1. Yashash muhiti tushunchasi Atrof-muhit ifloslanishini inson organizmiga salbiy taʼsiri



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə2/3
tarix11.07.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136351
1   2   3
6-amaliy (2)

1-rasm. Zamonaviy avtotrassa


3. Ichimlik suvlarining ifloslanishini inson organizmiga salbiy taʼsiri

Suvlarni ifloslovchi asosiy manbalarga sanoat korxonalari va maishiy xoʻjalikdan chiqadigan oqova suvlar, qazilma boyliklarni ishlab chiqarishdagi oqovalar; neftni qayta ishlash korxonalarida ishlatilgan chiqindi suvlar; transportning tashlanma suvlari; shaharlardan, hamda kimyoviy vositalar ishlatilgan dalalardan oqib chiqqan suvlar; kasalxonalar va chorvachilik komplekslaridan oqib chiqadigan tozalanmagan suvlar va boshqalar kiradi. Neft va neft mahsulotlari, sunʼiy yuvish vositalari, fenollar, pestitsidlar, rangli metallar, murakkab kimyoviy vositalar suvni ifloslovchi asosiy birikmalar hisoblanadi. Oqova suvlarga tushadigan mineral, organik, bakteral va biologik ifloslovchi birikmalar ajratiladi. Mineral ifloslovchilar odatda qum, loy, turli mineral tuzlar kislota va ishqorlar eritmasidan iborat. Organik ifloslovchilar oʻsimlik va hayvonlarning qoldiqlari, inson va hayvonlarning fiziologik chiqindilaridan iborat. Bakteral va biologik ifloslovchilar asosan maishiy oqova suvlarda mavjuddir.


Sayyoramizda suvlarning ifloslanishi natijasida har yili 500 milliondan ortiq kishi turli ogʻir xastaliklarga chalinadi. Yer yuzida suvlarning radioaktiv ifloslanishi ham katta xavf tugʻdirmoqda. qirgʻiziston hududida, Maylisuvda joylashtirilgan radioaktiv chiqindilar hozirda Sirdaryo suvlarini ifloslanishiga xavf solmoqda.


4. Shovqinli va shahar sharoitlarda yashovchi kishilarning salomatligiga muhit omillarining salbiy taʼsiri

Shovqin suron inson organizmiga taʼsiri juda kattadir. Shovqinlarning oʻzoq vaqt taʼsiri insonning harakteriga, psixikasiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Yuqori detsibelli shovqin suron xomilali ayollarga oʻta salbiy taʼsir koʻrsatadi, tugʻiladigan chaqaloqlarda tugʻma kasalliklar paydo boʻladi. Uyquning, asabning buzilishi organizmlarning turli funksiyasini izdan chiqaradi.


Shovqinli sharoitda ishlagan ishchilarda oshqozon shilliq qavatining yalligʻlanishi va 12 barmoqli ichakda yaraning ochilishi koʻzatiladi. Urbanlashgan shaharlarda shifoxona ichki infeksiyasini tarqalish jarayonlari aholining bir biri bilan yaqindan muloqatda boʻlishi, bir tamondan ikkinchidan urbanizatsiya jarayonlarida quvvatsizlanib qolgan kishilarning yuqumli infeksiyalar taʼsiriga chidamsizligi oqibatida ular orasida yuqumli kasallikning tarqalishiga imkon tugʻiladi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin