10- AMALIY MASHG‘ULOT ВULUTLI TEXNOLOGIYALARI VA ULAR BILAN ISHLASH
Mashg`ulotning maqsadi: Bulutli texnologiyasi Google platformasida asbob uskunalar va xizmatlaridan foydalanish va ular bilan amaliy ko`nikmalarni hosil qilish.
Foydalaniladigan texnik jihozlar va vositalar:tarqatma materiallar, TV, kompyuter, fanning oʻquv uslubiy majmuasi.
Zamonaviy ta’lim usullari: “Toifalash jadvali”, “Atamalar izoxini toping” metodlari.
Asosiy tushunchalar: Ma’lumotlarni bulutli saqlash - masofaviy serverlarda fayllaringizni saqlash, shuningdek Internetga ulanish imkoni bo‘lgan dunyoning istalgan nuqtasidan kirish imkoniyatini beruvchi xizmatlar.
Shaxsiy bulut- bu bir tashkilot, shu jumladan bir nechta iste’molchilar tomonidan, tashkilotning buyurtmachilari va pudratchilari tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan infratuzilmadir.
Xususiy bulut - tashkilotning o‘zi yoki uchinchi tomon egalik qilishi, boshqarilishi mumkin va u jismoniy egasining yuridik doirasida ham, tashqarisida ham mavjud bo'lishi mumkin.
Gibrid bulut - bu noyob ob’ekt bo‘lib qoladigan, lekin ma’lumotlar va ilovalarni uzatish uchun standartlashtirilgan yoki xususiy texnologiyalar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki yoki undan ortiq turli xil bulutli infratuzilmalarning kombinatsiyasidir.
Jamoaviy bulut - bu umumiy maqsadlarga ega bo‘lgan tashkilotlarning ma’lum bir iste’molchilar jamoasi tomonidan foydalanishga mo‘ljallangan infratuzilmaning turi.
Ommaviy bulut - bu keng jamoatchilik tomonidan bepul foydalanish uchun mo‘ljallangan infratuzilma.
Google Drive - bu har qanday foydalanuvchi bilan baham ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan har xil turdagi fayllarni saqlashga imkon beradigan qulay platformalararo interaktiv xizmat. Google Drive bulutli texnologiya asosida ishlaydi.