KUCHALANAMOLAR (ARALES) QABILASI.
Bu qabila 2 ta oilani o'z ichiga oladi.
KUCHALADOSHLAR (ARACEAE) OILASI .
Oilaga asosan epifitlar , lianalar , ildizpoyali yoki ildiz tuganakli o'tlar kiradi. Ularning barglari yirik, ildiz bugzida joylashadi. Gullari aktinomorf, ikki jinsli yoki bir jinsli. Bir uyli, tupgulli yug'on so’ta. Gulqo’rg’oni 4-6 bo'lakli changchisi 4-6 ta. Mevasi rezavor. Bu oilaning yer sharila 110 turkumga oid 1800 turi o'sadi O’zbekistonda 3 turkumga mansub, 5 turi tarqalgan.
Igir (Acorus) turkumiga ildizpoyali, uzun kilichsimon bargli, yashil, xushbuy o'tlar kiradi. Ularning gullari ikki jinsli, Gulqo’rg’oni 6 bargchali, changchisi 6 ta tugunchasi 3 uyali . O’zbekistonda xushbuy igir (Acorus calamus) asosan Samarkand, Xorazm viloyatlarida sernam joylarda o'sadi. Dorivor o'simlik.
№ 23. NARGIZNAMOLAR
QABILASI.
Reja:
1. Nargiznamolar qabilasiga umumiy tariff.
2. Shirachdoshlar (Asphodelaceae) oilasi noyob turlari.
3. Piyozdoshlar (AShaseaye) oilasi. Turli-tumanligi.
NARGISNAMOLAR (AMARILLIDALES) QABILASI.
Qabila 15 ta oilani o'z ichiga oladi.
SHIRACHDOSHLAR (ASPHODELACEAE) OILASI.
Mazkur oila 50 ta turkumga mansub, 1500 taga yaqin turlarini o'z ichiga oladi. Ular asosan Amerika kitasidan tashqari xududlarda tarqalgan. Hayotiy shakliga ko'ra oilada ko'p yillik ut va butalar ustinlik qiladi. O’zbekistonda bitta shirachlar turkumiga mansub 21 turi o'sadi.Shirachlardan 17 turi O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitobiga» kiritilgan.
PIYOZDOSHLAR (ASHASEAYE) OILASI.
Bu oilaga 30 turkum , 700 ta tur kiradi.O’zbekistonda 100 dan ortiq turi o'sadi. Shimoliy yarim sharda piyozlarning xilma-xil turlari o'sadi. Bu oilaga piyozchali yoki ildizpoyali ko'p yillik o'simliklar kiradi. Piyozdoshlar oilasiga mansub o'simliklarning barglari ko'pincha nashtarsimon yoki qalami, bandsiz. Tupgullari oddiy yoki murakkab soyabonda o'rnashgan.
Gulqo’rg’on bo'laklari va changchilari 6 tadan. Guli aktinamorf, ikki jinsli. Mevasi ko'sakcha
O’zbekistonda o'sadigan piyozlardan 10 tasi O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitobiga» kiritilgan. Bular orasida anzur piyoz (A.stipitatum), piskom piyozi (A .pskemense) kabi turlar bor.
Dostları ilə paylaş: |