№10-11 Nazorat ishi №2. IV, V va VI guruh kationlari aralashmasi analizi



Yüklə 10,15 Kb.
səhifə2/2
tarix28.04.2023
ölçüsü10,15 Kb.
#104352
1   2
9. IV, V vа VI Guruh kationlari aralashmasi analizi

Marganes(II)ni aniqlanishi: Tekshirilayotgan eritmaning 3-5 tomchisiga 5-6 tomchi HNO3 tomiziladi. Keyin 7-10 tomchi atrofida suv qo‘shib, aralashtiriladi. So‘ngra eritmaga quruq poroshok holidagi natriy vismutat tuzidan qo‘shiladi va aralashtiriladi, suv hammomida qizdiriladi, sentrafuga qilinadi. Ajratib olingan eritmaning binafsha rangda bo‘lishi Mn2+ ning borligidan darak beradi.
Xrom(III)ni aniqlanishi: Tekshirilayotgan eritmaning 2-5 tomchisiga shuncha miqdorda 6 n. li sirka kislotasidan qo‘shiladi. So‘ngra 3-4 tomchi natriy atsetat 15 tomchi va 5% li EDTA eritmasidan qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan eritmani suv hammomida isitilgan holda yaxshilab aralashtiriladi. Eritma binafsha rangga kirsa Cr3+ ionining borligidan darak beradi.
Nikel(II)ni aniqlanishi: Tekshirilayotgan eritmaning 3-5 tomchisiga 5-6 tomchi HNO3 tomiziladi, aralashtiriladi va suv hammomida qizdiriladi. Eritma sovigandan so‘ng eritmadagi Fe(III) va Cu(II)larni kompleks holatiga o‘tkazish uchun quruq vino kislotasidan qo‘shiladi. So‘ngra ishqoriy muhit hosil qilish uchun ammiak eritmasidan qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan eritmaga 2-3 tomchi DMG eritmasidan tomiziladi. So‘ngra o‘ziga xos qizil cho‘kmaning hosil bo‘lishi nikel(II)ning mavjudligidan darak beradi.
IV, V va VI guruh kationlar
aralashmasining sistematik analizi

Chinni kosachaga solingan boshlang‘ich eritmaning 4 ml miqdoriga dastlab neytral muhit hosil qilish uchun va yana 25-30 tomchi NaOH ning 2n li eritmasidan qo‘shiladi. Keyin 5-8 tomchi vodorod peroksid eritmasi qo‘shib ehtiyotlik bilan qaynaguncha qizdiriladi. (doimiy aralashtirib turgan holda). Qizdirish eritmaning taxminan 2 baravar kamaygunga qadar davom etadi. Qolgan eritmani sentrafuga probirkasiga solib, sentrifuga qilinadi va cho‘kmani eritmadan ajratiladi. Cho‘kma №1 da quyidagi moddalar bo‘lishi mumkin: Fe(OH)3, MnO(OH)2, Mg(OH)2, Cu(OH)2, Cd(OH)2, Ni(OH)2, Co(OH)3, Bi(OH)3, HgO ва Sb(OH)5. Eritma №1 da esa quyidagi ionlar bo‘lishi mumkin: AlO2-, ZnO22-, CrO42- , SnO32- ва AsO43-.
Eritma №1 ning analizi: Eritma №1 ga aralshtirib turgan holda ammiak hidi paydo bo‘lguncha quruq NH4CI tuzidan solib suv hammomida qizdiriladi. Buning natijasida tushgan aluminiy va qalay(IV) gidroksidlaridan iborat bo‘lishi mumkin (Cho‘kma №2). Eritmada СЮ42- , AsO43- va [Zn(NH3)4]2+ ionlari qoladi. (Eritma №2). Eritma cho‘kmadan ajratib olinadi.
Cho‘kma №2 ning analizi: Cho‘kma №2 ni 2n li HCI da eritiladi. Hosil bo‘lgan eritma (Eritma № 3) Al3+ va [SnCI6]2- ionlari bo‘lishi mumkin. Eritma alohida qismlarga ajratiladi.
Eritma №3 da qalayning ochilishi: Mazkur eritmaning bir qismiga temir qirindisi solib, yaxshilab aralashtirib turgan holda suv hammomida qizdiriladi. Bunda qalay(IV) qalay(II) ga o‘tadi. Eritmani temir qirindisili cho‘kmadan ajratib olib, toza probirkaga solinadi (eritma №4). Bu eritmadan Sn(II) ni Hg(NO3)2 yordamida ochiladi. (eritmada qalay(II) ionlari bo‘lsa, Hg(NO3)2 ta'sirida cho‘kma tushadi, reaksiya mexanizmini tushuntiring).
Erima № 3 da aluminiyni aniqlash. Agar qalay ochilgan bo‘lsa, uni rux metalli ta'sirida maydalangan rux kukunlari solib, bir necha minut mobaynida aralashtirib turiladi. Agar, eritma loyqalansa, unga loyqa yo‘qolguncha 2n. li HCI eritmasidan tomiziladi. Eritmani cho‘kmadan setrafugalab ajratib olinadi. Cho‘kma tashlab yuboriladi. Eritmaga esa aluminiyni ochish uchun oksixinolin yoki alizarin eritmalaridan solinadi.
Eritma № 2 ning analizi (СЮ42- , AsO43- va [Zn(NH3)4]2+).
Eritma № 2 da xromat ionlarini ochish. Agar eritma rangsiz bo‘lsa, unda xromat ionlari bo‘lmaydi. Demak uni ochish uchun reaksiyalar o‘tkazmasa ham bo‘ladi. Aksincha eritma sariq rangli bo‘lsa, u holda xromat ionlari Н2СЮ4 tarkibli kislotaga aylantirish yo‘li bilan ochiladi. Eritma № 2 ning 5-6 tomchisiga 2-3 tomchi 3% li Н2О2 eritmasidan va ozgina amil spirti hamda bir tomchi 6n li H2SO4 eritmalaridan tomiziladi. Har gal probirkani chayqatib aralashtiriladi. Xromat ionlari bor bo‘lsa, spirt qavat ko‘k rangga kiradi.
Eritma №2 da arsenat ionlarini aniqlash: eritmani № 2 ning 5-6 tomchisiga shuncha miqdorda kons. Nitrat kislotadan va 10-15 tomchi molibden suyuqligidan solinadi. Eritma yaxshilab aralashtirib qaynaguncha qizdiriladi. Agar, eritmada arsenat ionlari mavjud bo‘lsa, sariq cho‘kma tushadi.
Eritma №2 da rux ionlarini aniqlash: eritma № 2 ning 5-6 tomchisiga shuncha miqdordagi Na2S eritmasidan tomiziladi. Na2S ta'sirida rux ionlari HCI da erimaydigan oq cho‘kma beradi.
Cho‘kma № 1 ning analizi: Ushbu cho‘kma tarkibida quyidagi moddalar bo‘lishi mumkin: Fe(OH)3, MnO(OH)2, Mg(OH)2, Cu(OH)2, Cd(OH)2, Ni(OH)2, Co(OH)2, Bi(OH)3, HgO va Sb(OH)5.
Cho‘kma № 1ni bir necha tomchi vodorod peroksid ishtirokida 2 N nitrat kislorada suv hammomida qizdirilgan holda eritiladi 2О2 ishtirokisiz MnO(OH)2 va Co(OH)3 kar erimaydi). Natijada Fe3+, Mn2+, Mg2+, Cu2+, Cd2+, Ni2+, Co2+, Bi3+ va Hg2+ ionlaridan iborat eritma №5 va HSbO3 tarkibli cho‘kma hosil bo‘ladi. (Cho‘kma № 5). Eritma №-5 ga kuchsiz ishqoriy muhit hosil qilish uchun ammoniyli bufer eritmasidan (kons. NH3 va NH4CI) hamda 2-4 tomchi Н2О2 eritmasidan tomiziladi. Yaxshilab aralashtirilgan holda, suv hammomida qizdiriladi. To‘liq sovitilgandan so‘ng sentrifuga qilinadi. Cho‘kma № 5 esa kons. Eritmani (eritma №-6) ni cho‘kma (cho‘kma № 6) dan ajratib olinadi. Cho‘kma suyuq ammiak eritmasi bilan yuviladi. Cho‘kma № 6 da ba'zi IV guruh kationlarining gidroksidlari bo‘lishi mumkin. Ғе(ОН)з, MnO(OH)2, Bi(OH)3. Eritma №6 da esa [Mg(NH3)4]2+, [Cu(NH3)4]2+, [Cd(NH3)4]2+, [Ni(NH3)6]2+, [Co(NH3)4]2+, [Hg(NH3)4]2+ ionlari bo‘lishi mumkin.
Cho‘kma №5 kons. НС1 da eritiladi. Hosil bo‘lgan eritmadan surmani istalgan reaksiyasi yordamida ochiladi.
Cho‘kma №6 ning analizi. Cho‘kma № 6 ga 2 n. li nitrat kislota bilan ishlov beriladi. Bunda temir(III) va vismut eritmaga o‘tib ketadi. Cho‘kmada (cho‘kma №7) esa MnO(OH)2 qoladi. Uni bir marta suv bilan yuvib, 2 n.li nitrat kislotada qizdirilgan holda, 2 -3 tomchi H2O2 qo‘shish orqali eritiladi. Hosil bo‘lgan eritmadan Mn+2 ni NaBiO3 orqali ochiladi.
Eritma №7 dan vismutni aniqlash uchun рН=3 bo‘lguncha ammiak, NaCl eritmasi va quruq vino kislotasi solinadi. Eritmada vismut bo‘lsa, oq cho‘kma BiOCl tushadi. Cho‘kmani eritmadan sentrifugalab ajratib olinadi va 1 marta suv bilan yuviladi. Undagi vismutni natriy stannit orqali ochiladi. Natriy stannit ta'sirida eritmaning oniy qorayishi unda vismutning borligidan darak beradi. Eritma №7 dan temir ochilmaydi. (Bu jarayon yuqorida bajarilgan).
Eritma №6 ning analizi. Agar eritma rangsiz bo‘lsa, unda mis, kobalt va nikel ionlari bo‘lmaydi. (ularning ammiakatlari to‘q ranglidir). Agar eritma ko‘k rangli bo‘lsa, mis yoki kobalt ikkovi ham eritmada mavjud degan xulosaga kelinadi.
Simob va misni ajratish. Eritma №6 ni kuchsiz kislotali muhit hosil bo‘lguncha 2n. li H2SO4 qo‘shiladi, unga kam miqdordagi (1 ta kristalldan) quruq natriy tiosulfatdan qo‘shiladi va suv hammomida doimiy qizdirilgan holda yaxshilab aralashtiriladi. Eritmada simob va mis ionlari mavjud bo‘lsa, Cu2S, HgS va oltingugurtdan iborat cho‘kma tushadi. Sentrifugalab eritma cho‘kmadan ajratiladi va NH4Cl ning kuchsiz eritmasi bilan yuviladi.
Cho‘kma №8 ning tarkibi. Cu2S, HgS va erkin oltingugurt.
Eritma №8 ning tarkibi. Co2+, Ni+2, Mg2+, Cd+2
Cho‘kma №8 ning analizi. Yuvilgan cho‘kmani qizdirilgan holda 3 n. li nitrat kislotada eritiladi. Bunda mis(I) sulfid to‘liq eriydi. Simob sulfid va oltingugurt cho‘kmada qoladi. Eritmani sentrifugalab cho‘kmadan ajratiladi. Hosil bo‘lgan mis ionini kaliy ferrosianid eritmasi orqali ochiladi, ushbu eritmaning 2-3 tomchisiga kuchsiz ishqoriy muhit bo‘lguncha ammiak va 3-4 tomchi ammoniy xlorid eritmasidan va 3-4 tomchi ferrosianid eritmasi tomiziladi. Agar mis ioni bo‘lsa, qizil qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ladi.
Cho‘kma №9 ni qizdirilgan holda podsho arog‘i qo‘shiladi, agar cho‘kma to‘liq erigandan keyin. Hosil bo‘lgan eritmadan simobni ochiladi. Hosil bo‘lgan eritmaga 5-8 tomchi qalay(II) xlorid eritmasi solinadi. Agar qora cho‘kma tushsa, simob (II) ioni borligidan darak beradi.
Eritma №8 ning analizi. (Co2+, Ni+2, Mg2+, Cd+2 )
Eritma №8 ning 3-5 tomchisiga рН=5 bo‘lguncha kaliy nitrit kristallari solinadi. Agar, eritmada Co2+ bo‘lsa, sariq kristall cho‘kma tushadi.
3-5 tomchi eritma №8 ga ishqoriy muhit hosil bo‘lguncha ammoniy gidroksid va 3-4 tomchi DMG solinadi. Eritmada Ni+2 bo‘lsa, qizil cho‘kma hosil bo‘ladi.
Eritma № 8 ga оzroq ammoniy xlorid va natriy gidrofosfat solib, ishqoriy muhitgacha ammoniy gidroksid tomiziladi. Оq cho‘kma tushsa, magniy bor bo‘ladi. Cho‘kmani sentrifuga qilib tashlab yuboriladi, qolgan eritmadan Cd+2 topiladi. Buning uchun рН=2-3 bo‘lguncha H2SO4 qo‘shiladi. va Na2S solinadi. Agar sariq cho‘kma tushsa, eritmada Cd+2 borligidan dalolat beradi.
eslatma: agar eritmada Ca2+ ioni bo‘lsa, u holda, magniyni aniqlashdan oldin kalsiyni ammoniy karbonat eritmasi yordamida kalsiy karbonatga o‘tkazish lozim.
Yüklə 10,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin