r - manbadan nuqtagacha bo`lgan masofa;
H - nur manbaining poldan balandligi; θ - nuqta o`rnashgan tekislikni pol sathiga nisbatan og’ish burchagi, grad; d – nurning gorizontal soyasi, m; Yorug’lik oqimi usulida hisoblashda, yuzani yoritish uchun zarur bo’lgan yoritgichlar soni quyidagicha aniqlanadi.
N H Em · K3 · S · Z / η · Fl
bunda, Em – yoritilganlik me`yori, lk;
K3 – zahira koeff (1,3-1,5);
S – yoritilajak yuza, m2;
Z – yorug’likni notekislik koeff (1,1-1,15); η – yoritilgichlarni foydalanish koeffitsienti.
Bu yerda, a va b – binoning buyi va eni, m.
h - yoritgichning yoritilayotgan yuzadan balandligi, m
5. Yoritilganlikka bo’lgan asosiy talablar va yoritqichlar
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik, ishchi-hodimlar salomatligiga zarar yetkazmasligi uchun u ko`zni zo`riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bulishi talab qilinadi. Korxonalarda yoritishga doir talablar quyidagilardan iborat:
-yoritish qurilmasi yorug’ligining spektral tarkibi quyosh yorug’liginikiga yaqin bo`lishi;
-bajariladigan ishlarning turi va aniqligiga qarab, yoritilganlik darajasi etarlicha bo`lishi hamda gigiyena talablariga mos kelishi;
-ish joyida to`g’ri tushadigan va qaytgan yorug’liklar bo`lmasligi;
-me`yorlarga muvofiq, korxona binolariga avariya yoritgichlari o`rnatilishi;
-xavfli ish o`rinlari yuqori darajada yoritilgan bo`lishi;
-yoritish qurilmalari xavfli hamda zararli omillar hisoblangan, ya`ni shovqin, elektr quvvati, issiqlik chiqarish va yong’in chiqarish manbalari bo`lmasligi;
-nazorat o`lchash asboblari, xavfsizlik signalizatsiyasi ishonchli va uzluksiz yoritilishi;
-yoritilish bir tekis va turg’un bo`lishi, soyalar hosil qilmasligi kerak. Aks holda inson ko`zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o`zgarib turishi natijasida, ko`rish organlarining toliqish holati ro`y beradi. Yoritgich lampalari yorug’lik tarqatish hususiyatiga ko`ra uch sinfga bulinadi: