Bu qabila 9 ta oilani o'z ichiga oladi. Ular asosan tropik va subtropik xududlarda tarqalgan.
Toshyorardoshlar (Saxifragaceae) oilasi.
Bu oilaga 30 ta turkumga mansub 600 ga yaqin tur kiradi. Ular Yer sharining sovuk va mu'tadil iqlimli xududlarida keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko'ra ular o'tlardan iborat. Tupgullari turlicha. Gullari ikki jinsli, asosan aktinomorf, ba'zan zigomorf. Gulqo’rg’oni murakkab, besh bo'lakli, ayrimlari Gulqo’rg’onsiz. Changchisi 5-10 ta urug'chisi 2 ta mevachi bargdan tashqil topgan. Mevasi ko'sakcha.
O’zbekistonda oilaning 4 ta turkumga kiruvchi 6 ta turi o'sadi. Semizakdoshlar (Crassulaceae) oilasi
Bu oila 35 ga yaqin turkumga mansub 1500 dan ortiq to'rni birlashtiradi. Ular Yer yuzi bo'ylab keng tarqalgan. O’zbekistonda 4 ta turkumga ovd 13 ta turi o'sadi. Hayotiy shakliga ko'ra ut o'simliklardan tashqil topgan. Undan dori sifatida foydalanish mumkin. Oilada (Kalonchoe va Rhadiola) turkumiga mansub dorivor hamda (Crassula va Sedum) turkumlariga ovd manzarali turlar bor.
Mirtadoshlar (Myrtaceae) oilasi
Bu oilaga 145 ta turkumga mansub 4000 taga yakin tur kiradi. Ular tropik va subtropik xududlarda, ayniqsa Janubiy Amerika bilan Avstraliyada keng tarqalgan. Oila vakillari doim yashil daraxt yoki bo'talardan iborat. Barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan, ba'zan ketma-ket xam joylashgan. Gullari ikki jinsli, aktinomorf, simoidsimon yoki botroidsimon to'pgullarda yoki yakka xolda joylashgan. Gulqo’rg’oni murakkab yoki oddiy. Mevasi rezavor yoki yong'oqcha, ba'zan danakcha. Bu oilachaga evkolipt (Eucalyptas), mirta (Myrta), qalampirmunchoq (Zyzygium) va feyxoa kabi turkumlarnig vakillari kiradi.
№ 14. RA’NOGULNAMOLAR VA BURCHOQNAMOLAR QABILASI VAKILLARI.
Reja:
Ra’nogulnamolar qabilasiga ta’rif va xilma-xilligi.