bunda, Sd va SF- deraza va fonarlarni sathi, m2;
eFm - deraza va fonar uchun tabiiy yoritilganlik me`yorlari; Kz- zahira koeff; η∂ va ηF - deraza va fonarlarning yorituvchanlik tavsifi; Kb - deraza qarshisidagi binoning yorug’likni to`sish koeff;
Kd - shu bino sirtining yarqiroqlik koeff;
r1 var2 - deraza va fonar orqali yoritilayotgan xonalarda yorug’likni ko`p
marta qaytishi hisobida yoritilganlikni ko`payishini ko`rsatuvchi koeff;
τd va τF - deraza va fonar qurilmalarining yorug’likning o`tkazuvchanlik koeff;
KF - fonar turini aniqlovchi koeff.
Sun`iy yorug’likni me`yorlashdan maqsad biror bir yuzani yoritish uchun gigiyena nuqtai nazaridan eng kamida ruhsat etilgan minimal yorug’lik miqdori bilan ta`minlashdir. Bunda nazorat ishini tasnifi, muhit bilan buyum o`rtasidagi yarqiroqlik farqi va yoritilganlik tizimi aniq hisobga olinadi. Nazorat ishining tasnifi ko`zatilayotgan buyumning o`lchami bilan belgilanadi. YA`ni me`yorda 8 ta razryad qabul qilingan bo`lib, birinchisi o`ta yuqori aniqlikda bajariladigan ishlar turkumi
(<0,15 mm) -1 razryad 5000lk. dan to dag’al ishlar turkumi, ya`ni faqat jarayonni kuzatish uchun xizmat qiluvchi - VIII-razryad 50lk.gacha bo`lgan yoritilganlik miqdorlaridir.
Sun`iy yorug’likni aniqlash uchun odatda nuqtali yoki yorug’lik oqimi usullaridan foydalaniladi. Usulning mohiyati biror nur tarqatuvchi manbadan ihtiyoriy nuqtaga tushayotgan yorug’lik oqimini aniqlashdan iborat. Bunda nur tarqatuvchi manbaning ko`rinishi nuqta, chiziq, tekislik, shar hamda tsilindr shakllarida bo`lishi mumkin. Nuqta sharsimon yog’du manbaidan kelayotgan yorug’likni masofa kvadrati qonuniga asoslanib quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.
Eα H Jα · cos3α / r2 (cosθ ± d / H · sinθ)
bunda, Jα – yorug’lik kuchi, lm; α - nurning hisob nuqtasiga nisbatan og’ish burchagi, grad;