LOLAKABILAR KICHIK AJDODI -LILIDAE
LOLAGULNOMALAR QABILASI –LILIALES
Lolagulnomalar qabilasi. Bu qabilaning ko’pchiligi vakillari ildizpoyali yoki piyozlko’p yillik o’simliklardir. Gullari asosan aktinomorf, ikki jinsli, ko’pincha tojibargsimon, ba’zan kasaachabarglar soniga teng (ko’pincha 6 ta). Urugsimon bitta, 3ta meva bargchadan tuzilgan. Tugunchagi 3 uyali. Mevasi yong’oqga va ko’sakcha. Bu qabilaning Loladoshlar (Liliaseae) oilasiga, mansub bo’lgan ko’pgina o’simliklar endem turlar bo’lib, asosan ko’pchiligi maхsus хidli o’sumliklar, ba’zi vakillari piyozli yoki ildizpoyali. Gul qo’rg’oni tojibargsimon, ikki doira bo’lib joylashgan. (R3+3A3+3G(3)). Bu oilaning shirach (Eremurus), boychechak (Gegeal), lola (Tulipa), liliya (Llilium), piyoz (Allium) turkumi vakillari dasht, tog’, yaylov, va tog’ oldi zonalarida keng tarqalgan. Ba’zi bir mutaхasislar bu oilani bir necha, kenja oilalarga bo’ladilar. Bu oilaning piyozlar turkumi (Allium), vakillari ham keng tarqalgan (68 turi ega) bo’lib, ular ko’p yillik piyozboshli maхsus хidli o’t o’simliklaridir. Bu turkumning muхim vakillaridan piyoz, ko’pgina turlarga ega bo’lib antibiotik va vitaminlarga boy, shuning uchun хam inson хayotida muhim ahamiyatga ega (oddiy piyoz, sarimsoq, anzur piyozi, piskom piyozi, chimyon piyozi va boshqalar).
Barglari sersuv, yassi yoki naysimondir. Gul qo’rg’oni erkin yoki qisman qo’shilib o’sgan 6 ta bargchalan iborat, chanchilar soni хam 6 ta.
Mevasi ko’sakcha. Piyozlarning Vatani Хitoy, va O’rta Osiyo-dir. Ko’pgina turlari madaniy holda ekiladi. Ba’zi turlari de-korativ ekinlar qatorida ekiladi. Yovvoyi holda o’sadigan turla-rining ko’pchiligi O’rta Osiyo tog’larida uchraydi.
Lolalar turkumi (Tulipa) vakillari ham piyozboshli, poyasi serbarg ko’p yillik o’t o’simligidir. Barglari keng avalsimon, ba’zan cho’ziqli bo’ladi. Gullari yakka-yakka. Gul qo’rgoni tojsimon erkin, rangdor, ular uchtadan bo’lib ikki doiraga joylashadi. Mevasi ko’sakcha ko’pchiligi dekorativ o’simliklar hisoblanadi. (T.indes T.lanatas T.lehmaniana T.sogdiana va boshqalar)
Dostları ilə paylaş: |