1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va kakku zig’iri)



Yüklə 398,5 Kb.
səhifə23/36
tarix31.05.2022
ölçüsü398,5 Kb.
#60118
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va

GULXAYRIGULLAR-MALVALES.

Bu oilaga 85 turkum, 1000 tur kiradi. O’zbekistonda 6 turkumga mansub 17 turi o'sadi. Gulxayridoshlarga o’t, buta va daraxtlar kiradi. Barglari oddiy, qirqilgan, panjasimon. Muhim belgilari: Avvalo tashqi tomondan yulduzsimon va boshqa har xil tukchalar bilan qoplangan. Anatomik tuzilishida (poyasida) shilimshiq moddalar saqlovchi naychalarni bo’lishi muhimdir. Barglari poyada keta ket joylashgan, chetlari patsimon qirqilgan, gullari yirik, yakka-yakka va to’pgul hosil qilib joylashgan. Gullari aktinomorf, ikki jinsli murakkab gul qo’rg’onli, besh a’zoli.


Gul tuzilishidagi bu oila uchun muhim belgi 1) kosacha barglar ostida qo’shimcha ostki kosachabarglarning bo’lishi, 2) cheksiz changchilar (soni ko’p) va ular urug’chi ustunchasining atrofini o’rab turishi.
Gul formulasi: *Ca (3-5)Co 5 AG ( )
Mevasi «ko’sak» meva yoki uvoq meva-birnecha mayda bo’laklarga bo’linadi. Oila vakillari muhim texnika o’simliklari hisoblanadi.G’ozaning chigitidan yog’ olinadi

GO’ZA (Cossypium) TURKUMI. Go’za hozirgi kunda Janubiy Osiyoda, Afrikada, Markaziy Amerikada ekiladi. Guzaning Gossiupim herbactum. G. Hirsutum, P. barbadense kabi turlari va shular asosida yetishtirilgan unlab navlari ekiladi .O’zbekistonda bu oilaga mansub tolali, buyokbop, yem -xashak, dorivor, manzarali va boshqa turlar ko'plab o'sadi.Jumladan, gulxayri chiroyli gul sifatida ekiladi va uning gulidan qizil buyok ham olinadi.


Guzar Abutilon thiophrasti (dagal kanop) dan xalk tabobatida ildiz kaynatmasidan yumshatuvchi, balgam kuchiruvchi sifatida foydalaniladi. Dorivor gulxayri (Guli baxmal) - (althaea officinalis) dan Ibn Sino yutalga, shishlarga karshi va konni to'xtatuvchi vosita sifatida foydalangan.27-rasm
Gulxayri - Althaea nudiflora ning guli kaynatilib bolalarning ichi ketganda dori sifatida ishlatilgan. Tugmachagul(Ma1ua silvistris) ning guli yoki bargi kaynatib shamollashga karshi qo'llaniladi. Buri tarok (Hibiscus trionum) esa siydik xaydash xususiyatiga ega.
Bo'lardan tashqari O’zbekistonda oilani bir qator xushmanzara uzoq vaqt gullab turadigan turlari ham ko'plab ekiladi. Masalan, ko'chalarda suriya xibiskusi (Hibiscue syriacus), xonalarda Xitoy rozasi (Hibiscus rosae sinensis) va boshqalar o'stiriladi.

1) Gossyium jumilianum- Misr g’o’zasi


2) Gossyium hirsutum-Amerika g’o’zasi Rasm-22
3) Gulbahmal- Alceae rosfu. Ad. pudiflora
4) Gulhayri-Althae Officinalic
5)Tugmachagul-Malva neglecta
6) Hitoy atirgul- Hibiscus sinensis
7) Suriya atirguli- hibiscus syriaca
8) Dag’al kanop- Abutilon theoprasti
Sutlamagullilar qabilasi-Euphorbiales
Daraxt, buta va qisman o’t o’simlik. Tanasida sutga o’xshash yoki rangli suyuqlik mavjud. Barglari oddiy qisman murakkab panjasimon yoki naysimon ko’pincha yonbargli.
Sutlamadoshlar oilasi.-Euphobiaceae
Oilaning 250 turkumga mansub 7500 ga yaqin turi butun yer yuzi bo’ylab tarqalgan, lekin uning aksariyat qismi tropiklarda o’sadi. Ular daraxt, buta, bir yillik va ko’p yillik o’t o’simlik. Barglari oddiy, navbatlashib qarama- qarshi yoki xalqa shaklida joylashgan, yonbargchali. Gullari bir jinsli, aktinomorf, qo’sh gulqo’rg’onli, gulkosacha va tojbarglari tutash emas. Mevasi uch xonali ko’sakcha . O’zbekistonda oilaning keng tarqalgan turkumlari sutlama (Euphorbia), oshiqo’t (chrozophora), kanakunjut (Ricinus) hisoblanadi.
Sutlamalar( Euphorbia),turkumi sutlamalarning yer yuzida 750 dan ortiq turi keng tarqalgan. Hamdo’stlik mamlakatlarida ularning 750 dan ortiq turi keng tarqalgan. Hamdo’stlik mamlakatlarida ularning 150 turi uchraydi. Ularning bo’yi 30-150 sm poyasi tik o’suvchi, ko’kimtir daryo soy ariq bo’ylarida o’sadigan oqish mevali sutlama (Euphorbia lamprocarpa) ko’p yillik bo’yi 30-100 sm bo’lgan, daryo bo’yi tog’ zo’nasining toshli qiyaliklarida o’sadigan Sirdaryo sutlamasi (E. jaxaticus) bir yillik 5-70 sm barglari kuraksimon cho’ziq.
Sutlama (Euphorbia helioscopia) bir yillik begona ut. Uning sut shirasi zaxarli. Ixroj (Euphorbia seravshanica) ildizning poyasi surgi sifatida ishlatiladi. Uta zaxarli o'simlik. Braziliya geveyasi (Hevea brosiliensis)r sut shirasidan kauchuk olinadi. Janubiy Amerikada bu o'simlik madaniy o'simlik sifatida ekiladi. Osiyo tropiklaridagi Monihot esculenta tugunagidan kraxmal olinadi. Undan kartoshka o'rnida foydalaniladi. Xitoy tunchasi (moy daraxti) Aleurites fordii donidan texnika moyi olinadi. Undan sanoatda foydalaniladi. Kanakunjut (Ricinus communis). O’zbekistonda bir yillik o'simlik sifatida ekiladi. Undan muhim texnika moyi tayyorlanadi.
13. TOSHYORARNAMOLAR, MIRTANAMOLAR QABILASI.

Reja:

1. Toshyorarnamolar (SAXIFRAGALES) qabilasi umumiy tarif, ahamiyati

2. Mirtannamolar qabilasi. Mirtandoshlar oilasiga tavsif.




Yüklə 398,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin