1. Yengil sanoat, tarmoqlari tarkibi Og`ir sanoat, tarmoqlari tarkibi



Yüklə 47,69 Kb.
səhifə5/15
tarix14.12.2023
ölçüsü47,69 Kb.
#177944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1. Yengil sanoat, tarmoqlari tarkibi Og`ir sanoat, tarmoqlari ta-fayllar.org

Mo’yna sanoatining eng yirik korxonalari Buxoro qorako’l zavodi va Toshkent ko’n-mo’yna zavodidir. Bu korxonalarda ayollar va bolalar paltosi, bosh kiyimlari, astari mo’yna bo’lgan buyumlar tayyorlanadi. Buxoro qorako’l zavodiga qorako’l terilariga ishlov beriladi. Hozirda bu yerda Gretsiya bilan hamkorlikda "Buxoro-Omega" qo’shma korxonasi tashkil qilingan. Keyingi yillarda Ozbekiston hududida ondatra, nutriya, qunduz kabi mo’ynali hayvonlarning ko’paytirilishi sanoat ahamiyatiga ega bo’lmoqda. Ulardan olingan mo’ynalardan ustki va bosh kiyimlar tikiladi
Chinni-fayans sanoatining yirik korxonalari Toshkent (1952), Samarqand (1970) va Quvasoy (1977) chinni zavodlaridir. Bu korxonalarda ro’zg’orda ishlatiladigan (kosa, piyola, choynak, esdalik sovg’a buyumlari va boshqa mahsulotlar) chinni buyumlar tayyorlanadi. Toshkent, Samarqand, Quvasoy chinni zavodlarida tayyorlangan (gullangan) kosa, piyola, choynak, laganlarning dovrug`i yetti iqlimga ketgan. Masalan, Toshkent chinni zavodida ishlab chiqarilayotgan "Oq oltin", "Tong" va Samarqand chinni zavodida ishlab chiqariladigan "Uzum" va boshqa chinni idish to’plamlari xalqaro yarmarka va ko’rgazmalarda faxrli o’rinlarni egallagan.Angren keramika kombinatining ishga tushirishini bilan O’zbekistonda fayans (dag’al chinni)dan fayans mahsulotlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Mebel sanoati. Respublika yengil sanoatning yana bitta muhim tarmog`i mebel ishlab chiqarishdir. Uning geografiyasi keng. Ayniqsa, Toshkent, Samarqand, Namangan, Andijon, Sho’rchi, Qo’qon shaharlarida faoliyat ko’rsatayottan mebel ishlab chiqarish fabrikalari assortimentining ko’pligi, mahsulotining yuqori sifati bilan ajralib turadi.Mamlakatda "O'zbekmebel" davlat aksiyadorlik birlashmasi tuzilgan. Uning tarkibida 36 ta mebel ishlab chiqarish birlashma korxonalari ("Yangiyo’l" shirkati, 13 ta mebel fabrikasi, 9 ta mebel birlashmasi, mebel ko’zgusi korxonasi, yog`och kesish stanoklari zavodi va boshqalar) bor.Mamlakatdagi xorijiy texnologiyani qo’llab va zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan mebelchilik korxonalarida mehmonxona, oshxona, kabinet, yotoqxona, o'rta maktab va oliy maktablar uchun mebellar ishlab chiqariladi. Milliy mebel (xontaxta, sandiq, kursi, jovon) namunalarini, hashamatli mebellar yig`malarini ishlab chiqarish miqyosi esa tobora kengayib bormoqda.Mustaqillik yillarida o'z faoliyatini boshlagan "Fayz" mebelsozlik firmasi ayni paytda O'zbekiston mebel sanoatining yirik korxonalaridan biridir. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar nafaqat mamlakatimizda balki xorijda ham shuhrat qozongan. "Fayz" firmasining deyarli barcha viloyatlarda filiallari tashkil etilgan.
Mahalliy sanoat korxonalarida asosan mahalliy xom ashyo resurslaridan mahalliy ehtiyojlarni qondirishga mo’ljallangan xalq iste`moli mollari ishlab chiqariladi. Jumladan, Respublikada mahalliy sanoatning metalga ishlov berish, yog`ochni qayta ishlash, xalq hunarmandchiligining zardo’zlik, tikuvchilik, to’quvchilik, pichoqchilik, badiiy kashtachilik, do’ppichilik, o'ymakorlik, misgarlik, zargarlik, kulolchilik, milliy cholg`u asboblari yasash, kosibchilik, milliy kashtachilik, gilamchilik va boshqa tarmoqlari rivojlangan. Tarmoqning yirik korxonalariga-Chust milliy pichoqlar zavodi, Toshkent, Andijon, Shahrisabz badiiy buyumlar fabrikalari, Toshkent milliy cholg’u asboblari zavodi, "Elektrmaishiyasbob" zavodi, Buxoro zardo’zlik fabrikasi, Rishton va Shahrisabz kulolchilik zavodlari kiradi. O'zbekistonning milliy mustaqilligi mahalliy sanoat va ayniqsa, milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga keng istiqbollarni ochib berdi.


Yüklə 47,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin