xk.)ni e‟tirof etish mumkin. 
Masalan, bo‟lutlar tabiat manzarasining kayfiyatini belgilab berishning 
muhim komponenti xisoblanadi. Tasvirlangan manzarada bo‟lutning yukligi 
ham bir yondashuv, ijodiy topilma, aslida. Biroq, manzarada bu elementlarni 
xaddan ziyod ko`p bo‟lishi ham umumiy o‟rta ta‟lim maktabi o‟quvchilariga 
murakkablik qilishi mumkin. Zero, xar bir detalni ishlash, ayni paytda ularni 
tasvirning 
umumiy 
xolati 
(kompozitsiyasi, 
koloriti 
va 
boshqa 
kursatgichlari)ga buysunishini saqlab qolish talab etiladi. 
Tasviriy san‟at o‟qituvchisining o‟quvchilarni manzara ishlashga 
o`rgatish metodikasida tasvir uchun tanlanadigan ob‟ektning tasvir mazmuni 
bilan mutanosibligiga aloxida e‟tibor qaratiladi. Masalan, ona yurtim 
saxovati deb ataluvchi manzara kartinasi yaratiladigan bo‟lsa, albatta inson 
uchun rizq- ro‟z unadigan joylar (masalan, boglar, bugdoyzor, poliz 
ekinzorlari va x,.k.) tanlanishi tavsiya etiladi. Shuningdek, ob‟ekt tanlashda 
maktab o‟quvchilarini katta xajmdagi manzara ishlashga da‟vat etish 
maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun o‟qituvchining pedagogik 
faoliyatida qo`llaniladigan metodik yondashuvlarida mavzu-mazmun-ob‟ekt 
mutanosbligi masalasini o‟quvchilarga ishonarli tarzda tushuntirish metodlari 
mavjud bo‟lmogi lozim. 
O‟quvchilarni manzara ishlashga o`rgatish metodikasi tizimida tasviriy 
san‟atning qonuniyatlaridan foydalanish imkoniyatlarini tavdim etilishi 
muhim rol uynaydi. Ayniqsa, manzara ob‟ekti perspektiva qonuniyatlarini 
ifodalash uchun qulay joy bo‟lishini ta‟minlash maksadida ob‟ektdagi 
detallarning o`lchami uzoqlashgan sari kichrayib borishi (chiziqli 
perspektiva) va ranglarini xiralashib, umumiy xolatga kelishi (xavo 
perspektivasi) kabi jixatlarni tasvirlay olish uchun planlilik yaqqol ko‟zga 


tashlanadigan ob‟ekt tanlanadi. 
O‟quvchilarni manzara ishlashga o‟rgatishda iqtidorli o‟quvchilar bilan 
ishlash masalasi ham badiiy ta‟limning muhim masala1ari sirasiga kiradi. 
Zero, tasviriy san‟atda uning aniq bir janriga (portret, natyurmort, manzara 
va x.k.) alohida qiziqishi bo‟lgan o‟quvchilar bilan ishlashda qo‟shimcha 
materiallarga monand tarzda ularga mos metodlardan foydalaniladi. Bu 
omilning ta‟limiy va tarbiyaviy samarasi shundaki, iqtidorli o‟quvchilar 
o‟zlarining ijodiy faolligi va intilishi bilan boshqa o‟quvchilarga ijobiy ta‟sir 
etadi. Natijada sinfning umumiy badiiy qiziqish darajasi ortib boradi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 
1. Abdirasilov S “Tasviriy san‟at va uni o‟qitish metodikasi” o‟quv 
qo‟llanma Toshkent. “Ilm-ziyo”-2011 yil 
2. Abdirasilov S Tolipov N Tasviriy san‟at o„qitish metodikasi. O„quv 
qo„llanma Toshkent Aloqachi, 2007 yil. 
3. Abdirasilov S. Tasviriy san‟at o„qitish metodikasi. Darslik Toshkent 
Fan va texnologiya nashriyoti 2012 yil 
4. Ro‟ziyev E.I., Ashirboyev A.O. „Muhandislik grafikasini o‟qitish 
metodikasi“ darslik Toshkent „Fan va texnologiya 2010 yil. 

Yüklə 383,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin