Sana: _____________ Mavzu: Barglar bilan ishlash darslarining ishlash metodikasi Maqsad: Ta’limiy:O‘quvchilarga mehnat ta’limi fani haqida ma`lumot berish.
Tarbiyaviy: O‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash,ish qurollaridan foydalanishda ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyalarini rivojlantirish.
Estetik madaniyat va ijodkorlik kompetensiyasi Ish turlarini solishtiradi va loyihalaydi; Shakl va ranglar uygʻunligini toʻgʻri ifodalaydi;
Amaliy mashgʻulot jarayonida mavjud muammoning muqobil yechimini topadi
O‘z-o‘zini rivojlantirish va asrash kompetensiyasi Qogʻozni qirqish usullarini toʻgʻri bajaradi Asbob-uskuna va moslamalardan toʻgʻri foydalanadi Mehnat gigiyenasiga rioya qiladi
Amaliy faoliyatni rivojlantirish kompetensiyasi Turli materiallardan (barg, qush, hayvon, parranda) shakllar yasaydi Tabiiy urugʻlarda (naqsh, parrandalar, qoʻziqorin) shakllar yasaydi Kasb turlarini biladi Qogʻozni buklash texnikasi asosida mashina, kema, samolyot yasaydi Sodda koʻrinishdagi tabriknomalar tayyorlaydi. Mustaqil oddiy shakllarni yasaydi
Dars turi:yangi bilim beruvchi
Dars jihozi: ko‘rgazma,mehnat qurollari,slaydlar
Dars tipi: aralash,savol-javob
Darsning borishi.
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
10 daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
10 daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
I.Tashkiliy qism. 1.O’quvchilar bilan
2.Salomlashish .
3.Davomatni aniqlash . II .O`tgan mavzuni mustahkamlash: O`tilgan mavzu yuzasidan savol javob qilinadi ularning amaliy ishlari baholanadi va amaliy ishlarni bajarishdagi kamchiliklar haqida ko’rsatma beriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Quyidagi tabiiy materiallarni hayotda ko‘rganmisiz?
1.Mevali daraxt barglari 2. Mevasiz daraxt barglari
Tabiiy material hisoblangan barglarni quritish
uchun ularni quyosh nuri tushmaydigan joyga
qog‘oz yoki mato ustiga yoyib qo‘yish kerak.
IV .Yangi mavzuni mustahkamlash .O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarni savollariga javob beriladi va ularga amaliy ishlar bo’yicha ko’rsatmalar beriladi.
Barglarni quritish ketma-ketligi
Barglarni saralab, tozalab oling
Dastlab barglarni qog‘ozlar orasiga
qo‘ying.
Keyin esa ustidan qalin qog‘ozni
yopib, og‘ir buyumni bostirib qo‘ying.
Agar barglarni uzoq vaqt
saqlamoqchi bo‘lsangiz, qog‘ozni
vaqti-vaqti bilan almashtirib turing.
V. O’quvchilarni rag’batlantirish darsni yakunlash:Dars yakunida , darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash . VI . Uyga vazifa : O’quvchilar darsdagi vazifalarni uyida davom etirib kelishadi