10-ma’ruza Mavzu: bargning morfologik, anatomik tuzilishi va asosiy vazifalari



Yüklə 392,79 Kb.
səhifə2/4
tarix22.09.2023
ölçüsü392,79 Kb.
#147399
1   2   3   4
10-ma\'ruza

Barglar xillari:
A-B – bandli va yonbargchali (A-oddiy, B-murakkab); D-o’troq; E-F – qinli (F-novsimon); 1-poya; 2-yonbargchalar; 3-bandi; 4-barg yaprog’i; 5-raxis; 6-bargcha; 7- qin; 8-quloqcha; 9-tilcha.

Barg plastinkasi bandga birikkan yassi qism bo‘lib, har xil shaklga ega. Barg bandi esa qisqa yoki uzun bo‘ladi. U elastik bo‘lgani uchun bargning egiluvchanlik qobiliyatini oshiradi, har xil mexanik qarshilikdan saqlaydi shuningdek, barg plastinkasini kerak tomonga (ayniqsa, yorug‘likka) burilishiga yordam beradi.


Bazi o‘slmliklarda barg bandsiz bo‘ladi. Bunday barg plastinkasi bevosita novdaga birikadi. Birpallali o‘simliklarda barg qinining plastinkaga o‘tish joyida rangsiz, kichkina, yupqa o‘simta, ya’ni tilcha bor. Tilchaning ikki chetida burchaksimon o‘simta quloqcha deb ataladi. Barg quloqcha yordamida novdani qattiq siqib poyani mustahkam to‘tadi. Masalan, g‘allasimon o‘simliklarda shunday manzarani kuzatish mumkin. Tilcha bilan quloqcha barg bilan novda orasiga suv va boshqa narsalarni kirishidan saqlaydi. Ziradoshlar va piyozdoshlar oilasi vakillarida barg bandi poyani o’rab olib barg novini hosil qilib birikadi (54-rasm).
Ko‘pchilik o‘simliklarda barg bandining tagidan alohida o‘simtalar chiqadi. Bular yonbargchalar deb ataladi. Yon bargchalar juft bo‘lib, barg bandining ikki tomonida joylashadi. Yon bargchalarning asosiy vazifasi barg qo‘ltig‘ida shakllanayotgan yon kurtakni tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan himoya qilishdan iborat, chunki yon bargchalar kurtakdan ilgariroq paydo bo‘ladi. Yen bargchalar karamdoshlar, yalpizdoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklarda bo‘lmaydi. Ular bazi bir o‘simliklarda (olmada) o‘z funksiyasini bajargandan so‘ng to‘kilib ketadi.Yonbargchalar ra’nodoshlarda yashil rangda bo‘lib, qisman fotosintez funksiyasini ham bajaradi.
Burchoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar (no’xat, burchoq)da hatto bargga, akatsiyada esa tikanga aylangan.
O‘simliklarning barglari shakli jihatidan juda xilma-xil bo‘lishiga qaramay, ular ikki guruhga, oddiy hamda murakkab barglarga bo‘lib o‘rganiladi.
Buni g‘o‘za, olma, terak, shaftoli barglarida kuzatish mumkin. Oddiy barglar plastinkasi ignasimon, nishtarsimon, yuraksimon, buyraksimon, panjasimon va boshqa ko‘rinishga ega. Barg plastinkalarining qirralariga qarab ham barglar bir necha xil bo‘ladi. Masalan, tekis qirrali barglar: behi va limon o‘simliklarida tishsimon qirrali barglar tutda, arrasimon qirrali barglar esa qayrag‘ochda uchraydi.
3.Oddiy va murakkab barglar
Oddiy barglar. Barg bandiga bitta barg plastinkasi o‘rnashgan bo‘lsa, oddiy barglar deb ataladi.Ular kuzda o‘z bandi bilan birga to‘kiladi.


Yüklə 392,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin