10-Amaliy mashg‘ulot Meva terishda ishlatiladigan mashinalarni ishlash jarayonini o‘rganish



Yüklə 246,65 Kb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü246,65 Kb.
#169638
1   2   3   4   5
10-Амалий машғулот

45-rasm. Pnevmatik qo‘l vibratori




44-rasm. Standart konteyner:
a — umumiy ko‘rinishi; b — bo‘shatilgan holati.

Konteynerga 350 kg gacha meva solinadi, shu sababli, uni maxsus ko‘tarish mashinalari yordamida transportga yuklash, ombordagi joyni almashtirish kerak.
Bog‘lardagi hosilni mexanizatsiyalab yig‘ishtirishda, asosan vibratsion mashinalar ishlatiladi. Mashina o‘zining vibratorini daraxtga mahkamlab, uni titratadi. Titrash jarayonida mevalar uzilib, yerga to‘kiladi. Yig‘ishtirilgan mevaning sifati yig‘ishtirish davriga, titratishning chastotasi, amplitudasi, titrash vaqti va vibratorning daraxtga mahkamlangan joyga bog‘lik bo‘ladi.
Agar amplituda 25 mm, titratish chastotasi minutiga 800—900 marta bo‘lib, daraxt 3—4 sekund titratilsa, hosilning 90% gacha qismi pastga to‘kiladi. Past bo‘yli, ingichka daraxtlarni (masalan, palmett olmalarni) titratish uchun qo‘l vibratorlari ishlatiladi (45-rasm). Uning pnevmatik yuritmasi yonida yuradigan minitraktordagi kompressordan bosim ostidagi havoni oladi.






46-rasm. Vibratsion meva yig‘ishtiradigan mashina sxemasi:
1-rama; 2-chodir; 3-to‘plagich; 4-qoziq; 5-yuritma; 6-kronshteyn; 7-sharnir;
8-jo‘va.

Yirik daraxtlardagi mevalarni terishda traktor bilan agregatlangan vibratsion mashinalar ishlatiladi (46-rasm). Uning ramasi 1 ga kronshteyn 6 va sharnirlar 7 yordamida ikkita jo‘va 8 lar o‘rnatilgan. Valiklarga chodir 2 ning matosi o‘ralgan.
Chodirning oxiridagi to‘plagich 3 qoziqlar 4 yordamida taranglatilgan holda o‘rnatiladi.
Mashina ishlov beriladigan daraxtga yaqinlashtirib, ikkita ishchi chodirni juvadan yechib, taranglatib qoziqlarga bog‘laydi. Traktorchi xartum uchidagi tutqichni daraxt tanasiga kiydiradi, keyin esa vibratorni ishga tushiradi. Mevalar chodirga to‘kilib tushadi. Traktorchi juva 8 ni aylanadigan holatga keltiradi. Juvalar chodir matosini o‘ziga o‘rab olayotib, uni birmuncha qiyalatib ko‘taradi. Mevalar to‘plagich 3 tomonga dumalab borib to‘planadi. Mevani ishchilar yig‘ishtirib olishadi.
Bunday mashina - tutqichining bevosita daraxt tanasini qamrab oladigan joy yumshok rezina bilan qoplangan bo‘lsa xam, ba’zan daraxt po‘stlogini sidirib tashlashi mumkin. Ammo, vibratsion mashinalar takomillashtirilib, keng tarqalmoqda. 47-rasmda shoxlarining yoyilish diametri 7,5 m gacha bo‘lgan daraxtlardan hosil yig‘ishtira oladigan takomillashtirilgan mashina ko‘rsatilgan. Mashina chap 6 va o‘ng 18 seksiyalardan tuzilgan. Seksiyalarning har biri o‘ziyurar shassi 2 larga o‘rnatilgan bo‘lib, ular brus 12, old g‘ildiraklar 13, bo‘ylama transportyor 5, uchta ko‘ndalang transportyor tozalash transportyori, yuklash tizimi 4, bo‘sh yashiklar saqlanadigan maydoncha 36, mevalar tushadigan yumshoq tasma 15, old 16 va orqa 1 sirpantirgich, yon 7 va oraliq 9 sirpantirgich, daraxt tanasini yumshoq tutkich 14, nishablangan yo‘naltirgich 17, rolik 10 lardan tuzilgan. Mashinaning meva tegadigan hamma joy yumshoq porolon bilan qoplangan.





Yüklə 246,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin