Chekli xarajat= Umumiy xarajatdagi o’zgarish/Miqdordagi o’zgarish
MC=∆TC/∆Q
XARAJAT EGRI CHIZIQLARI VA ULARNING SHAKLLARI
XARAJAT EGRI CHIZIQLARI VA ULARNING SHAKLLARI
O`tgan boblarda biz talab va taklif chizmalarini ko`rib chiqqan edik, ya’ni bozor faoliyati tahlilida, firmalar faoliyatini tahlil qilishda o`rtacha va chekli xarajatlarning foydali tomonlarini o`rgandik. 4-chizma 2-jadvaldan foydalangan holda Konradning xarajatlarini aks ettiradi. Gorizontal kesim firmaning mahsulotlari miqdorini va vertikal kesim chekli va o`rtacha xarajatlarni aks ettiradi. Grafik 4 egri chiziqdan iborat: o`rtacha umumiy xarajat (ATC), o`rtacha o`zgarmas xarajat (AFC), o`rtacha o`zgaruvchan xarajat (AVC) va chekli xarajat (MC).
Xarajat egri chiziqlari Konradning qahva do`koni misolida aks ettirilgan va iqtisodiyotda ko`pchilik firmalar uchun zarur bo`lgan asosiy xususiyatlarga ega. Keling ushbu uchta jihatlarni tahlil qilamiz: chekli xarajat egri chizig`i shakli, o`rtacha umumiy xarajat egri chizig`i shakli va chekli va o`rtacha umumiy xarajat o`rtasidagi bog`liqlik.
RASM Konradning o`rtacha va chekli xarajatlari egri chiziqlari Bu chizma Konrad qahva do`koni uchun o`rtacha umumiy xarajat (ATC), o`rtacha o`zgarmas xarajat (AFC), o`rtacha o`zgaruvchan xarajat (AVC) va chekli xarajat (MC)ni aks ettiradi. Ushbu hamma egri chiziqlar 2-jadval asosida shakllantirilgan. Bu xarajat egri chiziqlari ko`pchilik firmalar uchun alohida xususiyatga ega bo`lgan uchta jihatga ega: 1) Chekli xarajat mahsulot hajmi o`sishi bilan o`sadi; 2) O`rtacha umumiy xarajat U-shaklidagi egri chiziqni aks ettiradi; 3) Chekli xarajat egri chizig`i o`rtacha xarajat egri chizig`ini minimum umumiy o`rtacha xarajat egri chizig`ida kesib o`tadi.
Xarajat Mahsulot miqdori