10 C# dasturlash tili


II. Vizual Studio 2012 da formalar bilan ishlash



Yüklə 87,48 Kb.
səhifə3/6
tarix27.12.2023
ölçüsü87,48 Kb.
#199014
1   2   3   4   5   6
Otm

II. Vizual Studio 2012 da formalar bilan ishlash.
2.1. Vizual studioda formalar bilan ishlashning boshlang`ich tushunchalari.
VS 2012 muhitida biror turdagi dasturiy ta’minotni yaratish uchun File menyusidagi New Project buyrug‘ini ishga tushirish lozim. Natijada tizimda o‘rnatilgan bir qancha turdagi shablonlar (Installed Templates) taqdim qilinadi. Ular orasida VS da o‘rnatilgan ichki tillar shablonlari ham mavjud bo‘lib, ularga Visual Basic, Visual C#, Visual C++, Visual F# va b.q. So‘ngra Visual C# qismini tanlab, shablonlar (Templates) ichidan Windows Forms Application qismini tanlaymiz. Yangi hosil qilinayotgan loyiha nomi (Name)ni First kabi kiritib, OK tugmasini bosamiz. Natijada 1.2 rasmda keltirilgan quyidagi oyna shakllantiriladi.

Ushbu oynada Form1 – ekran formasi mavjud bo‘lib, dasturchilar unga turli grafikli boshqaruv elementlarini joylashtirishlari mumkin. Grafikli boshqaruv elementlariga matnlarni kiritishga mo‘ljallangan TextBox, buyruqli tugma – Button, Label nishonlari va h.z. lar misol bo‘ladi. Boshqaruv elementlari ToolBox panelida joylashgan bo‘lib, zarur bo‘lgan elementni sichqoncha orqali Form1 ga joylashtirish mumkin.
Bizning birinchi dasturimizda “MS VISUAL C#” yozuvli ekranli formani hosil qilamiz. Undan tashqari formaga “Meni bosing” yozuvga ega tugmani ham joylashtiramiz. Ushbu tugma bosilishi natijasida “Barchaga salom!” muloqot oynasini shakllantiramiz.
Izoh: Ushbu dasturni yaratishga 2-3 minut vaqt sarf qilinadi. Ammo avvalo zamonaviy obyektga mo‘ljallangan yondashuv prinsiplarini keltirib o‘tamiz. Bizning dasturimizda 4 ta obyekt mavjud bo‘lib, ular: Form, Label, Button va MessageBox muloqot oynasi.
Endi yaratilgan formaga nom beramiz. Buning uchun bizga ToolBox boshqaruv elemenilari paneli zarur bo‘ladi. Agar ushbu panel mavjud bo‘lmasa, ++ tugmalar kombinatsiyasi yoki menyuning ViewToolBox buyrug‘i orqali uni o‘rnatish mumkin.

So‘ngra ToolBox panelidan Label nishonini va Button tugmasini olib, formaga joylashtirish lozim. Natijada 1.4 rasmda keltirilgan shakldagi kabi natija hosil qilinishi lozim.



    1. Yüklə 87,48 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin