1. Yopiq urug‘lilar tasnifi



Yüklə 291,98 Kb.
səhifə1/7
tarix17.11.2022
ölçüsü291,98 Kb.
#69545
  1   2   3   4   5   6   7
7- 1021 eldor

YOPIQ URUG‘LI O‘SIMLIKLAR TASNIFI. BIR VA IKKI PALLALI O‘SIMLIKLAR. MAGNOLIYADOSHLAR, AYIQTOVONDOSHLAR, KO‘KNORIGULDOSHLAR, CHINNIGULDOSHLAR, SHO‘RADOSHLAR VA GRECHIXADOSHLAR OILALARI.


Reja:
1. Yopiq urug‘lilar tasnifi.
2. Bir va ikki pallali o‘simliklar.
3. Ikki pallalilar sinfi - Dicotyledones
4. Magnoliyaguldoshlar oilasi tasnifi.
5. Ayiqtovondoshlar oilasi tasnifi.
6. Ko‘knoriguldoshlar oilasi tasnifi.
7. SHo‘radoshlar oilasi tasnifi.
8. Chinniguldoshlar oilasi tasnifi.
9. Grechixadoshlar oilasi tasnifi.
10. Bir pallalilar sinfi - Monocotyledoneae
11. Piyozguldoshlar oilasi tasnifi.
12. Marvaridguldoshlar oilasi tasnifi.
13. Bardidoshlar oilasi tasnifi.
14. Boshoqdoshlar oilasi tasnifi.
YOPIQ URUG’LILAR - HOZIR YER YUZIDAGI BARCHA O‘SIM-
LIKLAR ORASIDA USTUNLIK QILAYOTGAN ENG KATTA BO‘LIMDIR.
Ular bir qancha belgilari bilan o‘simliklar olamining boshqa vakillaridan keskin farq qiladi.
1. Yopiq urug‘lilarning urug‘i meva ichida bo‘ladi, shuning uchun ham bu o‘simliklar "Yopiq urug‘lilar" deb ataladi.
2. Bularning changchi va urug‘chidan tashkil topgan guli bor. Gullari juda xilma-xil shakli bilan bir-biridan farq qiladi.
3. Changlanishi hamda urug‘ va mevalarning tarqalishi turli usullar: shamol, hashoratlar, qushlar, suv orqali amalga oshadi.
4. Bulardan qo‘sh urug‘lanish sodir bo‘ladi va natijada faqat murtak emas, balki endosperm ham vujudga keladi.
5. Yopiq urug‘lilarning urug‘kurtagi uruqqa, tugunchasi esa mevaga aylanadi, urug‘i mevabarglar ichida yetiladi.
6. Yopiq urug‘lilar boshqa o‘simliklar guruhlariga nisbatan juda murakkab morfologik va anatomik tuzilishga ega. Yopiq urug‘lilar urug‘kurtagining meva qobig‘i bilan himoyalanganligi va boshqa bir qator o‘ziga xos belgilari ularning o‘zidan oldingi, biologik-morfologik jihatdan unga takomillashmagan o‘simliklarga nisbatan yerdagi hozirgi hayot sharoitiga yaxshi moslashgan, yuksak darajada tuzilgan o‘simlik ekanligini ifodalaydi.
Yopiq urug‘li o‘simliklar ikki sinfga: ikki pallalilar va bir pallalilar sinfiga bo‘linadi. Bu sinflarning har birining o‘ziga xos belgi xususiyatlari yig‘indisi bilan xarakterlanadi.
Ikki pallali o‘simliklar quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: murtagi ikki urug‘ pallali, asosiy ildizi yaxshi rivojlangan. Kambiy qavati bo‘lganligidan tanasi ikkilamchi yo‘g‘onlashish xususiyatiga ega. Naychalar to‘dasi ochiq. Barglarining shakli har xil va nayi xilma-xil o‘yiqli, barg tomirlari to‘r shaklida bo‘ladi. Gullari 5 bo‘lakli tipda.
Gul qo‘rg‘oni ko‘pincha, qo‘sh bo‘ladi.
Biroq bu barcha belgilar emas, ammo ular ikki pallali o‘simliklarni bir pallalilardan farq qilishga imkon beradi. Ikki pallali o‘simliklarning birortasi bir pallalilar bilan chatishmaydi, hatto ular bir-biriga payvand qilinsa,payvand ham tutmaydi.
Xozirgi yopiq urug‘lilardan ko‘p mevalilar (magnoliya-gullilar, ayiqtovongullilar, zirkgullilar) va ba’zi boshqa o‘simliklar eng oddiy o‘simlik hisoblanadi. Ko‘p mevalilarning juda ko‘p oddiy belgilari xos bo‘lgan tipik gulining spetsifik tuzilganligi buning isbotidir. Ularning gul o‘rni konussimon, gultoji ayrim gulbargli, gulbarglari ko‘p, ular spiralsimon joylashgan va hokazo. Changchi va urug‘-chilarining ko‘pligi bu o‘simliklar uchun ayniqsa xarakterli.
Ko‘p mevalilar qabilasi-(Polucarpicae).
Ko‘p mevalilar qabilasi 23 ta oilani o‘z ichiga oladi. Bu qabilaga kiruvchi daraxtlardan magnoliyadoshlar, lavrdoshlar, zirkdoshlar, o‘t o‘simliklardan esa ayiqtovondoshlar eng tipikdir.
Ko‘p mevalilarning gullari xilma - xil bo‘lgani bilan ularning sodda tipda tuzilgan. Guldan, ya’ni oddiy (vegetativ) novda belgilarini radial simmetriy, go‘yo poyaga o‘xshaydigan cho‘ziq gul o‘rni, spiral tartibda joy olgan va bir - biriga qo‘shilmagan notayin sondagi barglarini saqlab qolgani guldan solib chiqqanligini ko‘rish qiyin emas.

Yüklə 291,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin