Bunday yozuvda VALUES kalit so‘zidan keyin qavs ichida ko‘rsatilgan qiymatlar jadvaldagi yangi qo‘shilgan satrning maydonlariga kiritiladi. Kiritish jadvalini CREATE TABLE operatori bilan yaratilish paytidagi ustunlarni ko‘rsatish tartibida amalga oshiriladi. Masalan, TALABA jadvalida yangi satrni qo‘shish quyidagicha amalga oshirish mumkin.
Insert into Talaba Values (101, ‘Aliyev’, ‘Rustam’, 200, 3, ‘Uzbekistan’, ‘6/10/1979’, 15); Agar birorta maydonga NULL qiymati qo‘shish zarur bo‘lsa u oddiy qiymat kabi kiritiladi.
Insert into Talaba Values (101, ‘Aliyev’, Null, 200, 3, ‘Uzbekistan’, ‘6/10/1979’, 15); Ba’zi hollarda maydonlarning qiymatini CREATE TABLEkomandasida berilgan tartibdan boshqa tartibda kiritish zaruriyati paydo bo‘lsa yoki qiymatlarni ba’zi bir ustunlarga kiritish talab etilmasa, INSERT komandasining quyidagi ko‘rinishi ishlatiladi.
Insert into Talaba (Talaba_ID, City, Surname, Name) Values (101, ‘Uzbekistan’, ‘Aliyev’, ‘Rustam’ ); Qavs ichidagi ro‘yxatda nomi keltirilmagan ustunlarga avtomatik ravishda sukut bilan jadval tavsiflashda (CREATE TABLE komandasida) tayinlangan qiymat yoki NULL qiymat tayinlanadi.
INSERT komandasi yordamida, bir jadvaldan qiymat tanlab olib uni boshqa jadvalga joylashtirish mumkin.
Insert into Talaba1 SELECT * from Talaba where CITY=‘Xiva’; Bunda Talaba1 jadvali CREATE TABLE komandasi yordamida yaratilgan bo‘lishi kerak va Talaba jadvali strukturasiga o‘xshash bo‘lishi kerak.
Jadvaldagi satrlarni o‘chirish uchun DELETEkomandasi ishlatiladi. Quyidagi ifoda Exam_Marks1 jadvalidan barcha satrlarni o‘chiradi.
DELETE * FROM Exam_Marks1; Buning natijasida jadval bo‘sh bo‘lib qoladi (bundan so‘ng jadvalni DROP TABLE komandasi bilan o‘chirish mumkin).
Jadval bir yo‘la birorta shartni qanoatlantiradigan bir nechta
satrni olib tashlash uchun WHERE parametridan foydalanish mumkin.