4. Uzoq muddatli oraliqda foydani maksimallashtirish yoki xarajatlarni minimallashtirishga harakat qilayotgan raqobatlashuvchi firma ishlab chiqarishni to‘xtatishga majbur, agar: A. Tushum umumiy xarajatlarni qoplamasa.
B. Mahsulotning bahosi chekli xarajatdan past bo‘lganda.
C. O‘rtacha umumiy xarajat chekli xarajatdan kichik bo‘lganda.
D. Chekli xarajat o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatdan oshib ketsa.
5. Foydani makismallashtirishga harakat qilayotgan monopolist o‘z mahsuloti bahosini pasaytiradi, agar: A. Chekli daromad o‘zgaruvchan xarajatlarga teng bo‘lsa
B. Reklama xarajatlari o‘sib borsa
C. Chekli daromad chekli xarajatlardan yuqori bo‘lsa
D. O’rtacha xarajatlar pasaysa
6.Agar monopolist foydani MR=MC=AC tenglik ta’minlanganda maksimallashtiradigan bo‘lsa, u holda iqtisodiy foyda: A. Musbat bo‘ladi.
B. Manfiy bo‘ladi.
C. Nolga teng bo‘ladi.
D. Ham musbat ham manfiy bo‘ladi
7. Korxonaning sof foydasi nima A. Foydadan soliqlar chegirgandan so‘ng qolgan qismi;
B. Daromaddan harajatni ayirgandan qolgan qismi;
C. Daromaddan ishlab chiqarish harajatlarni ayirgandan qolgan qismi;
D. Daromaddan harajatni ayirgandan qolgan qismi, daromaddan ishlab chiqarish
harajatlarni ayirgandan qolgan qismi.
8. Korxonaning favquloddagi foydasi nima A. Fond birjasi savdosidan olingan foyda;
B. Investitsiya kiritishdan olingan foyda;
C. Kutilmagan foydasi tasodifiy tusga ega bo‘lgan hodisa yoki xo‘jalik yurituvchi
subektning odatdagi faoliyatidagi mablag‘i;
D. Ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo‘lgan hodisa yoki xo‘jalik yurituvchi
subektning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar
natijasida paydo bo‘ladigan va olinishi kutilmagan foydadir.