10. Maktabda tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbari faoliyatini tashkil etish metodikasi



Yüklə 17,59 Kb.
tarix27.03.2023
ölçüsü17,59 Kb.
#90192
Oraliq tim-WPS Office


Oraliq tim
10. Maktabda tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbari faoliyatini tashkil etish metodikasi.
Sinf rahbari maktabda va keng jamoatchilik orasida sinf o’quvchilarining (ota-onalari bilan birgalikda) tarbiyalanganlik darajasiga javobgar shaxs hisoblanadi.Uning maqsadi har tomonlama etuk, barkamol-ma’naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan Shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o’quvchilarining qobiliyatlarini to’liq namoyon etishlari uchun etarli pedagogik sharoit yaratishdir. Bu borada maktab pedagogik va o’quvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir o’quvchining o’ziga xos xususiyatlariga qarab yondoshishni yo’lga qo’yadi.Boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’ziga biriktirilgan sinfga rahbar hisoblanadilar.5-9-sinflarda sinf rahbarlari tajribali o’qituvchilar orasidan maktab ma’muriyati tomonidan tanlab olinib, tayinlanadi.Bir o’qituvchiga faqat bitta sinf rahbarligi topshiriladi.Sinf rahbari faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari nazorat etadi va muvofiqlashtiradi. Sinf rahbarininng vazifalari
Sinf rahbarining asosiy vazifasi-o’quvchilarning ahil guruhlarini, aniq maqsadga yo’naltirilgan ishchan jamoani tashkil qila olish va ularni ta’lim-tarbiyali shaxslar, kelajagi buyuk davlatning haqiqiy egalari, komil insonlar etib voyaga yetkazishdir.Sinf rahbarlari o’quvchilariga mehribon bo’lishi, ularning o’sib-ulg’ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat etishi, yordamga muhtoj o’quvchilarga yakka holda yondosha olishi lozim. Shu asosda ular qalbida milliy g’urur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, mas’uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarini uyg’otadi.Sinf rahbari ishini o’quvchilarning yosh xususiyatlarini va umumiy rivojlanish darajalarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda, keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi.Jumladan:O’quvchilarni Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari ruhida tarbiyalash yo’nalishida;
O’quvchilarni vatanga fidoiylik, davlat ramzlariga sadoqat, milliy g’oya ruhida tarbiyalash;
O’quvchilar ongiga o’zi tug’ilib ulg’aygan yurtiga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg’ularini singdirish, yurtimizda bunyod etilayotgan inshootlar, ma’rifat maskanlari bilan tanishtirib borish;
Sinfda o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, tarbiya jarayoniga boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq me’yorlarini tatbiq etish, mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash;
O’quvchilarni o’zbek va boshqa xalqlarning madaniy, tarixiy, milliy an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash;
Ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik
Barkamol avlodni tarbiyalashda «Mahalla, maktab va oila hamkorligi» konsepsiyasini hayotga tatbiq etish, aniq belgilangan reja asosida sinf ota-onalar majlislarini o’tkazib borish;
O’quvchilarni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, jumladan, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, ota-onasiz bolalarning, homiylik va vasiylikka berilgan voyaga etmaganlarning ijtimoiy huquqlarini himoyalash;
O’quvchilarning maktabga belgilangan libosda kelishlarini nazoratga olish;
O’quvchilar kundaliklarining yuritilishini nazorat va tahlil qilish, ularning o’quv qurollari mavjudligi va saqlashlarini kuzatib borish;
O’quvchilarning turar joylari, uy sharoitlari bilan tanishish. Ularning sog’ligi, maishiy holatlarini o’rganish, yaxshilashga yordam berish. Uyda va maktabda madaniy dam olishlariga va mustaqil ishlashlariga sharoit yaratishga harakat qilish;
O’quvchilarning turli salbiy diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish, bu borada targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
Sinf ota-onalar qo’mitasi bilan hamkorlikda umummaktab ota-onalar majlislari, konferensiyalar, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish. Sinfda o’tkazilgan tarbiyaviy ishlar yuzasidan pedagogik kengashlarda hisobot berish;
Darslarga muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan ishlashda ularning ota-onalari, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilish;
O’quvchilarni ota-onalar va kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash, kamtarlik, saxiylik va saxovatparvarlik, insonlarga yordam berishga tayyor turish, mehribonlik, mehnatsevarlik xislatlarini singdirib borish.
O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish
O’quvchilarni har tomonlama kamol toptirish, ularni qiziqish, imkoniyat va qobiliyatlariga qarab fan to’garaklari, sport seksiyalari, badiiy-estetik, texnik, ekologik, sayyohlik va o’lkashunoslik yo’nalishidagi to’garaklarga, klublarga jalb etish;
Qobiliyatli va iste’dodli o’quvchilarni rag’batlantirish, iqtidorli bolalar ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ko’maklashish;
O’quvchilar dunyoqarashini milliy madaniyatning asosi bo’lgan musiqa va qo’shiq, raqs, kino, adabiyot, xalq og’zaki ijodi, teatr, naqqoshlik va me’morchilik kabi xalq amaliy san’ati turlari vositasida kengaytirish maqsadida ularni madaniyat maskanlariga jalb etish;
O’quvchilarning yozgi sog’lomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, shuningdek, kuzgi, qishki va bahorgi ta’tillarini mazmunli o’tkazishlari uchun sharoit yaratish;
O’quvchilarning madaniy dam olishlari, sayohatlarini uyushtirish, yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash;
Maktabda o’tkaziladigan turli tadbirlar (bayramlar, ko’rik-tanlovlar, sport musobaqalari, uchrashuvlar, kechalar va boshqalar)da o’z sinfining faol ishtirokini ta’minlashdir.
O’quvchilarning o’zini o’zi boshqarish tizimini takomillashtirish
Sinf jamoasi bilan birgalikda sinf faollarini saylash va sinf ishlarini rejalashtirish, tarbiyaviy soatlarni belgilash, o’quvchilar davomatini muntazam kuzatib borish;
Sinfda o’quvchilarni ahil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor o’quvchilarni qo’llab-quvvatlash, sinf jamoasining ehtiyoj va qiziqishlarini chuqur va har tomonlama o’rganish;
Har bir o’quvchining o’zi uchun kun tartibini tuzishlarini tashkil etish, bu tartibning bajarilishini nazorat qilish;
O’quvchilar huquqiy savodxonligini oshirish, har bir fuqaro, shaxs va maktablar tomonidan bajarilishi shart bo’lgan qonun hujjatlari haqida tushunchalar berib borish, qonunga hurmat hissini shakllantirish;
Bolalar va o’smirlar uchun chop etiladigan gazeta va jurnallarni targ’ib etish, obunani tashkil qilish, sinf devoriy gazetasining chiqarilishiga ko’maklashish. Maktab pedagogik jamoasi bilan hamkorlik
Sinf o’quvchilarining maktab(ustavida belgilangan) ichki tartib-qoidalarini bajarishlarini ta’minlash;
Sinf jurnallarining va boshqa zaruriy hujjatlarning to’g’ri yuritilishini ta’minlash;
O’quvchilar o’zlashtirishini yuqori darajaga ko’tarish, tartib-intizomni saqlash maqsadida sinf majlislarini o’tkazib borish;
O’quvchilarni, o’qishda erishgan yutuqlari, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol qatnashganliklarini e’tiborga olib, taqdirlash haqida taklif berish;
Sog’lom turmush tarzi, oilaviy hayot gigienasi hamda jismoniy tarbiya, zararli odatlardan saqlanish kabi masalalarga e’tibor berish;
O’quvchilarning o’zlashtirmaslik sabablarini aniqlash va uni bartaraf etish uchun fan o’qituvchilari bilan birgalikda yordam berish;
Pedagogik jamoa, psixologlar bilan hamkorlikda bitiruvchi sinf o’quvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga yo’naltirish;
Maktab tibbiyot xodimlari, o’qituvchilari, psixolog, ota-onalar bilan hamkorlikda o’quvchilarning sog’ligini muhofaza qilish, ma’naviy, ma’rifiy, jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanish muvofiqligini nazorat qilish;
Maktabda texnika xavfsizligi qoidalariga, sanitariya-gigiena tartibiga, o’quvchilarni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilishni ta’minlash;
Shuningdek, o’z malakasini oshirib turish, o’z sohasi bo’yicha o’tkaziladigan turli miqyosdagi seminarlarda ishtirok etish kabi vazifalardan iborat.
Sinf rahbarining huquqlari
O’ziga biriktirilgan sinf o’quvchilarining dars va imtihonlarida ishtirok etadi. Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun qo’shimcha darslar tashkil etilishi bo’yicha takliflar beradi.
O’quvchilar tarbiyasiga oid ilg’or ish tajribalarini amalga oshirish bo’yicha maktab ma’muriyatiga tashabbus bilan chiqadi.
Tarbiyaviy soatlarni rejalashtirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, maktabning umumiy rejasiga qo’shimcha yoki o’zgarishlar bo’yicha taklif kiritishi mumkin.
Sinf faollari ishini nazorat qiladi. O’quvchilarning sinf yig’ilishlarini uyushtiradi va sinf faollari(kengashi) bilan birgalikda yig’ilish kun tartibini belgilaydi.
O’quvchilarning o’qishda erishgan yutuqlari, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol qatnashganliklarini e’tiborga olib taqdirlashga tavsiya etish haqida takliflar beradi.
O’quvchilarning ota-onalari bilan ta’lim-tarbiya masalalari yuzasidan suhbatlashadi, hamkorlik qiladi, pedagogik maslahatlar beradi. O’quvchilar xulqini baholaydi.
Sinf rahbari ish rejalari va ularni tashkil etish
Sinf rahbarining ishi reja asosida olib boriladi. Uning ish rejasi maktabning umumiy rejasi asosida direktorning ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Sinf rahbarining yillik ishlarini rejalashtirish, sinfda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o’tkazishga yordam berish, ular samaradorligini oshirish, sinf rahbarlari ishlarini muvofiqlashtirish, ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida maktabda sinf rahbarlari uslubiy birlashmalari tashkil etiladi. Sinf rahbarlari uslubiy birlashmalariga maktabdagi barcha sinf rahbarlari a’zo bo’ladilar.
Sinf rahbarlarida oylik, (o’quv yili bo’yicha) choraklik va yillik rejalari, umumxalq bayramlarini o’tkazish bo’yicha tadbirlar rejalari va ssenariylari, tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mashg’ulot ishlanmalari, o’quvchilarni qiziqishlari asosida ijodiy birlashmalar (to’garaklar, sport seksiyalari, klublar va boshqalar)ga jalb etish daftari, tarbiyasi og’ir (muntazam dars qoldiradigan) o’quvchilar hamda iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash rejalari, ota-onalar majlisi bayonnomalari, ota-onalar bilan suhbat daftari, o’quvchilarning turar joylari, ularning ota-onalari haqida batafsil ma’lumotlar kabi ish hujjatlari yuritilishi lozim.

11. Qobiliyat tushunchasi. Qobiliyat va iste'dodning tabiiy sharoitlari.


Har bir odamning qobiliyat va iste’dodi taraqqiyot mahsulidir. Insonning qobiliyati uning tug‘ma layoqati asosida, muhitga bog‘liq ravishda olayotgan ta’lim-tarbiyasiga qarab, shuningdek, kishining o‘z ustida ishlashi bilan bog‘liq holda o‘sib, kamol topib boradi. Inson o‘z mohiyati bilan ijtimoiy tabiiy zotdir. Shuning uchun ham unga xos bo‘lgan barcha ruhiy holat va jarayonlar tabiiy kuchga, hayotiy kuchga egadir. Bu tabiiy kuchlar har bir insonga ota-onadan bevosita o‘tadi va ular instinktlar, tug‘ma layoqatlar tariqasida ijtimoiy munosabat va faoliyat jarayonida namoyon bo‘ladi
.Qobiliyat — insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat koʻnikma, malakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan inʼom sifatida qaraladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyat aynanlashtiriladi. Qobiliyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun qobiliyat deganda birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha qobiliyat uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obyektdan u yoki bu alomatlarni koʻra bilish, ajrata olish koʻnikmasidir. Qobiliyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki koʻpgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʻladi. Zehn nishonalari deganda qobiliyat ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. Qobiliyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobiliyat deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobiliyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Qobiliyatni maʼlum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniqlash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, qobiliyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʻllash, shaxsning faollik alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy talablar bilan uygʻunlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yoʻllari mavjud. Qobiliyatning yuqori darajasi isteʼdod va daholik (qarang Daho) namoyon boʻladi. Qobilyatlar, aslida, tug'ma bo'ladi. Qobiliyat tug‘ma bo‘lsada uning rivojlanishi ijtimoiy muhitga ham bog‘liq bo‘ladi
Tug‘ma layoqat – tayyor, kamolotga yetgan qobiliyat emas, balki qobiliyatning o‘sishi uchun faqat tabiiy zamindir, u kelgusida qobiliyatga aylanmog‘i mumkin. Bunday imkoniyatlar faqat tegishli sharoit mavjud bo‘lgandagina ro‘yobga chiqa oladi.
Tug‘ma layoqatni irsiyat bilan aynan bir narsa deb tushunish yaramaydi. Layoqat irsiyat natijasigina bo‘lib qolmay, balki, shu bilan birga ona homilasida o‘sish natijasi hamdir. Layoqat – kishidagi tug‘ma imkoniyatdir. Layoqat kishining butun umri davomida o‘zicha o‘sib, kamolotga yetmaydi. Layoqat hali kishida «mudrab yotgan» imkoniyatlardir. Bu layoqatning «uyg‘onib» yuzaga chiqishi uchun tegishli ijtimoiy muhit ham bo‘lmog‘i lozim. Layoqatni xuddi uruqqa o‘xshatish mumkin, urug‘dan o‘simlik ko‘karib chiqishi, yetilib meva qilishi uchun qulay sharoit: tuproq, havo, quyoshning bo‘lishi darkor.

QOBILIYATLARNING TABIIY SHARTLARI

Har bir kishida tug`ma layoqat nishonalari, ya`ni miyaning oliy nerv faoliyatining analizatorlarining o`ziga xos xususiyatlari bor bo`ladi, binobarin, kelgusida biror qobiliyatni rivojlantirishga bo`lgan muayyan moyillik ana shunga bog`liqdir. Tabiiy anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui kishining iste`dodi deyiladi. Lekin bu tabiiy layoqat nishonalari muvaffaqiyatli faoliyatning to`la-to`kis shart-sharoiti bo`la olmaydi. Layoqat nishonalarini rivojlantirish kerak, bu esa faoliyat jarayondagina ruy berishi mumkin. Layoqat nishonalari ko`p qiymatlidir, yana tegishli sharoitlar mavjud bo`lganda, faoliyatga qarab layoqat nishonalari asosida turli qobiliyatlar rivojlanishi mumkin. Masalan, yaxshi eshitish va ohangni sezish qobiliyati mavjud bo`lganda bir kishi kompozitor, ikkinchisi yaxshi ijrochi, uchinchisi yaxshi dirijyor, to`rtinchisi musiqa tanqidchisi va hokozolar bo`lib etishmogi mumkin. Qulay sharoitlar mavjud bo`lganda ayrim kishilarda qobiliyatlar juda erta rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy san`atga bo`lgan layoqat ancha ertaroq paydo bo`ladi. Masalan, M.I. Glinka 3-4 yoshidayoq shunday o`yinni juda yoqtirgan: u ovoz chiqaradigan turli buyumlarni (mis, tog`oracha, kostrilka) yog`och bilan chalgan. Bunda kattalarni hayron qoldiradigan darajada ohangdosh tovushlar paydo bo`lganki, ularni eshitish maroqli edi. Keyinchalik bu bola buyuk kompozitor bo`lib yetishdi. Biroq shunday ham bo`ladiki, kishilar bolalikda favqulodda qobiliyatlarini nomoyon qilganlar-u, biroq katta bo`lgach, ulardan mahrum bo`lganlar. Lekin bunday hollar nisbatan kam uchraydi.

Qobiliyatlar faoliyat davomida rivojlanadi. Qobiliyatlarni rivojlantirishning birinchi sharti - faoliyatga bo`lgan ehtiyojni tarbiyalashdir. Mehnatga bo`lgan ehtiyojni tarbiyalash uchun ishga qiziqish va unga odatlanish katta ahamiyatga egadir.

Qobiliyatlar shaxsning boshqa sifatlari bilan chambarchas bog`langan. Kishining talantli ekanligi ma`lum darajada uning psixik jarayonlari, shuningdek, ko`pgina psixik xususiyatlarining rivojlanish darajasiga bog`liq bo`ladi. Ayrim qobiliyatlarni rivojlantirishda tegishli bilish jarayonlarining yuqori darajada bo`lishi hal qiluvchi rol o`ynaydi. Masalan, musiqachi uchun eshitish, rassom uchun ko`rish idroklari katta ahamiyatga ega. Kishi o`z qobiliyatlarini rivojlantirish bilan shug`ullanar ekan, bu rivojlanish quruq maqsaddan iborat bo`lib qolishi kerak emas. Asosiy vazifa jamiyatning munosib, foydali a`zosi bo`lib etishishdan iboratdir.

12. Xalq pedagogikasida qanday tarbiya usullari mavjud.


Xalq pedagogikasida tarbiya usullari haqida. Xalq pedagogikasi o'zbekona axloq, odob va tarbiyaning barcha qirralarini o'zida mujassamlashtirgan. Xalq pedagogikasida turli xil tarbiya usullari va vositalaridan foydalaniladi, bu usul, vositalar nihoyatda rang-barang bo'lib, ko'p tomonlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Chunki usullar ilmiy pedagogikaning shakllanishida ham o'z ta'sirini o'tkazgan.
Xalq pedagogikasida qo'llanilgan juda xilma-xil tarbiya usullarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.

Tushuntirish (o'rgatish, odatlantirish, mashq qildirish).

Namuna (maslahat berish, uzr so'rash, yaxshiliklar haqida

so'zlash, o'rnak bo'lish).

Nasihat berish, o'git (undash, ko'ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo'l tilash va hokazolar).

Qoralash va jazo (ta'qiqlash, ta'na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo'rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar). Agar sinchiklab qaralsa, yuqorida keltirilgan to'rt xil usul umum bir yaxlitlikni ifodalaydi. Oldin bolaga umumiy manzara tushuntiriladi. Bolalar narsa va hodisalarga tushunmaganlarida tarbiyachi namuna vositasini o'taydi, ya'ni yoshlarning mustaqil kuzatuvchanligiga e'tibor beriladi. Unda ham tushunmaganlar kattalarning nasihati, o'g'iti orqali narsa va hodisalarning mohiyatiga etadigan bo'lishadi. Bordi-yu bunda ham bolalar tushunishmasa yoki tushunishni istashmasa, unda qoralash va jazo usullaridan foydalanishga to'g'ri kelgan. Lekin bu so'nggi chora ekanligini xalq yaxshi tushungan. hozirgi zamon ilmiy pedagogikasi qoralash va jazoni so'nggi chora, aniqrog'i kam samara beradigan chora ekanligini isbotlagan.

Xalq pedagogikasining nodir namunalari, tarbiya usullari va tarbiyaviy ta'sirlar muayyan vositalar orqali amalga oshirilgan. Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayonlari, hasharlar, turli gurunglar (choyxona, to'y marosimlari) sayillar, turli nishonlashlar (tug'ilgan kunni nishonlash, qizlar bazmi, yigitlar bazmi), musobaqalar, turli marosim va boshqalar o'ziga xos tarbiya vositasi vazifasini bajargan.
O'quvchi yoshlarni tarbiyalashda milliy an'analar, umuminsoniy qadriyatlar asos qilib olinishi kerak. Bular o'z navbatida, yangicha tarbiyaning uslub va shakllarini taqozo etadi.

Inson qalbiga bugun ekilgan yaxshilik urug'i oradan o'n yillar o'tgach unib chiqadi, buni ilmiy asoslab oldindan ko'ra bilish kerak.

Tarbiya usullarini o'rganish, tahlil qilish, bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish, ko'nikma va malakalarni egallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruhga bo'lib olamiz: ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar; faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajribalarni shakllantirish usullari; o'z-o'zini tarbiyalash usullari hamda rag'batlantirish usullari va jazolash usullari.

Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar. Bu guruhga o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e'tiqodni, ma'naviy va siyosiy g'oyalarni shakllantirish maqsadida ularning ongi, hislari va irodasiga ta'sir ko'rsatish usullari kiradi.

Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali jamiyat o'quvchilar ongiga qanday talablar qo'yayotgani etkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashlarini shakllantirish, hayot mazmuninn tushunib olishlariga ko'maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar ishlatiladi.

O'quvchilarda siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya'ni davlatni ichki va xalqaro siyosati qoidalarini tushunish va idrok qilishni tarbiyalash lozim. Tushuntirish — bu ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko'p ishlatiladigan usuldir. Tushuntirishning vazifasi o'quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g'ururli qilib tarbiyalashda yordam berishdan iborat.

Tushuntirishda o'quvchilarga mamlakatimiz fuqarosining o'z davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog'langanligi borasida ma'lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog'i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli o'quvchilarga bayroq, gerb, madhiya, konstitutsiya mohiyati tushuntiriladi.

7. Oilada bola tarbiyasi. Oilada farzand tarbiyasida milliy an’analardan foydalanish.


M am lakatim izda bolalar to ‘g ‘risida, onalar haqida g ‘am xo‘rlik qilish chinakam davlat aham iyatiga molik ishdir. «Jamiki yaxshi narsalar - bolalarga» shiori yanada baraila jaranglam oqda. Keyingi yillarda m azkur m asala yuzasidan qabul qilingan qarorlar fikrim izning isbotidir.M a’lum ki, bole rnaktabga kelgunga qadar ham, m aktabda o‘qish davrida ham , asosan oilada tarbiyaianadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalam ing dunyoqarashi, xulqi va didiga ta ’sir k o ‘rsatishi tabiiy holdir. O ila a’zolarining m a’naviy birligi yoshlarni har tom onlam a kamol toptirishning dastlabki va asosiy om illaridan biri hisoblanadi.Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda-m aktabni oila bilan mustaxkam borlamai turib, tarbiya sohasidagi butun ishlami m uvaffaqiyatli am alga oshirib boMmaydi. Shu maqsadda ota-onalar o ‘rtasida ta’lim -tarbiyaga oid tashviqot ishlarini kengaytirish ulam i m aktabning faol yordam chilariga, o ‘quvchilarning sinfdan va m aktabdan tashqaridagi ishlarida har tom onlam a foydali tashkilotchilariga aylantirish zarur. .Jam ivatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora m urakkablashib borishi shaxs ongiga k o ‘rsatayotgan k o ‘rinmas ta’sirlarning kuchayishiga olib kelm okda. M ana shunday sharoitda kishining mavjud bilim i, kasb-hunari, malakalari kam lik qilib qolm oqda. Eng a w a lo , insonlarda oilada tarkib topgan did, farosat, aql, odob, em otsional m adaniyatga m uhtojlik sezilm oqda. Estetik, axloqiy va boshqa tarbiya sifatlari kunaalik hayot ehtiyojga aylanib borm oqda. Tabiiyki, bunday sifatlarga. oilaviy tarbiya orqali asos solinadi, kamol toptiriiadi. To g ‘ri, bunda ijtimoiy tarbiyaning o ‘m ini inkor etib boMmaydi. A na shu nuqtai nazardan ularning m onolit birligiga, o ‘zaro ham korliklariga asoslansak, barkamol inson tarbiyasida m uvaffaqiyatlarga erishish m um kin. O ilaviy tarbiya pedagogika fanida murakkab m uam m olardan biridir. U ning m urakkabligi shundaki, har bir oila o ‘ziga xos ibtidoiy guruh bo‘lib, tarbiyada faqat m azkur guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi. T a ’kidlaganim izdek, oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbiya bilan alm ashtirish bolalar kam olotiga salbiy ta’sir k o ‘rsatadi. M asalan, yasli, bog‘chalarga borm ay, faqat oilada o ‘sgan va voyaga yetgan bolalar rnaktabga borganlarida o ‘z tengqurlari ichida k o ‘pjihatlari bilan ajralib turadi. O ilaning bolalarga moddiy va m a’naviy g ‘c.mxo‘rligini, k o‘rsatayotgan tarbiyasini yasli, bog‘cha tarbiyasi bilan yoki, aksincha, yasli, b o g 'ch a tarbiyasini oilaviy tarbiya bilan alm ashtirib boMmaydi. Faqat o ‘zaro ham korlikmasalani ijobiy hal etish im koniyatini beradi.Lekin o ‘zining xususiyatiari va takrorlanm as ta ’siri bilan oila bola tarbiyasida muhim om illiligicha qoladi. A m aliyotda kuzatganim izdeq bolada ota-onasining mehri, erkalashlari asosida ota-onalariga, qarindosh-urugMariga b o ‘lgan issiyotiari shakllanadi. Bolaning otasiga bulgan hurm ati onaning hurmatini joyiga qo‘yishda asos boMadi. Onaga b o'lgan m ehr-m uhabbat oqibat natijada o ‘z oilasiga, xotini, farzandlariga, boMgan m unosabatlarda o ‘z aksini topadi.Ikkinchi tom ondan bolalar ham o ‘z ota-onalariga ta’sir ko‘rsatadilar. O ilaviy aloqalami oilaviy qiziqish, m a’naviy qoniqish hislarini takom illashiga sabab bo‘ladilar.O ta-onalarning o ‘ziga va bolalariga b o lg a n talabchanligi, katta va kichiklam ing o ‘zaro m unosabatlari, d o ‘stona muhit, ishoncn va o'zaro bir-birlarini tushunisli oila, m aktab va jam oatchilikning bolalar tarbiyasi yuzasidan olib boriladigan muhim om illaridan biridir. Bunday birlikning ruyobga chiqiiuida, eng aw alo , ota-onalarning siyosiy ongliligi muhim rol o ‘ynaydi. Chunki ota-onalam ing faolligi oilaviy hayolda o ‘z ifodasini topadi. Shu m a’noda bolalar o ‘z ota-orialarining siyosiy va fuqaroiik qiyofalariga qarab o ‘z xulq-atvorlarini tartibga soladilar, z o ‘r atlarini joyiga q o ‘yadilar.Bolalar ulg‘aya boshlashi bilanoq o ‘z ota-onalarining qaerda ishlashlari, jam iyatda tutgan o ‘rinlari. ularning bilim iga qiziqa boshlaydilar. Shuning uchun ham ota-onalarning nim alarga qiziqishlarini, kimlar bilan safdosh ekanliklarini bolalar mumkin qadar ertaroq bilganlari m a’qul. O ta-ona qanday ishda boMmasin uni jiddiy, el hurm atiga loyiq bir ish deb biladigan bo‘lishi kerak. Bu borada oiladagi tarbiyaning m aqsadga m uvofiq tashkil etilishi yuzasidan javobgarlik m a’lum darajada m aktabga yuklanadi. oiladagi hukm ronlikning tarbiyaviy jihatdan to ‘g ‘ri boMishini ta’m inlash m aktabning muhim vazifalaridan biridir. Oilaviy tarbiyaning m azm unli tashkil etilishiga dastlabki ta ’sirni m aktab belgilaydi. M aktabgina oilaviy tarbiya sam aradorligini oshirish yuzasidan rahbarlik qila oladi. Bu vazifalam ing muvaffaqiyatli bajarilishida, ijobiy hal etilishida ota-onalar o ‘rtasida olib boriladigan tarbiyaga oid targ ‘i bottling, roli benihoyadir. Chunki ota-onalarni hozirgi zamon ruxiy-ta’lim -tarbiyaviy. bilim lar bilan qurollantir-m ay turib, oilaviy-tarbiyani yulga quyib boMmaydi. O m m aviy-tarbiyaviy targ ‘ibotda eng yaxshi oilalar nam unasida ta ’sir k o ‘rsatish eng m aqbul yoMdir. Bola tarbiyasi yuzasidan oila, maktab va jam oatchilik ham korligi hozirgi kunim izning dolzarb m asalaligi ham mana shundadir. Chunki, birinchidan, bola tarbiyasida oila, maktab va jam oatchilik ham korligining o ‘zi murakkab jarayon bo‘lib, bunda muailimlardan tashqari ishlab chiqarish jam oalari vakillari, yoshlar, kasaba uyushmalari ishtirok etadilar. Ikkinchidan, ota-onalar va qarindosh-urugMar turli mehnat jam oalaririing vakillari bo‘lib, ishlab chiqarish va yoru do‘stlarining m a’naviy hayotlaridagi om illarni m uhokam a qiladilar, ularning hayotga, san’atga, oilaviy majburiyatlarga b o ‘lgan

90
Yüklə 17,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin