1. Yapon va Amerika tajribalari “Yapon boshqarish tizimi” va uning shakllanishi


Innovatsiya jarayonida xorij tajribasi imkoni



Yüklə 47,37 Kb.
səhifə3/3
tarix16.12.2023
ölçüsü47,37 Kb.
#181509
1   2   3
Menejmentda xorij tajribasi

3.Innovatsiya jarayonida xorij tajribasi imkoni


Yatlari Hozirgi paytda jahon hamjamiyatining rivojlangan mamlakatlarida an’anaviy ilmiy texnika taraqqiyotida innovatsion, ilmiy texnologik tartibga jadal o’tish jarayoni ro’y bermoqda. Innovatsion tartibning avvalgisidan farqi shundaki, fanning shakllanishi va davlat tomonidan moliyalashtirish tizimidan texnologik va ilmiy innovatsiyalar barcha turlarini davlat tomonidan rag’batlantirishga o’tish kuzatilmoqda. Hozirda AQSHda va xususan, g’arbiy Evropada, eng avvalo FrantsiYa, GermaniYada fan-texnika siyosatining innovatsion siyosatga aylanishi ro’y bermoqda. Uning asosiy vazifasi — ilmiy va texnologik innovatsiyalar, eng avvalo kichik va o’rta korxonalar uchun, shuningdek o’rta va qisqa muddatli dasturlar sohasida tezkor dversifikatsiYa uchun eng qulay sharoitlar Yaratishdir. Fanni moliyalash bo’yicha AQSH jahonda etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Ko’plab rivojlangan mamlakatlarda ITIMTni moliyalashdagi davlatning roli ancha faol bo’lib, faqat davlat tashkilotlari tomonidangina amalga oshirilmaydi. Hozirgi vaqtda AQSHda federal hukumat ulushi (moliyalash manbai sifatida) barcha xarajatlar salmog’ining 50 foizini tashkil etadi. Bu ko’rsatkich Buyuk BritaniYa, SHvetsiYa va GermaniYada 40 foiz atrofida, FrantsiYad 57 foiz, YAponiYada 28 foiz. ITIMT sohasining davlat tomonidan bunday e’tibor bilan ko’plab-quvvatlanishi konuni bo’lib, bir qator dalillar bilan izohlanadi. Ilmiy tadqiqot konstruktorlik ishlari davlat tomonidan turli shakllarda qo’llabquvvatlanishi mumkin, jumladan: • ilmiy tadqiqotlar uchun bevosita byudjet mablag’larini ajratish (davlat tashkilotlari orqali moliyalash, shartnomalar tuzish, subsidiYalar ajratish). Ayni holatda davlat yirik xarajatlar talab qilinadigan va ko’plab tavakkalchilikka ega bo’lgan fanning etakchi yo’nalishlaridagi ko’p kapitalli tadqiqotlarni moliyalashni o’z bo’yniga oladi. • ilmiy tadqiqotlarni (ITIMT) bilvosita moliyalashning turli usullari: xususiy kompaniyalar, innovatsiya jarayonini rag’batlantirish, shuningdek, ular investitsiyasini Yangi asbob-uskunalar olish uchun kengaytirish maqsadlarida soliq va amortizatsiYa imtiyozlaridan foydalanish. Davlat ayni vaqtda kichik tadqiqot biznesi uchun shart-sharoit Yaratishga ko’maklashadi, davlat tomonidan fan-texnika taraqqiyotini bevosita moliyalash xususida to’laroq to’xtab o’tamiz. 41 Uchinchi usul bo’yicha subsidiYalar (grantlar) beriladi, subsidiYalarning o’ziga xosligini quyidagicha belgilash mumkin: •ular kichik ijrochilarning asosiy ish joyida oylik ish haqidan va unga bog’liq bo’lmagan holda beriladi; •subsidiYalar qaytarib berilmaydi; •subsidiYa olgan olim yoki ilmiy jamoa olgan mablag’larni mustaqil sarflaydi. AQSH davlat innovatsiya siyosatining ob’yekti - bu asosan xususiy biznesdir. Davlatning bu boradagi siyosati mavjud ilmiy - texnik yutuqlardan xo’jalikda foydalanishga, ilmiy-texnik majmuada ichki aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Davlat innovatsiya siyosatining usul va vositalari ancha keng. Bunga u yoki bu ma’noda biznesning innovatsion faolligini rag’batlantiruvchi turli xil davlat tadbirlari kiradi. Amerikalik mutaxassislarning ta’kidlashicha, eng samarali tashkiliy shakllardan biri - universitet-sanoat, tadqiqot markazlari sanaladi. Davlat ishtirokida tashkil etiladigan bunday markazlar doirasida juda keng ko’lamdagi ilmiy texnik masalalarni hal etish imkoni mavjud. Sanoat korxonalari va universitetlarning hamkorlikdagi tadqiqotlariga oid yirik dasturlar davlatning maqsadli ilmiy-tadqiqot dasturlariga ko’p sohada muqobil (alьternativ) sanaladi. Ular printsip jihatdan ishtiroqchilar faoliyatining boshqa korporatsiYa mexanizmini nazarda tutadi. O’zbekistonda AQSH davlat innovatsiya siyosatining ma’lum bir tomonini qo’llash mumkinki, bunda davlat moliyaviy mablag’larining umumlashishini va sanoat moddiy texnika bazasini malakali oliy o’quv yurtlari kadrlari bilan ta’minlashi rag’batlantirilishi lozim. Uzoq istiqbolga mo’ljallangan tavakkal ilmiy texnika loyihalariga mablag’ ajratishga sanoat korxonalarini kiziqtirish uchun davlat dastlabki xarajatlarni o’z bo’yniga olib qolmasdan, ishtiroqchi firmalarga kashfiyot va ixtirolardan foydalanishda bepul lizentsiYalar ham berishi kerak bo’ladi. AQSHdagi eng yirik kompaniyalarda ishlab chiqarish hajmi ko’pincha eng maqbul me’yoridan oshadi, aynan shu narsa ilmiy texnika soha rivojlanishida monopoliYani to’xtatadi, kichik firmalar faoliyatining muvaffakiYati ham shunda. O’zbekistonda yirik firmalar sateliti (ko’makchisi) sifatida ishlaydigan kichik firmalarni tashkil etish uchun shartsharoitlar Yaratish zarur. Aytaylik, YAponiYada innovatsiya siyosatini amalga oshirishning o’zgacha mexanizmi mavjud, Ya’ni YAponiYa hukumatining dasturiy hujjatlarida bayon etilgan ilmiy texnika Yangiliklari Yaratilishida strategik tadqiqotlar etakchilari, yo’lboshchilari guruhi o’qitilishini ta’minlashga qaratilgan. Ayni paytda, innovatsiya siyosatini qayta ko’rish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, shu mamlakatning boshqalardan afzal bo’lgan o’z texnika va texnologiyasini ishlab chiqish hamda tadbiq etish patent, lizentsiYa savdosiga nisbatan talabchanlikni oshirish orqali rag’batlantiriladi. YAponiYada ishlab chiqilgan mazkur siyosat amalga oshirilishining o’ziga xos tomoni shundaki, kompaniyalarning loyihalarga (ko’pincha davlat tomonidan moliyalanadigak) jalb etish mexanizmidir. Dmvlatning bu jarayondagi roli xususiy sektorda, jamoa, sanoat, ilmiytadqiqotlarni rag’batlantirishda ko’rinadi. U birinchi galda yirik korporatsiYalar bilan hamkorlik qilishga intiladi. YAponiYa tajribasi shuni ko’rsatadiki, demak, O’zbekistonda shakllanayotgan innovatsiya sohasi jiddiy texnologiyalarni amalga oshirish assotsiativ shaklda ilmiy tekshirish tashkilotlari va korxonalari imkoniYatlarini vaqtinchalik yoki doimiy tarzda birlashtirishni talab etadi. Albatta, bunda bosh loyihani amalga oshirish uchun davlat buyurtma berish orqali ko’maklashmog’i kerak. Sanoati rivojlangan ilg’or mamlakatlar innovatsiya siyosatining zamonaviy davlat strategiyasiga xos bo’lgan bir qator umumiy xususiyatlarni sanab o’tish mumkin: •ilmiy tadqiqotlarning davlat tomonidan moliyalanishi; 42 •soliq va amortizatsiYa siyosatiga mos holda rivojlangan kontrakt tizimi yordamida biznesga ilmiy tadqiqotlar uchun ta’sir o’tkazish; •universitetlar va davlat ilmiy markazlarida umummilliy ahamiyatga ega ilmiy tadqiqotlarni o’tkazish; •ta’lim tizimini moliyalash va tashkiliy takomillashtirish, ayniqsa yukori malakali kadrlar tayyorlash; •ilmiy-texnik ma’lumotlarni tarqatish tizimini Yanada rivojlantirish. YUqorida sanab o’tilgan sanoati rivojlangan mamlakatlardagi davlat innovatsiya sohasi strategiyasining umumiy tomonlarini u yoki bu darajada O’zbekiston sharoitida qo’llash mumkin. Bu o’rinda albatta, ilgari to’plangan tajriba, an’ana va hukumatning mavjud imkoniYatlarini hisobga olish kerak bo’ladi. FrantsiYada ilmiy-texnikani rivojlantirish afzalliklarini ishlab chiqish vazifalari uch yo’nalishida olib boriladi. Birinchi darajadagi ishlar asosan, ilmiy tadqiqotlar ilmiy markazi (CNRS) tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur markaz ilmiy tadqiqotlarni, jumladan, ijtimoiy va inson haqidagi fanlar bo’yicha tadqiqotlarni moliyalash borasidagi milliy agentlik sanaladi, u asosan, fundamental tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlaydi. Ilmiy-texnika va innovatsiya rivojlanishining ustunliklarini bashorat qilish hamda belgilash bo’yicha ishlar esa, FrantsiYadagi yirik xususiy sanoat va davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. Bu borada bir qator muammolar mavjud bulsada, FrantsiYa yirik bashorat qilish loyihalarni amalga oshirish bo’yicha katta tajribaga ega. Xususan, atom va molekulYar fizika, qattiq jismlar fizikasi rivojlanishi bo’yicha bashoratlar qilingan. ItaliYada moliyalash va texnik imkoniYatlar muammolari mavjud tarmoqlarga oid korporatsiYa va kichik innovatsiya firmalari o’rtasida nomustahkam aloqa mavjud. DaniYada esa, «tarmoqlar sxemasi» (chizmasi) deb ataluvchi kichik innovatsiya firmalar tarmog’i mavjud bo’lib, u AngliYa, IspaniYa va AQSHga eksport qilinadi. SHvetsiYa va NorvegiYada ishchilarning biznesda ishtiroqiga ko’maklashishda boy tajriba to’plangan. Buyuk BritaniYa xususiy kapitalni jalb etish chora-tadbirlarini qo’llaydi. NiderlandiYa va BelgiYada texnologik reytingni Yaratish uchun muntazam tarzda ishlovchi banklar va innovatsiya mYarkazlari tarmoqlari tashkil etilgan. Innovanion jarayonlarni doimiy tadqiq etish uchun Evropa hamjamiyati 1983 yilda SPRINT innovatsiyalar va texnologiyalarni uzatishga ko’maklashishning strategik dasturini Yaratdi. Bu Evropada innovatsion jarayonlar samaradorligini belgilovchi omillarni davriy tadqiq etishni boshlab berdi. Ushbu dasturni amalga oshirish natijasida to’plangan ma’lumotlar «innovatsiya tug’risidagi Yashil kitob», deb nomlanuvchi ma’ruzaning yozilishiga sabab bo’ldi. Unda innovatsiya jarayonlarini rag’bat-lantirishning mavjud imkoniYatlari taklif etilgan. MDH mamlakaglaridagi iqtisodiy islohotlarga texnik jihatdan ko’maklashish bo’yicha TASIS dasturi birinchi galda o’z oldiga xususiylashtirishning bozor shakllari, moliya, tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik infratuzilmasini Yaratish sohalaridan Evropa NouXau tajribalarini o’zlashtirishga qaratilgan. Ko’rinib turibdiki, u asosan boshqaruv, axborot va moliya sohasidagi loyihalarni moliyalashga qaratilgan. INTAS dasturi esa, axborotlar va xodimlar bilan ilmiy-texnik almashuvining an’anaviy kooperativ shakli sanaladi, u innovatsiya sohasi uchun deYarli ahamiyatsiz. Xulosa qilib aytganda, innovatsiya jarayonlarini boshqarish bo’yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish ilmiy-texnik ta’lim tizimini modernizatsiYalashni ilmiy imkoniYatlarini ochish, xorij texnologiyasini keltirish, raqobatbardoshlik yo’nalishlarini aniqlash va boshqa masalalarni hal etishga qaratilgan.
Yüklə 47,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin