10-bilet Hududda mavjud bo’lgan injenerlik kommunikatsiyalarining mavjudligi


Ekologiya xulosasi,SES xulosasi,yong’in xavfsizligi xulosasi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə3/5
tarix19.05.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#118102
1   2   3   4   5
10-11-12 savolla

Ekologiya xulosasi,SES xulosasi,yong’in xavfsizligi xulosasi

Ekologik talablar asosida bino va inshootlar loyihalanadi hamda ekologik ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlariga tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari, oqovalari manbalari, chiqindilar paydo bo‘lishi va joylashtirilish joyi hududiy jihatdan bir-biridan uzoqdagi sanoat maydonchalarida joylashgan taqdirda loyihalarni ishlab chiqish har qaysi sanoat maydonchasi uchun alohida-alohida ishlab chiqiladi. Maydonchalarda joylashgan atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarning o‘zaro ta’sir ko‘rsatmasligi maydonchalarning bir-biridan uzoqdalik mezoni hisoblanadi.

Atmosferani ifloslantirish manbalarini ko‘rib chiqish quyidagi talablarga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:



  • atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini, changdan tozalash va gazni tutib qolish asbob-uskunalarini tekshirish, ularning parametrlarini (balandligini, diametrini) va tashlamalar tavsiflarini (haroratini, tezligini) aniqlash;

  • tashkilotning sanoat maydonchalari koordinatlarining lokal tizimidagi tashlamalar har qaysi manbalarining joylashgan joyini aniqlash;

  • ifloslantiruvchi moddalarning atmosferaga ajralib chiqadigan moddalari va tashlamalari miqdori va tarkibini aniqlash;

  • changdan tozalash asbob-uskunalarining ishlashi va tashkilotning boshqa havoni muhofaza qilish tadbirlari samaradorligini baholash.

Bino va inshshotlarning loyihasi, shuningdek, uning individual hajmi-rejalashtirishi va konstruktiv elementlari mehnatni amalga oshirish uchun, hayot va faoliyat jarayonlari xavfsizligiga to‘la javob berishi kerak. Binobarin, binolar va inshootlar ulardagi mavjud xonalar yoki ularda mujassamlangan konstruktiv elementlarning asosiy maqsadi odamlarning jamoat va shaxsiy hayot faoliyatining muayyan funktsiyalarini xavfsiz olib borishdir. Bu faoliyat turlariga jismoniy va aqliy mehnat, ta'lim va sport mashg'ulotlari, oziq-ovqat, shaxsiy gigiena jarayonlari, turli xil tomoshalar, jamoat uchrashuvlari, harakat, dam olish, uyqu kiradi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin