Mavzuning mazmuni:Olti yoshga qadam qo‘ygan bolalarga narsalarni teng bo‘laklarga ajratish mumkinligi ko‘rsatiladi. Ular butun va qismlar o‘rtasidagi munosabatni aniqlashga o‘rgatiladi. Bolalar narsalarni qismlarga ajratib 2-4 ta teng bo‘laklarni, ularni birlashtirib esa bitta butun narsani hosil qiladi. Goh narsa, goh uning bo‘laklari sanoq birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Birlik haqida tushuncha chuqurlashtiriladi. Shunga muvofiq son haqidagi tushuncha ham rivojlanib boradi. Narsani teng bo‘laklarga ajratishni o‘rgatish 3-4 mashg‘ulotning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu ishni narsani boiaklarga ajratishdan boshlash zarur, lekin qirqmaslik kerak. Agar u qirqilsa, bolalar ularning har birini butunga taalluqli bo‘lmagan ayrim narsalar deb idrok qiladilar. Masalan: «Qay biri katta — butunmi yoki uning bo‘laklarimi», — degan savolga ba’zi bolalar «Bo‘laklar katta, chunki ular ikkita, butun esa bitta», — deb javob beradilar. Narsa va uning o‘lchovi bilan biror qismning butunga tegishliligi o‘rtasi- dagi bog‘lanish obyektini bittadan taqqoslash bilan almashtiriladi. Bolalar savolning mohiyatini tushunmasalar, unga tegishli javob bera olmaydilar.
Butunni bo‘laklarga bolish Matematik birlik va sonlar haqidagi tushunchalami rivojlantirib borishda narsalami teng bo‘laklarga bo‘lish mashqlari qoilaniladi. Bolalar butun narsalardagi boiaklami ko‘ra bilishga o‘rganadilar, butun va bo‘laklaming munosabatlarini aniqlaydilar. Narsalarni teng bo‘lakka bo‘lish uchun 6-7 ta (ketma-ket o‘tkaziladigan) mashg‘ulot ajratiladi, keyin esa yil oxirigacha ana shu mashg‘ulotlar vaqti-vaqti bilan teng 2 bo‘lakka bo‘lish zamrati tug‘iladigan vaziyat yaratiladi, masalan 2 ta (mehmon) qo‘g‘irchoq yoki bolaga taomni bo‘lib berish, 2 ta qo‘yga maysa o‘tni bo‘lishda yordamlashish va hokazo. Tarbiyachi narsalami teng 2 bo‘lakka, ya’ni o‘rtasidan qanday qilib bo‘lish kerakligini ko‘rsatadi, narsaning teng o‘rtasidan buklab qirqish kerakligini ta’kidlaydi so‘ngra hosil bo‘lgan bo‘laklarni ustma-ust qo‘yib solishtiradi. Bolalar bo‘laklami sanaydilar va ularning tengligiga ishonch hosil qiladilar. Tarbiyachi 2 ta teng bo‘lakning har birini yarim deb atalishini tushuntiradi. Tarbiyachi yana boshqa bir narsani o‘lchamay teng bo‘lmagan 2 bo‘lakka bo‘ladi va: «Bu bo‘laklarni teng yarmi deb atash mumkinmi? Nima uchun?» — deb so‘raydi. Bolalar narsalarni teng va teng bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘lish mumkinligini ko‘radilar. Bo‘laklar teng bo‘lgan vaqtdagina ulardan birini yarmi deb atash mumkin. Bolalar asta-sekin teng bo‘laklar hosil qilish uchun narsani aniq qilib o‘rtasidan buklab qirqish kerakligiga ishonch hosil qiladilar. “Zigzag”usuli 1980-1990 yillardan boshlab paydo bo’lgan. Bu usulning boshqa usullardan farqi shundaki, ishtirokchilar mayda guruhlarga ajratiladilar va talabalar raqamlanadilar, spiker (boshliq saylanadi). So’ngra bir xil raқamlar bir-birini “topadilar”. Topshiriq beriladi va o’zlashtirgach, taqalishadilar. Har bir a’zo o’zi o’zlashtirgan materialni eski sheriklariga aytib beradi. Savol-javobda esa guruh baholanadi. Har bir raqamlanganlar yangi va har xil topshiriqlar olganini hisobga olsak, har bir talaba o’z guruhi manfaati uchun ham berilgan topshiriqni bilishi kerak va bilishga majbur! Chunki, u o’z guruhiga qaytganda, o’rgangan mavzu bo’yicha savol-javobda guruhi nomidan qatnashishi kerak.
“Uchga to’rt (3x4) metodi