1. Yem-xashak o`tlarining axamiyati, biologik guruxlari.
Navlari: Amerikan-287S, Dyubek Kirgizskiy-03-4-15, Dyubek Uzgenskiy-9.
3.Tamaki urugi nixoyatda mayda bo`lganligi va dastlabki rivojlanish davrida ildizlari juda noziq bo`lib seqin o`sishi tufayli tamaki kuchati isitiladigan yoki sovuk parniklarda yetishtiriladi. Parnik xo`jaligi tashqil kilish uchun ajratilgan yer tekis va janubga yoki janubi-garbga karagan biroz nishob bo`lishi kerak. Parniklar kvartallarga ajratiladi. Xar bir kvartalda 12 tadan parnik joylashtiriladi. Kvartallar orasida 5-6 m li transport uchun yo`l ajratiladi. Xar ikki parnikning orasida 70 sm keladigan yo`lakcha bo`lishi lozim. Bakuvvat kuchat yetishtirish uchun parnik yuzasi chirindi, chimzor tuproq va kumni nisbatan 2:1:1 yoki 1:1:1 da aralashtirib 1-1,5 smli gilvirdan o`tkazib 10 sm kalinlikda solinadi.
Chirindili aralashmani oziq moddalar bilan boyitish va kuchatni usuv davrida oziqlantirish uchun parnikning xar 1kv m 6 g ammiakli selitra, 20 g superfosfat va 5 g kaliy sulfat chirindili aralashma bilan korishiladi. Bu tadbir dastlabki davrdayok kuchatlarning o`sishi va rivojlanishini ancha tezlashtiradi.
Kuchat 35-60 kunda yetishtiriladi. Issiq parnikda urug undiriladigan xarorat 27-30S atrofida bo`lishi kerak. Xar 1 m2dan 2200-2500ta kuchat olinadi.
Tamaki urugi eqishdan oldin ivitiladi, ammo erta ekiladigan bo`lsa, urug ivitilmaydi. Sovuk parniklarda 1 kv m ga 1-1,5 g issiq, yarim issiq parniklarda 0,4-0,6 g urug ekiladi. Eqishdan oldin parnik yuzasi tekislanadi, zichlanadi va sugoriladi. Urug sepilgandan keyin 0,4-0,5 sm kalinlikda chirindi yoki kum sepiladi, ustiga suv sepiladi. Xar kuni 0,5 l\kv m me`yorda sugoriladi. Oziqlantirish uchun 10 l suvga 30 g ammiakli selitra 50 g superfofat, 20 g kaliy sulfati aralashtiriladi va shu eritma 4-5 m2 ga sepiladi. Kuchatni dalaga o`tkazishdan 6-8 kun oldin sugorish kamaytiriladi, 2-3 kun kolganda tuxtatiladi.
Kuchatlar 5-6 ta chin bargi chiqarganda va buyi 12-14 sm yetsa dalaga eqish mumkin. Kuchatlarni parnikdan kuchirib olishdan 1-2 soat olin kondirib sugoriladi. Kuchatlar saralab olinadi va yashiklarga ildizi ichkariga kilib teriladi, xul latta bilan yopib to dalag junatulganga kadar soyada saklanadi.
Tamaki don, don dukkakli ekinlardan, bushagan yerlarga ekiladi. Surunkasiga 4-5 yil bir dalaga ekilsa xosil kamayadi.
Tuproqning 10 sm chukurligida xarorat 10S bo`lganda kulda yoki mashinada tamaki kuchatini dalaga o`tkazish mumkin. Tamaki kuchati eqishda SKN-6, SKN-6A va SKNB-4 rusumli kuchat o`tkazish mashinalardan foydalaniladi. Tamaki kuchati kulda o`tkazilganda 60-70 sm kenglikda egat olinib darxol sugoriladi. Kuchat eqish kalinligi ekilgan nav turiga boglik. Ostrolist nav turidagi navlar 45-50 ming\ga, Amerika turiga kiradigan navlar 85-115 ming\ga va Dyubek nav turiga kiradigan navlarda 200 ming gacha ekiladi. Eqish tizimi 60x15,60x30 sm.
Uzbekistonda kuchat aprel oyida o`tkaziladi. 2-3 kun utgach nobud bo`lgan kuchatlarni kurish mumkin, urniga 4-5 kun ichida boshqa kuchat o`tkaziladi.
Kuchat eqishga yer tayyorlanishi bilan birga 20 t\ga gung, N - 100, R - 40, K - 120 me`yorda ugit qo`llaniladi. Usuv davrida begona utlar bilan ko`rashiladi, tamaki maydonlarida treflan 2 kg\ga, devrinol 2-3 kg\ga, kataran 1-2 ag\ga va tabakron 2-3 kg\ga kabi gerbitsidlardan foydalanish mumkin. Usuv davrida 7-9 marta sugoriladi, sugorish me`yori 400-600 m3\ga sugorish tizimi 2-3-4, 2-2-2.
Barglarini tula yetilishi uchun gul to`plami yoki gul to`plami bilan 2-3ta yoki 5-6 ta barglari yulinadi. Tamakida kasalliklar va zararkunandalar ko`p uchraydi, ularga karshi choralar kuriladi.
Tamaqining gul to`plami va uchki navdalarini yulish yaxshi natija beradi. Bunda poyasi va ildizi yaxshi o`sadi va rivojlanadi. Agar o`simlik yaxshi rivojlangan bo`lsa, 15-20% gullaganda o`simlikning gul to`plami chilpinadi. Tuproq unumdorligi O`rtacha bo`lgan yerlarda o`simlik 40-50% chilpinadi. Unumdor yerlarda o`simlik 60-70% gullaganda chilpinadi. Bargning uchidan boshlab 30-40%gacha sargish tusga kira boshlanishi, yuzasining mumsimon gubor bilan koplanib, tulqinsimon bo`lishi, uchlari va yonlari bir oz egilishi, shuningdek kalinlashib va murt bo`lib poyadan oson uzib olinishi barglarning texnik jixatidan yetilganligini bildiradi. Usuv davrida barglar 5-7 marta yigiladi. Yigilgan barglar kulda yoki mashinada ipga tiziladi, bir metr ipga 160-180 ta barg tiziladi, tizilgan barglar maxsus joylarda kuritiladi, kuritish bir nechta usulda bajariladi. Bu davrda barg tarkibida ancha o`zgarishlar ruy beradi. Xlorofil parchalanadi, nikotinning miqdori kamayadi, xushbuyligi oshadi. Barg sargayadi. Bu jarayon 3-4 kun davom etadi. Keyin barglar 40-50S da kuritiladi. (Kuyosh nurida yoki maxsus kuritgichlarda) Bu jarayon fiksatsiya deb yuritiladi. Kuritilgan barg 5 tadan navga bo`lib boglanadi. Barglarni namligi 19%dan oshmasligi kerak. Kuritilgan bargga dastlabki ishlov beriladi va zavodlarga topshiriladi.
Tamaki urugchiligi. Tamaqining bir gektar maydonidan O`rtacha 2 s urug olinadi. Bir gektarga sarflanadigan urug miqdori 80 g.
Tamaqining xar xil navlari 300 m uzoklikda ekilish lozim. Barg ikki marta uziladi. Gul tulamning yangi gullari va gunchalari yulib tashlanadi. Bu tadbir tula gullaganda yoki 3-5 ta yashil ko`sak xosil bo`lganda o`tkaziladi. Gul to`plamda 50-70% gul koldiriladi, kolgani yulib tashlanadi. Ko`saklarning 70% jigar rang tusda bo`lganda xosil yigishtiriladi, tamaki boshlari tok kaychisi bilan 10-15 sm uzunlikda kesiladi. 40-50 tasi birlashtirilib boglanadi, osiladi. Soyada tagiga brezent yoyiladi, tula kurigandan keyin yanchiladi.
8-10 kg xajmdagi surpdan tikilgan xaltachalarda saklanadi, namligi 10% dan oshmasligi kerak. Tamaki 200 S da 60-65% namlikda saklanadi.
Adabiyotlar: