43. (A∪B∪C)∩(Ā∪B∪C) ni qiymati quydagiardan qaysi biriga teng?
B∪C
44. A={x: x ∈Z, (x-1)(x+2)(x+5)=0} va B={x: x ∈Z, (x-2)(x+1)(x+5)=0} to‘plamlar berilgan bo‘lsa, A va B to‘plamlarning ko‘paytmasini toping.
{-5}
45. n ta elementdan n tadan olingan o‘rinlashtirishlar …… deb ataladi.
O‘rin almashtirish
46. 118 sonini natural bo‘luvchilari nechta?
4
47. Berilgan formulaning diz’yunktiv normal shakli(DNSH) deb, …. aytiladi.
unga teng kuchli va elementar kon’yunksiyalarning diz’yunksiyalaridan tashkil topgan formulaga
49. x1, x2, x3, ... , xn mulohazalarni inkor, dizyunksiya, konyunksiya, implikatsiya va ekvivalensiya mantiqiy amallari vositasi bilan ma’lum tartibda birlashtirib xosil qilingan murakkab mulohaza …. deb ataladi?
formula
50. Agar mashrut boshlang‘ich uchga ham oxirgi uchga ham ega bo‘lmasa bunday marshrut ….. deb ataladi.
ikki tomonlama cheksiz marshrut
1. Talabaning kiyimlar javonida 2 xil galstuk, 3 xil koʻylak va 2 xil shim bor. Talaba 1 ta galstuk, 1 ta koʻylak, 1 ta shimni necha xil usulda kiyishi mumkin?
12
4. Ikkala chetki (boshlang‘ich va oxirgi) uchlari ustma-ust tushgan qirra (yoy), ya’ni grafning (a,a) ∈U elementi sirtmoq deb ataladi. Sirtmoq, odatda, yo‘naltirilmagan deb hisoblanadi. Qirralari (yoylari) orasida sirtmoqlari bo‘lgan graf …. deyiladi.
psevdograf
5. “PLANET” so‘zidagi harflar yordamida nechta so‘z tuzish mumkin?
720
7. G=(V,U) graf berilgan bo‘lsin. V to‘plamning elementlariga….., V to‘plamning o‘ziga esa, graf uchlari to‘plami deyiladi.
G grafning uchlari
8. Savatda 4 ta anor, 5 ta nok va 6 ta olma bor. Savatdan bittadan anor, nok va olmani tanlashni necha usulda amalga oshirish mumkin?
120
9. x={chin, chin, yolg‘on, yolg‘on} va y={chin, yolg‘on, chin, yolg‘on} bo‘lsa (x ∧ y) ↔ y ni qiymatini toping?