1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va kakku zig’iri)



Yüklə 398,5 Kb.
səhifə19/36
tarix31.05.2022
ölçüsü398,5 Kb.
#60118
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va

Vakillari:
1.Chinngul (Dianthus) turkumi vakillari bir yillik, ko’p yillik o’t o’simliklari bo’lib, ba’zibir vakllari chala buta. Gullari yakka yoki diхaziy to’pgulga ega. Gul kosacha barga naychasimon, besh tishchali. Gultojilari bo’yalgan, changchilari 10 ta, 2 ta uschunga ega. Urug’i ko’p sonda. Ko’pchilik turlari gulchilikda madaniy хolda yetishtiriladi (D.barbatus, D. caryophyllus). Ba’zi vakillari katta gulli, хushbo’y хidga ega bo’lib, gulchilikda katta ahamiyatga ega.
2. Yetmak- Acanthophyllum gypsophylloides turi ildizi meditsinada, oziq-ovqat, konditor sanoatida keng qo’llaniladi. Bu o’simlik ko’p yillik bo’lib, ildizpoyali va yo’g’on, saponinga boy, bo’lgan ildizga ega. Ro’vaksimon to’pgulli diхaziyda joylashgan. O’rta Osiyoning quruq qiyaliklarida, tosh-shag’allik tog’ oldi хududlarda keng tarqalgan.

9. CHINORNAMOLAR, QAYINNAMOLAR, GUNAFSHANAMOLAR QABILASI.


Reja:




  1. Chinornamolar - Ularning tavsifi, hayot shakllari, ko‘payishi, tarqalishi, sistematikasi, va muhim turlarining amaliy ahamiyati




  1. Qayinnamolar - Ularning tavsifi, hayot shakllari, ko‘payishi, tarqalishi, sistematikasi, va muhim turlarining amaliy ahamiyati




  1. Gunafshanamolar - Ularning tavsifi, hayot shakllari, ko‘payishi, tarqalishi, sistematikasi, va muhim turlarining amaliy ahamiyati



CHINORNAMOLAR QABILASI
Bu oilaga bitta turkum, 10 ta tur kirib Shimoiy Amerika, Kanada, Meksika, O'rta Yer dengizi bo’ylari, Garbiy Ximolay, Xindi-Xitoy, Bolqon yarim oroli va Urta Osiyoda tarqalgan. Bizda bitta sharq chinori (Platanus orientalis) o'sadi. Chinorning vatani O’rta Osiyo hisoblanadi. Eng katta yoshdagi chinorlar Xindi-Xitoyda va O’rta Osiyoda o'sadi. Chinor manzarali o'simlik sifatida ko'chalarda, bog’larda o'ziga hos ko’rk berib turadi. Chinor serbarg o'simlik, bargida yon bargchalar bo'ladi. Kurtagidan dastlab barg chiqadi, keyin gulga kiradi. Gullari bir jinsli, changchi guli sarg’ish boshchada, urug'chi guli qizil boshchadan hosil bo'ladi, Shamol vositasi bilan changlanadi, Changchilari 3-4, ba'zan 7 ta gacha bo'ladi. Urug'chi gullari 5-9 ta mevachi bargning qo'shilib o'sishidan hosil bo'lgan. Chinorlar 2000 yilcha umr ko'radi, hozir 500, 1000 yil yashagan chinorlar uchraydi. Turkiya (Istambul yaqini) da tanasining aylanasi 18 m keladigan chinorni uchratish mumkin. Surxandaryo viloyati Boysun tumaniga qarashli Sayrob qishlog’idagi chinorning tanasi kavagida maktab tashkil etilib, unda bolalar ta'lim olishgan. Chinor yog'ochi qimmatli qurilish materiali hisoblanadi, u mustaxkamligi jihatidan yong’oq yog'ochidan qolishmaydi. Lekin Sharq chinori O’zbekiston «Qizil kitobi» ga kiritilgan.


Qayinnamolar
1. Oqqayindoshlar oilasi-Vetulaceae. Bu oilada 100ga yaqin tur, 4 turkumga birlashadi. Shimoliy yarim sharni o’rta mo’tadil iqlimlarida tarqalgan. Xayotiy shakli daraxt. Eng shimolda buta shaklda uchraydi. Gullari bir jinsli (erkak va urg’chi gullari ayrim jinsli) dixaziy to’p gullarda 1-3 gacha joylashgan. Gulqo’rg’oni oddiy, umumiy gul formulasi *R2A2G erkak gul urg’ochi gul *R2
Mevasi qanotli, yong’oqcha. Eng muxim vakillaridan O’rta Osiyo tog’larida uchraydigan vakillari –Oqqayin-B.tiansohanica
2.Qoraqayindoshlar oilasi-Fagaceae. Belgilar boyicha yuqoridagilarga o’xshaydi faqat ular dixaziy to’pgullarda 1-7gacha joylashgan.
Sharq qoraqayini-Fagus orientalis, qizil eman-Quercus robur (dub) 200yilgacha yashaydi 20ga yaqin turi bor.Tanasi yog’ochligi mustahkam. Mebel sanoatida ishlatiladi.Ularning mevalari cho’chqalar uchun to’yimli yem-xashak hisoblanadi.



Yüklə 398,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin