Referat bajardi: Tekshirdi



Yüklə 186,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix12.10.2023
ölçüsü186,02 Kb.
#154356
növüReferat
  1   2
Globallashuv va xalqaro savdoning rivojlanish tendensiyalari-fayllar.org



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 
 
 
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI 
Mavzu:__________________________________________

REFERAT 
 
Bajardi:_______________________ 
Tekshirdi:_____________________ 
 
 
 
 
Toshkent
-2023 
 
 


Globallashuv va xalqaro savdoning rivojlanish tendensiyalari 
Globallashuv (globalizatsiya) - 
lotincha ―globe so’zidan olingan bo’lib, 
aynan uni ―dumaloqlashuvi, ―kurralashuvi deb tarjima qilish 
mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli 
insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini 
tushuntirish uch
un ishlatiladi. ―Globallashuv tushunchasi lug’aviy 
ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida ―umumiylashuv, lotin tilida esa 
―globus
-Yer shari ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi 
ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan 
bog’liq bo’lgan katta muammolarni, ―sayyoraviy, ―dunyoviy 
muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini o’ziga qamrab oladi.a

Globallashuv (globalizatsiya) - 
lotincha ―globe so’zidan olingan 
bo’lib, aynan uni ―dumaloqlashuvi, ―kurralashuvi deb tarjim

qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika 
yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, 
kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. ―Globallashuv 
tushunchasi lug’aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida 
―umumiylashuv, lotin tilida esa ―globus
-Yer shari ma'nolarini 
bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham 
bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog’liq bo’lgan katta 
muammolarni, ―sayyoraviy, ―dunyoviy muammolarni, global 
taraqqiyot istiqbollarini o’ziga qamrab oladi.a
Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan 
foydalanilgan1. Bu atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli 
foydalanilmagan. 1985 yilga kelib amerikalik sotsiolog R. Robertson 


«globallashuv» atamasiga tushuncha bergan2. Globalizatsiya atamasi 
birinchi bo’lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qo’llanilib 
kelingan. Ammo bu so’zning to’liq ma‘nosi, konsepsiyasi 1990 yilning 
yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan to’liq ochib 
berilgan. ―
Globallashuv atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt 
tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan 
maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab 
chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini 
―globallashuv deb atagan. Mazkur ta`rifda globallashuv jarayonining 
iqtisodiy tamonlariga e`tibor berilgan.
Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan 
foydalanilgan1. Bu atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli 
foydalanilmagan. 1985 yilga kelib amerikalik sotsiolog R. Robertson 
«globallashuv» atamasiga tushuncha bergan2. Globalizatsiya atamasi 
birinchi bo’lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qo’llanilib 
kelingan. Ammo bu so’zning to’liq ma‘nosi, konsepsiyasi 1990 yilning 
yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan to’liq ochib 
berilgan. ―Globallashuv atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt 
tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan 
maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab 
chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini 
―globallashuv deb atagan. Mazkur ta`rifda globallashuv jarayonining 
iqtisodiy tamonlariga e`tibor berilgan.
O`z davrida frantsuz faylasufi Rene Dekart ―Tushunchalar 
ma`nosini 
aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi‖ 
- deb 


yozgan edi. Ayni shu ma`noda dastlab biz ―globallashuv 
tushunchasining istilohiy ma`nosini izohlashga harakat qilamiz. Bu 
so’zga quyidagicha tarif berish mumkin: Globallashuv – Jahon xo’jaligi 
rivojlanishining ob‘ektiv jarayoni bo’lib, juda ko’p ijobiy xususiyatlarga 
egadir: bular asosan turli mamlakatlar xo’jaligining o’zaro aloqasi, 
xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ilm – fan texnika texnalogiya yutuqlari 
almashuvini tezlashishni hamda davlatlarni ilmiy texnikaviy 
taraqqiyotiga ko’maklashuv bilan tasdiqlanadi. Globallashuv — 
butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir 
birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat 
taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin 
harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik 
jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning 
madaniyatining qo’shilish va yaqinlashuvidir.
O`z davrida frantsuz faylasufi Rene 
Dekart ―Tushunchalar ma`nosini 
aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi‖ 
- deb 
yozgan edi. Ayni shu ma`noda dastlab biz ―globallashuv 
tushunchasining istilohiy ma`nosini izohlashga harakat qilamiz. Bu 
so’zga quyidagicha tarif berish mumkin: Globallashuv – Jahon xo’jaligi 
rivojlanishining ob‘ektiv jarayoni bo’lib, juda ko’p ijobiy xususiyatlarga 
egadir: bular asosan turli mamlakatlar xo’jaligining o’zaro aloqasi, 
xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ilm – fan texnika texnalogiya yutuqlari 
almashuvini tezlashishni hamda davlatlarni ilmiy texnikaviy 
taraqqiyotiga ko’maklashuv bilan tasdiqlanadi. Globallashuv — 
butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir 
birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat 


taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin 
harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik 
jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning 
madaniyatining qo’shilish va yaqinlashuvidir.
Xalqaro savdo o‘zining rivojianish bosqichlariga ega bo‘lib, har bir 
bosqich o‘z
tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi:
— tashqi savdo aloqalarining lokal darajada shakllanish bosqichi — 
(VI-XIII asr- lar) 0‘rta yer dengizidan Sharqqa tomon xalqaro savdo 
yo‘llarining vujudga kelishi;
— tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish bosqichi 
(XII- XV asrlar) tashqi savdo aloqalarining 0‘rta yer, Boltiq va Shimoliy 
dengizlarida konsentratsiyalashuvi;
— tashqi savdo aloqalari globallashuvining boshlanish bosqichi — (XV-
XVII asr¬lar) Buyuk geografiya kashfiyotlari tufayli xalqaro savdo 
yollarining Atlantika, Hind va Tinch okeanlariga ko‘chishi;
— tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi — (XVIII-XIX 
asrlar) sanoat to‘ntarishi, G‘arbiy Yevropa va AQSh iqtisodiyotining 
sanoatlashtirish jarayoni bilan bog‘liq; 
— tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi — (XVIII-XIX 
asrlar) sanoat to‘ntarishi, G‘arbiy Yevropa va AQSh iqtisodiyotining 
sanoatlashtirish jarayoni bilan bog‘liq; 


— tashqi savdo aloqalarining militarizatsiyalashuv bosqichi (XIX oxiri - 
XX asr boshi) Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bog‘liq;
— integratsion bloklar va birlashmalarning tashqi savdo 
munosabatlariga faol ta’sir etish bosqichi — (XX asrning o‘rtasi va 
ikkinchi qismi);
Xalqaro savdoning zamonaviy xususiyatlari:
— ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida mahsulot hamda xizmatlar 
savdosi haj¬mining keskin ortishi;
xalqaro savdo rivojlanayotgan mamlakatlar salmog‘ining qisqarishi
yangi tarmoq va ishlab chiqarishning vujudga kelishi;
qator mamlakatlarning ayrim mahsulotlar importiga bog‘liqligining 
ortishi;
tashqi bozorda ortiqcha mahsulotni sotishdan turli mamlakat korxonalari 
o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari asosida avvaldan kelishilgan holda 
mahsulotni yetkazib berish shakliga o‘tilishi.
— fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida jahon eksportining tovar 
tarkibidagi fan sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan mahsulot va xizmatlar 
ulushining ortishi;
tashqi savdo aylanmasining jon boshiga baholangan qiymatining notekis 
taqsimlanishi;
Xalqaro savdoning tovar tarkibi — xalqaro savdoning tarkibini 
aniqlovchi tovar mutanosibliklari majmuyi va aloqalaridan iborat bo‘lib, 
maqsadi inson ehtiyojlariga moslashtirish nuqtayi nazaridan xalqaro 
savdo sohasida tovarlarni tabaqalashtirish hisoblanadi.
Xalqaro savdoning hududiy tarkibi — bu xalqaro savdoning hududiy 


tarkibini aniqlovchi mutanosibliklar va aloqalar majmuyi bo‘lib, ushbu 
tarkib xalqaro savdoning xususiyatlari va rivojianish yo‘nalishlarini 
ajratish imkonini beradi
Xalqaro savdoning zamonaviy hududiy tarkibidagi o‘zgarishlar 
tendensiyasi quyidagilar orqali ifodalandi:
xalqaro savdo bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ulushining 
saqlanib qolishi xalqaro savdo asosiy qismining rivojlangan mamlakatlar 
guruhi ichida mujassamlashuvi;
rivojlanayotgan mamlakatlar ulushining ortishi;
rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida savdo aloqalari 
hajmi¬ning ortishi;
o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarining xalqaro savdodagi pozitsiyasining 
zaifligi (rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 3,5 %, 
rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 2,5 %).
xx asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalqaro savdo jadal sur’atlar bilan 
rivojlana boshladi. 1950-1998-yillarda jahon eksporti 16 martaga ortdi. 
G‘arb mutaxassislarining fikricha, 1950 va 1970-yillar oralig‘ini xalqaro 
savdoning rivojlanishidagi «oltin asr» deb atash mumkin. Mana shu davr 
oralig‘ida jahon eksportining o’rtacha yillik o‘sish sur’ati 7 %ni tashkil 
etadi. 0‘tgan asrning 70-yillariga kelib jahon eksportining o‘sish sur’ati 
5 % ga qadar, 80-yillarda esa yanada pasaya boshladi, asr 80-yillarining 
oxiriga kelib jahon eksportining o‘sish sur’ati jadallashadi. Masalan, 
1988-yilda xalqaro savdoning o‘sish sur’ati 8,5 %gacha ortgani holda 
90-yillarda jahon eksportining o‘sish sur’atida yana pasayish kuzatildi, 
90-yilning o’rtalaridan boshlab esa barqaror o‘sish tendensiyasiga ega 
bo‘lib, o‘rtacha 7 %ni tashkil etgan 



xx asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalqaro savdo jadal sur’atlar 
bilan rivojlana boshladi. 1950-1998-yillarda jahon eksporti 16 
martaga ortdi. G‘arb mutaxassislarining fikricha, 1950 va 1970-
yillar oralig‘ini xalqaro savdoning rivojlanishidagi «oltin asr» deb 
atash mumkin. Mana shu davr oralig‘ida jahon eksportining 
o’rtacha yillik o‘sish sur’ati 7 %ni tashkil etadi. 0‘tgan asrning 70-
yillariga kelib jahon eksportining o‘sish sur’ati 5 % ga qadar, 80-
yillarda esa yanada pasaya boshladi, asr 80-yillarining oxiriga 
kelib jahon eksportining o‘sish sur’ati jadallashadi. Masalan, 1988-
yilda xalqaro savdoning o‘sish sur’ati 8,5 %gacha ortgani holda 
90-yillarda jahon eksportining o‘sish sur’atida yana pasayish 
kuzatildi, 90-yilning o’rtalaridan boshlab esa barqaror o‘sish 
tendensiyasiga ega bo‘lib, o‘rtacha 7 %ni tashkil etgan 
Xalqaro savdoning barqaror o‘sish sur’atiga quyidagi omillar ta’sir 
ko‘rsatadi:
Xalqaro savdoning barqaror o‘sish sur’atiga quyidagi omillar ta’sir 
ko‘rsatadi:
xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi, ishlab chiqarish va kapitallar 
harakatining baynalmilallashuvi;
asosiy kapitalning yangilanishi, yangi iqtisodiy tarmoqlarning yaratilishi 
va JST tadbirlari yordamida xalqaro savdoning erkinlashtirilishi;
xalqaro savdoning erkinlashuvi, mamlakatlarning import bojlari va 
miqdoriy cheklovlarni bekor qilishga o‘tishlari;


transmilliy korporatsiyalarning jahon bozorlaridagi faoliyatining 
faollashuvi;
o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarining bozor iqtisodiyotiga o‘tishi va 
iqtisodiyotlari ochiqligining chuqurlashuvi. 
--iqtisodiy integratsiya jarayonlarining chuqurlashuvi:
regional to‘siqlarning bekor qilinishi, umumiy bozor, erkin savdo 
zonalarining shakllanishi;
sobiq kolonial mamlakatlarning mustaqillikka erishishi. Tashqi 
bozorlarga yo‘naltirilgan iqtisodiy modelga ega «yangi industrial 
mamlakatlar»ning ajra- lib chiqishi;
Yuqorida qayd etib o‘tilgan omillar xalqaro savdoning quyidagi 
zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini belgilab beradi 

Yuqorida qayd etib o‘tilgan omillar xalqaro savdoning quyidagi 
zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini belgilab beradi 
Birinchidan, xalqaro savdoning rivojlanish dinamikasi jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqiroziga qadar yuqori o‘sish sur’atlari bilan tavsiflanadi. 
Tahlillar ko‘rsatishicha 1948-yildan 2020-yilga qadar jahon tovarlar 
eksporti 346 mlrd. Dollardan 18.3 trln dollargacha, ya’ni 53 martaga 
ortgan va uning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 7-8 %ni tashkil etgan.
Ikkinchidan, mamlakatlar tashqi savdosi iqtisodiy rivojlanishga nisbatan 
jadal sur’atlar bilan rivojlangan. Masalan, AQSh yalpi ichki mahsuloti 
1980—2020-yillar- da 5.9 barabor o‘sgan bo‘lsa, uning eksporti — 7,0, 


importi esa 9,1 martaga ortgan.
Uchinchidan, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida eksport va import 
kvota- larining ortishi yuz berdi. Agar 1978—1987-yillarda jahon sanoat 
mahsulotining 13.8% eksport qilingan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu 
ko‘rsatkich 65,7 %ni tashkil etdi
Uchinchidan, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida eksport va import 
kvota- larining ortishi yuz berdi. Agar 1978—1987-yillarda jahon sanoat 
mahsulotining 13.8% eksport qilingan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu 
ko‘rsatkich 65,7 %ni tashkil etdi.
To‘rtinchidan, xalqaro savdoning geografik tarkibi mamlakatlarning 
hududiy yoki tashkiliy belgilari bo‘yicha rivojlanmoqda. Xalqaro 
savdoda yetakchi mav- qe AQSh, Yevropa Ittifoqi va Yaponiyaga 
tegishli bo‘lib, ular hissasiga 2020-yilda jahon tovarlar eksportining 45,7 
% kelgan.
Beshinchidan, xalqaro savdodagi asosiy savdo munosabatlari sanoat 
jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar o‘rtasida yuz beradi. Bu ko‘rsatkich 
umumiy savdo¬ning 61 %ni tashkil etadi.
Oltinchidan, xalqaro savdoning tovar tarkibi ham o‘ziga xos rivojianish 
xususiyatlariga ega
xalqaro savdoning tovar tarkibi ham o‘ziga xos rivojianish xusu- 
siyatlariga ega: 

xalqaro savdoning tovar tarkibi ham o‘ziga xos rivojianish xusu- 
siyatlariga ega: 
xalqaro tovar aylanmasiga tortilayotgan tovarlar oqimi chuqur 


diversifikatsiya- ga ega. Jumladan, Germaniya 180 ta eksport 
pozitsiyasiga, Buyuk Britaniya va Fransiya — 175 ta, Yaponiya 160 
tadan ortiq pozitsiyaga ega;
ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida xalqaro savdoda tayyor mahsulotlar 
ulushi ortib bormoqda. Bu ko‘rsatkich 2020-yilda jahon tovarlar 
savdosining taxmi- nan 64,7 %ga teng bo‘ldi;
xalqaro savdoda xomashyo va mineral yoqilg‘ilarning ulushi qisqarib 
bormoqda. Ushbu ko‘rsatkich 1937-yilda 38,6 %ni tashkil etgan bo‘lsa, 
2020-yilda 19,8 %ga teng bo‘ldi;
jahon savdosida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi qisqarish 
tendensiyasiga ega bo‘lib, bu ko‘rsatkich 1937-yilda 22,8 %ga, 2020-
yilda esa 12,5 %ga teng bo‘ldi;
1974-1975-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozidan keyin jahon 
eksportining tovar tarkibida to‘qimachilik va kiyim-kechaklar ulushi 
orta boshladi. 2020-yilda ush¬bu tovarlarning jahon tovarlar savdosidagi 
ulushi 4,2 %ni tashkil etdi. Bu soha- da rivojlanayotgan mamlakatlar 
ulushi keskin ko‘payib bordi.
2009-2020-yillarda xalqaro savdoda erishilgan ijobiy natijalardan biri bu 
Jahon savdo tashkilotiga a’zo mamlakatlar tomonidan inqirozga qarshi 
cho- ralar dasturini amalga oshirish maqsadida tashqi savdo siyosatida 
yangi chek- lovlardan, proteksionizm usullaridan foydalanishiga yo‘l 
qo‘yilmaganligidan iborat. JST 2010-yildan boshlab bunday milliy 
cheklovlarni pasaytirishga erish- di. Ammo ko‘nlab mamlakatlarda 
ishsizlikning yuqori darajasining saqlanib qolishi, eksportga mahsulot 
ishlab chiqaruvchi mahalliy tovar ishlab chiqaruv- chilarni himoyalash 
maqsadida mamlakatlar tomonidan proteksionistik siyosat- ni qo‘llashga 


ehtiyojini oshirmoqda
O’zbekistonda ham bugungi kunda xalqaro savdo muhim ahamiyatga 
ega.Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo 
resurslarini eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutilib, 
tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu 
maxsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada 
kengaytirishimnz kerak. Jahon xo’jaligi rivojlanishining o’ziga xos 
xususiyatlaridan bir- bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv 
rivojlanib borishi hisoblanadi.
Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar 
o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, 
xo’jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining 
kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy 
xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib 
borayotganligida ko’rish mumkin.
1. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko’rinishlari 
Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi, ya’ni mamlakatlarning 
ixtisoslashuvi va ular o’rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. 
Mamlakatlar o’z iqtisodiyotini rivojlantirish, iqtisodiy muammolarni hal 
qilish borasida tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu 
holatlarni etiborga olishi shart.
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning 
kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kaiitalni chetga chiqarish 
imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bog’liq ravishda xalqaro moliya-
valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi.Tashqi savdoning vujudga 
kelishi ikki muhim ob’ektiv sabab bilan izohlanadi.


Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar 
o’rtasida notekis taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega bo’lgan yoki 
rivojlangan davlatlar ham barcha resurslar bilan o’zini to’liq ta’minlay 
olmaydi. Ular o’zlarida ortiqcha bo’lgan resurslarni eksport qilishga va 
mamlakatda taqchil bo’lgan resurslarni import qilishga majburlar.
Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim 
sabab shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir 
xil samaradorlik bilan ishlab chiqara olmaydi. Ya’ni bir tovar 
Yaponiyada arzon ishlab chiqarilsa, ikkinchi tovar O’zbekistonda arzon 
ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababli resurslardan samarali 
foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o’zaro savdo-
sotiqni yo’lga qo’yadilar.
Bu ikki ob’ektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab 
chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi. 2012 
yilda xalqaro savdo hajmi jahon miqyosida yalpi ichki mahsulotning real 
hajmiga nisbatan olinganda 50 foizga yaqinni tashkil etdi. Shu davrda 
O’zbekiston real yalpi ichki mahsulotida tashqi savdo, ya’ni tashqi 
savdo aylanmasining ulushi 62,4 foiz atrofida bo’ldi.
Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an’anaviy shakli sifatida 
quyidagi ko’rinishlarni o’z ichiga oladi:
• 
mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg’i-xom ashyo mahsulotlari, 
qishloq xo’jaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari;
• 
xizmatlarni ayirboshlash: muxandislik-maslahat xizmatlari;
• 
transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar.
• 
yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va 
«nou-xou»lar.


Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma’lumotlarini 
ayirboshlashning barcha ko’rinishlari tashqi savdo operatsiyalari 
yordamida amalga oshiriladi. Ular o’z navbatida eksport, import, 
reeksport va reimport operatsiyalariga bo’linadi.
Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish.
Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni 
mamlakatga olib kelish.
Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov 
berilmagan mahsulotni chet elga olib chiqib sotish.
Reimport operatsiyasi - avval eksport qilingan va u erda qayta ishlov 
berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish.
2 . Mutlaq va nisbiy afzallik nazariyalari 
Shu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari 
xalqaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda 
keltiradi degan fikrni ilgari suradi. Erkin tashqi savdoning zarurligi va 
foydaliligi to’g’risida dastlabki nazariyalardan biri A.Smitning mutlaq 
afzallik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko’ra har bir mamlakat undagi 
mavjud sharoitlar va resurslar o’ziga xosligiga tayangan holda ma’lum 
bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni 
eng ko’p) ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Shunday ekan mamlakat 
mutlaq afzallikka ega bo’lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va 
ushbu tovarning o’z iste’molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa 
tovarlarni sotib oladi. Chunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda 
mutlaq afzallikka ega bo’lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan 
bo’ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab ko’proq 


mahsulotga ega bo’ladi. Masalan, O’zbekiston asosan paxta 
mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashganligi uchun boshqa 
mahsulotlarga nisbatan ko’prots shunga e’tiborni qaratish lozim. 
Chunki, O’zbekiston qishloq xo’jaligi, ob-havosi va qolavsrsa, butun 
respublika sharoiti paxta etishtirishga moslashgan va unga kam 
miqdorda mehnat va moliyaviy resurslarni sarf qilib, yuqori hosil olish 
texnologiyasiga ega. Shuningdek, boshqa mamlakatlar ham o’zi 
ixtisoslashgan sohaga ko’proq e’tiborni qaratishsagina dunyo bo’yicha 
ko’proq mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro savdoda ham katta 
muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo’l bilan dunyo 
aholisining talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi.
Ammo qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha 
dunyoda mutlaq afzallikka ega bo’lmasligi mumkin. Bu esa shu 
mamlakat hamma tovarlarni chetdan keltiradimi degan savolni 
tug’diradi. Agar shunday bo’lsa importni bu mamlakat qaysi mablag’lar 
hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob berish borasida mutlaq 
afzallik nazariyasi boshi berk ko’chaga kirib qoladi.
D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq afzallik» nazariyasini yanada 
mulohaza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi 
ekanligini isbotlab berdi. D. Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va 
soliqlar» nomli asarida klassik nazariyani boshi berk ko’chadan olib 
chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini 
ta’minlashda yoki ko’proq afzallikka ega bo’lgan yohud kamroq 
zaiflikka ega bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga 
ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday vaziyatlarda ikki 
mamlakat o’rtasidagi savdo ko’proq imkoniyatlar olib keladi.


Har bir mamlakat o’zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va 
shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari “Nisbiy afzallik 
nazariyasi”da o’z echimiga ega bo’ldi. Masalan, Portugaliyada ishlab 
chiqarilgan movut va Angliyada ishlab chiqarilgan vino individual 
xarajatlarga ega bo’lsin. Shuni hisobga olgan holda D. Rikardoning 
“Nisbiy afzallik nazariyasi”ni qo’llaymiz:
Ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan mehnat birligi miqdori;
Movut (dona) Vino(bir 
barrel)
Portugaliya 90 100
Angliya 80 120
Yuqoridagi misoldan ko’rinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi 
mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega. Ammo, D. 
Rikardo Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan vino ishlab 
chiqarish savdosini yo’lga qo’yish ko’proq foyda olib kelishini 
ta’kidlaydi. Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab 
chiqarish arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy afzallikdagi farq har bir 
millat uchun xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya’ni, Portugaliya bir 
barrel vinoni (80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va o’z 
navbatida, Angliyadan (100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut 
sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. O’zida ishlab chiqarilgan 
mahsulotga solishtirganimizda esa 8/9 donaga ega bo’lar edi. Boshqacha 
aytganimizda, Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va movutni sotib 
olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha bo’ladi.
120 / 100 - 8 / 9 = 1,2 -0 ,(8 ) = 0,31 dona movut.


Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya’ni 
movut ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o’rtasidagi farq 
vino ishlab chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab 
chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham 
yutadi. Ya’ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga 
11/8 barrel vino (o’zidagiga nisbatan 5/6 barrel) sotib olishi mumkin. 
Ushbu vaziyatda Angli yaning yutug’i;
9 / 8 - 5 / 6 = 7 / 2 4 = 0,29 barrel vino.
Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 9/8 dona movut 
sotib olgandagina xalqaro savdo foydali hisoblansa, Angliya uchun esa 
har bir barrel vinoga 5/6 dona movut almashganda savdo foydali 
hisoblanadi.
Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag’batlantirib, 
quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi 
mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishguncha o’tgan davrgiga 
nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari sarflaydigan bo’ladi. 
Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda mamlakatlarning pul 
birliklari ishtirokida amalga oshishi hisobga olinmagan. Chunki, 
mamlakatlar o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valyutalarini 
almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan.
U izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valyutalarni almashtirish 
sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to’lovlari 
o’zaro balansga ega emas. Bunday vaziyat valyuta kurslaridagi 
o’zgarishlar hisobiga yoki biror bir mamlakatdagi barcha baholarni 
o’zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi misol mavhum 
xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun:


• 
mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o’rtasida emas, balki 
mamlakat ichida harakatchan bo’lishini;
• 
transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa 
cheklashlar hisobga olinmasligini;
• 
mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi 
texnika va tsxnologiyalarni qo’llash hamda ularni ko’p miqdorda seriyali 
ishlab chiqarishda xarajatlardagi o’zgarishlar e’tiborga olinmasligini 
ta’minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim.
Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro savdo 
narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo’llash mumkin. 
Chunonchi, bir barrel Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam 
narxda (80) va sotib olingan narxdan (120) yuqori narxda sotmaslik 
ksrak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan Portugaliyada (90 dan 100 
gacha) shunday tartibda sotilishi kerak.
Mahsulotlar nari o’rtasidagi o’zaro nisbat aniqlab olingandan keyin 
«savdo sharti» (terms of trade) tushunchasi savdo shartini aniqlab olish 
uchun esa “savdo sharti indeksi” tushunchasi kiritilgan. Bu indeks 
quyidagi formula orqali aniqlangan:
T = Px/ Pm
Bu erda T- “savdo sharti”, Px - eksport narxlar indeksi, Pm esa import 
narxlar indeksi
Indeksning o’sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo sharoitlarining 
yaxshilanayotganligini ko’rsatadi. Ya’ni, ushbu miqdordagi importga 
hisob-kitob qilish uchun undan kam miqdorda eksport talab etiladi.
Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar narxi o’zgarishi 
hisobiga, unga bo’lgan talabning oshishi yoki kamayishiga bog’liq. 


Ayrim mahsulot ishlab chiqaruvchilar (masalan, neft va neft 
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda bo’layotgan o’zgarishlarga 
qaramay, katta yutuqlarga erishadilar.
Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki etkazib 
beruvchilarning bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bog’liq 
bo’ladi.
Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar 
iste’molidagi o’zgarishlarga qarab o’zgaradi.
Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati 
to’g’risida ma’lumotlar bersada, ko’pgina kamchiliklardan holi emas. 
Ularning eng asosiylaridan biri mamlakatda umumiy sharoitni 
yaxshilasada, sotilgan mahsulotlar miqdorini hisobga olmaydi. 
Boshqacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi 
qisqarishi va import hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa to’lov balansini 
yomonlashtiradi.
A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta’sir qiladigan 
eng asosiy omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa ishlab 
chiqarish xarajatlariga bog’liq.
Keyingi tadqiqotlar ishlab chiqarishda asosiy omillar sifatida er, kapital 
kabi omillardan foyda olish imkoniyatini hisobga olgan. Agarda, 
mehnatning bozor narxi ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning narxii 
foiz stavkalari ko’rinishida, erning narxi renta miqdorida aniqlangan.
3 . Xeksher — Olinning neoklassik kontseptsiyasi 


Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved 
iqtisodchiolimlari Eli Xeksher va Bertil Olinlarni (30-yillar) ko’rsatish 
mumkin.
E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog’liq holda 
narxlarni tenglashishi» qoidasini oldinga surgan. Buning ma’nosi 
shundan iboratki, milliy ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning 
mehnat, er, kapital va shuningdek, u yoki bu mahsulotga ichki 
iste’moldagi o’zgarishlar kabi omillarga bog’liq.
Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan:
1. 
Mamlakatlar o’zlarida ortiqcha bo’lgan ishlab chiqarish omilini 
ko’p talab qiladigan mahsulotlarni eksport qilishadi va aksincha, 
o’zlarida taqchil bo’lgan ishlab chiqarish omillarini ko’p talab qiladigan 
mahsulotlarni import qiladilar.
2. 
Xalqaro savdo yo’lidagi cheklashlar bekor qilinsa tovarlarning turli 
mamlakatlardagi «omil narxi» (tannarxi) ning tenglashishi kabi 
o’zgarishlar kuzatiladi.
3. 
Mahsulotlar eksporti o’rnini asta sekin ishlab chiqarish omillari 
eksporti egallaydi.
Agar mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan boshqa 
omillar miqdori o’rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan 
yuqori bo’lsa shu omil bu mamlakatda nisbatan ortiqcha deb 
hisoblanadi.
Xeksher-Olin kontseptsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi 
ko’rinishlarga ega. Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya’ni, 
«sanoatlashgan» va «agrar» mamlakat faoliyat ko’rsatmoqda. 
Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma’lum miqdorda 


ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo’ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha er 
mavjud, ammo kapital etishmaydi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab 
chiqarishda kapital asosiy omil hisoblanadi. Masalan, neftni qayta 
ishlash, elektron mashinasozlik va mashina ishlab chiqarish sohalari 
kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital talabchan ishlab 
chiqarish hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo’lgan mamlakatlar 
aynan ushbu yo’nalishlarga ixtisoslashadilar. Shu bilan birga, don 
etishtirish va chorvachilik bilan shug’ullanadigan mamlakatlarda 
ko’proq er resurslari kerak bo’ladi va ular shu yo’nalishga ixtisoslashgan 
bo’ladilar.
Xeksher—Olin kontseptsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50 
yillarda «Leontev paradoksi» yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. V.Leontev 
AQSh kapital ortiqcha bo’lgan mamlakat bo’lishiga qaramasdan 1947 
yilda kapital talabchan emas, balki mehnat talabchan mahsulot eksport 
qilganligini ko’rsatib berdi. Ya’ni Xeksher-Olin kontseptsiyasiga zid 
keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi tadqiqotlar esa AQSh da 
kapitaldan ko’ra er va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy ortiqcha 
ekanligi tasdiqlandi. AQSh ishlab chiqarishida aynan shu omillar 
ko’proq foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo’lib chiqdi. 
1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V. Stolperlar 
Xeksher-Olin kontseptsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi 
bo’yicha xalqaro savdo-ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik 
darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga mosligi, 
raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning xarakatchanligi kabi 
sharoitlarda mamlakatlar o’rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari 
tenglashadi.


D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, 
P.Samuelson hamda V.Stolperlar tomonidan to’ldirilgan savdo 
kontseptsiyasiga nafaqat mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro foydali savdoni 
yo’lga qo’yish, balki mamlakatlar rivojlanishi o’rtasidagi farqlarni 
kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi.


Yüklə 186,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin