1. Yopiq urug‘lilar tasnifi



Yüklə 291,98 Kb.
səhifə4/7
tarix17.11.2022
ölçüsü291,98 Kb.
#69545
1   2   3   4   5   6   7
7- 1021 eldor

Gul formulasi: * Sa2 So4 A G( )
Bu oilaning eng tipik vakillaridan biri ko‘knoridir. (P.Somniferum). Bu bo‘yi 1 m ga yetadigan ko‘kimtir bir yillik o‘t o‘simlikdir. Uning gullari yirik ko‘pincha binafsha,pushti va oqish rangli, ko‘sakchasi yirik, bochkasimon va silliq, tarkibida 26 xil alkaloid saqlaydi, urug‘lari mayda, ko‘p va seryog‘ bo‘ladi. Ba’zan otaliklarining bir qismi metamorfozalanishi sababli gulbarglari to‘rttadan oshiq bo‘ladi, otaliklari bir talay, ular ham doira doira bo‘lib turadi. Onaligi 8-12 meva bargchadan tuzilgan bo‘lib, kattakon tugunchasi va chetlari go‘yo shu’laga o‘xshab, parrak-parrak bo‘lib turadigan disksimon tumshuqchasi bor. Ko‘sakchasi ko‘kligida ko‘ndalangiga tilinganda chiqqan oqimtir sut shira havoda qo‘shilib qolib qo‘ng‘ir tus oladi. Shu modda "opiy" yoki "chakida"deb ataladi. Shu tarzda olinib ko‘paytirilgan opiylar farmatsevtika sanoatiga jo‘natiladi. U yerda meditsinada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan morfin, kodein, papaverin singari alkaloidlar olinadi.
Ko‘knorining mayda - mayda bo‘ladigan urug‘larida 40% dan ortiq, goho 50 % moy bo‘ladi. Ko‘knori moyi mazali va hadeganda ochilmaydigan bo‘lganligidan juda yaxshi masalliq hisoblanadi. Ko‘knori moyi qizitmasdan preslash yo‘li bilan olinadi. Chiqqan kunjarasidan uni endi qizdirib presslash yo‘li bilan qora rangli badxo‘r faksiya ajratib olinadi.
Qizilgulli ko‘knor (P.parsoninum). Bir yillik o‘t o‘simlik bo‘lib guli qizil rangda. Apreldan boshlab chamandek ochiladigan va keng tarqalgan o‘simlik. Sharq ko‘knorisi (P.orientalis). Bu bo‘yi 1 mga yetadigan tukli, ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Tojbarglari yirik, uzunligi 9sm to‘q qizil rangli, tag tomoniga yaqinlashgan sari qora dog‘li bo‘la boradi. Manzarali o‘simlik sifatida ekiladi.
Remeriya (Royemeria). Bu barglari, odatda ikki karra patsimon, chuqur qirqilgan kichikroq, bir yillik o‘t o‘simlikdir. Qizg‘aldoq (R.refracta). Qizil gulli ko‘knordan qizil tojibargning ostida qora dog‘i bo‘lishi va mevasining dukkaka o‘xshashligi bilan farq qiladi.
Sharq qizg‘aldog‘qi (R.oricentalis) esa tojbargi binafsha rangli, pastida dog‘i yo‘q, bo‘yi 5-20 sm o‘simlikdir.
Ko‘knorining opiy beradigan navidan meditsinada dori sifatida ishlatiladi. YOg‘ beradigan navining urug‘ida 48% gacha yog‘ bo‘ladi. Urug‘ yog‘ olishdan tashqari konditer sanoatida ham ishlatiladi.Chunki uning tarkibida alkaloid bo‘lmaydi. Lolaqizg‘aldoq konditer sanoatida ishlatish uchun bo‘yog‘i olinadi.
Chinniguldoshlar oilasi-Caryophyllaceae.
Bu oila vakillari bir yillik, ko‘p yillik chala buta o‘simlikdir. Ularning poyalari silindir, bo‘g‘imli soxta dixotomik shoxlangan bo‘ladi. Barglari oddiy va qarama-qarshi joylashgan, yonbargsiz, ba’zan pardasimon yonbarglidir. Ularning gullari to‘g‘ri, rangli yakka-yakka bo‘lib yoki dixaziy to‘pgulda joylashgan. Ko‘pincha 2 jinsli, gulqo‘rg‘onli, odatda beshlik tipda tuzilgan, 5 doirali. Gulqo‘rg‘oni kosachabarg va tojibarglarga ajralgan, ba’zan oddiy gulqo‘rg‘onli. Gulqo‘rg‘on bargchalari 5 tadan. Kosachabarglari qo‘shilib o‘sgan yoki erkin, 4-5 tishli.Tojbarglari 4-5 ta, kosachaning tishlari bilan navbatlashib joylashgan. Otaligi 5-10 ta 10 ta bo‘lganda tashqi doiradagi otaliklar tojbarglarning qarshisida joylashadi. Onaligi 1 ta, 2, 3, 5, 4 mevabargli. Tugunchasi ustki, bir uyali. Mevasi ko‘sakcha yoki yong‘oqcha, ba’zan quruq rezavor-meva bo‘ladi. Urug‘lari perspermli. Ko‘sakchasi uchidagi tishchalaridan ochiladi. Vegetativ organlarida xususan yer ostki qismida saponinlarning bo‘lishi bu oila vakillari uchun xarakterli xususiyatidir. Bu oila 80 avlod va 20000 ga yaqin turdan tashkil topgan bo‘lib yer sharining hamma qismida, ko‘proq shimoliy yarim sharda, O‘rta dengiz oblastlarida Avstraliya va Afrikada ko‘p tarqalgan. O‘zbekiston florasida 24 avlodi va 130 turi yovvoyi holda o‘sadi. Chinniguldoshlar oilasi kosacha barglarining erkin yoki qo‘shilib o‘sganligiga qarab 2 oilaga bo‘linadi.
1.Yulduzo‘tdoshchalar oilachasi - Alsinoideae.bu oilaga mensimas yulduzo‘t (S.Neglecta), xolosteum (Holosteum) lar kiradi. Bu oila vakillarning kosachabarglari erkin, mevasi ko‘sakcha yoki yong‘oqcha bo‘ladi. Ular bir yillik va ko‘p yillik mezofit o‘simliklaridir.
2.Bo‘ritikandoshchalar oilachasi. (Silenoideae). Bu oilacha vakillari kosachabarglari qo‘shilib o‘sgan, tojbarglari bandli, ko‘pincha tojbarg bandining plastinkaga o‘tayotgan yerida tangachalardan iborat qo‘shimcha gultoji bo‘ladi. Bu oilaga chinnigul (Dianthus), bo‘ritikan (Acanthophyllum), geixofilla (Yypsophila)kabilar kiradi.
Chinnigul avlodi-(Dianthus). Bu ko‘p yillik o‘tlar, ba’zan chalabutalardir. Gullari 1 tadan yoki soyabonsimon, dixaziy tipdagi to‘pgulda joylashgan. Kosachasi naychasimon, 5 tishli.Tojbarglari 5 ta, uzunbandli, rangi xar xil, uchi tishli yoki uqali. Otaligi 10 ta. Onaligi ikki meva bargli. Mevasi ko‘p urug‘li ko‘sakchadir. O‘zbekistonda 10 turi yovvoyi xolda o‘sadi. Xonadonlarda va gulzorlarda ham o‘stiriladi. Vatani Xitoy, bir yillik o‘simlik, xitoy chiniguli (D.Chinensis) xamda O‘rta va G’arbiy yuvropadan keltirilgan ko‘p yillik turkiya chinniguli(D.Barbatus) va golandiya chinniguli (D.Coryorhylus) keng miqyosda ekiladi.
Chinnigulodshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli saponinlar yoki glikozid saponinlarning bo‘lishi bu oilaning asosiy xususiyatlaridan biridir. Bunday saponinlar yetmak, gipsofila ildizlarida ko‘p to‘planadi. Bir necha turlari dekorativ o‘simlik sifatida ekiladi. Shu maqsadda chinnigulning 70 turi o‘stiriladi. Yetmak texnik o‘simlik sifatida O‘zbekistonda ekila boshlandi. Bular orasida ham mollar uchun yaxshi oziq bo‘ladigan turlar uchramaydi. Ammo dori bo‘ladigan bir necha vakillari bor. Mas.grijnik-samincho‘p.

Yüklə 291,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin