rasm. Button1 tugmasining xususiyatlari
ToolBox panelida joylashgan ixtiyoriy boshqaruv obyektini sichqoncha yordamida o‘ziz mustaqil tarzda formaga joylashirishingiz mumkin. Shuningdek, har bir boshqaruv elementi o‘zining bar qancha xususiyatlariga (Properties) ega bo‘lib, masalan bizning misolimizdagi Button1 tugmasi 1.5 rasmda keltirilgan kabi, unda Text (tugmachadagi yozuv), Location (ekrandagi joylashgan joy X,Y), Size (tugma o‘lchovi) va boshqa xususiyatlar o‘z aksini topgan. Xususiyatlar juda ko‘p bo‘lib, zaruriyat tug‘ilganda ularning qiymatini o‘zgartirig mumkin.
Formada joylashgan boshqa boshqaruv elementlarini ham sichqoncha orqali tanlab, ularning xususiyatlarini ko‘rish mumkin.
Endi o‘z misolimizga qaytamiz. Label1 obyekti uchun Text xususiyatini tanlab, unga «MS VISUAL C#» qiymatini beramiz. Shuningdek, Button1 obyekti uchun Text xususiyatini «Meni bosing»ga o‘zgartiramiz.
Biz har bir boshqaruv obyektining o‘z xususiyatlariga ega ekanligini bilib oldik. Shuningdek, har bir boshqaruv obyekti o‘zining hodisalariga ega bo‘lib, muayyan vaziyatda ushbu hodisalar ishga tushadi. Masalan, tugma boshqaruv obyekti bosilganda (Click) yoki dastur ishga tushirilgan vaqtda (Load) ushbu hodisalar ishga tushishi mumkin. Ushbu hodisalarni dasturiy kod orqali qayta ishlash mumkin. Buning uchun avvalo hodisalarni qayta ishlashning “bo‘sh” kodiga ega bo‘lish lozim. Bizning misolimizda yagona xodisa – tugma bosilganda sodir bo‘ladigan amallarni qayta ishlaymiz. Buning uchun 1.5 rasmda joylashgan tugmani bosish yoki Button1 tugma xususiyatlari ro‘yxatidan Events qismidan Click ni tanlash lozim. Natijada bizga 1.5 rasmda keltirilgan Forms1.cs dasturiy kodi shakllantiriladi.
Forms1 vkladkasida biz VS 2012 muhitining bir qator dasturiy kodlarini generatsiya qilganligini ko‘rishimiz mumkin. 1.6 rasmda keltirilgan dasturiy kodda quyidagi button1_Click hodisani qayta ishlash kodi keltirilgan:
private void button1_Click(object sender, EventArgs e)
{
}
Ushbu dasturiy koddagi figurali qavslar orasida biz Button1 tugma bosilganda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan komandalarni yozishimiz mumkin.
Endi bizning dasturimizda ikkita vkladka bo‘lib, ular: dasturiy kod uchun Forms1.cs va dasturning vizual loyihasi Forms1.cs[Design] hisoblanadi. Forms1.cs[Design] – ba’zida forma dizayneri deb ham nomlanadi. Ushbu vkladkalardan bir-biriga + tugmalari kombinatsiyalari yoki F7 tugmasi orqali o‘tish mumkin.
Bizning misolda Button1 tugmasi bosilganda ekranga «Barchaga salom!» kabi muloqot oynasi shakllantirilishi lozim edi. Buning uchun biz quyidagi dasturiy kodni button1_Click metodiga joylashtirishimiz lozim:
MessageBox.Show("Barchaga salom!");
Ushbu metod, formadagi tugma bosilganda ishga tushib, ekranga «Barchaga salom!» muloqot oynasini hosil qiladi.